g) xabarning asl maqsadi aslida ma’lumot berish emas, balki ishontirish ekanligini tushunish kerak. Odamning ma’lumotlilik darajasi qanchalik yuqori bо‘lsa, uning turli xabarlarga ishonqiramay munosabatda bо‘lishi ham yuqori bо‘ladi. Lekin xabarga ishonqiramay qarashimiz bizning uni qabul qilishimiz yoki qilmasligimizni bildirmaydi.YA’ni, agar biz ochiq yoshlarga “bu axborot manbaiga ishonmanglar”, “Ular ataylab yolg‘on ma’lumot bermoqda” desak, bu narsa ularning shu turli axborotni qabul qilmasliklarini kafolatlamaydi.Lekin “ogohlantirilgan odam qurollangan, muxofazalangan bо‘ladi” degan tamoyildan kelib chiqib, birinchi ogohlantirishdan sо‘ng, yana о‘z fikrimizni faktlar bilan asoslasak, ulardagi immunitet kuchliroq bо‘ladi. Lekin shuni nazarda tutish lozimki, ogohlantirish muddatlari ham rol о‘ynaydi. Masalan, eksperimentlarda bir hafta avval ogohlantirishning ta’siri uzoqroq muddatdan kо‘ra kamroq ekanligi ma’lum bо‘lgan. Yoki uyda xoli, komfort sharoitda qabul qilish farqlanadi, chunki yolg‘iz uydagi ta’sir skeptizmni kuchliroq namoyish etishi kuzatilgan.
Ikkinchi tomondan, bevosita axborotni qabul qilish arafasidagi ogoxlantirish qarshi argumentlar ishlab chiqish vaqtini kamaytiradi, undan sal avvalroq ogohlantirish esa inson miyasida ma’lumotni qayta ishlashga imkon beradi.
d) Tanish narsalar haqida ma’lumotga ega bо‘lgan odamni ishontirish tezroq amalga oshadi. Lekin samarali taktikalardan biri- axborot kanallari orqali berilayotgan ma’lumotlarni ochiqchasiga jamiyat manfaatlariga zid ekanligi, ularning adolatsiz, xudbinlarcha uzatilayotganligi, nimalaridir qonunga xilof ekanligini qayd etish mumkin. YA’ni , tarbiyachi, о‘qituvchi ochiq tarzda о‘z noroziligini bayon etish targ‘ibotchi fikriga qarshi ekanligini aytishi mumkin. Bu xolat ham auditoriyani о‘ylashga majbur etadi.
Demak, axborot xuruji tobora avj olib borayotgan, yakka tartibda har bir fuqaro, har bir inson ongiga kuchli ta’sir о‘tqazayotgan, keng miqyosda olganda esa, jamiyat taraqqiyoti va millat taqdirini hal qilishga qodir bо‘lgan, global miqyosda esa butun insoniyat hayotini kafolatlaydigan, uning taraqqiyoti yoki tanazzulini belgilashga qodir bо‘lgan tig‘iz axborot tizimini boshqarish, tartibga solish, undan foydalanish, meyorlarini ishlab chiqish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Xulosa
О‘zbekiston jahon axborot tizimidan foydalanishning eng zamonaviy va tezkor texnologiyasini joriy etdi. Bu nafaqat davlat va hokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki nodavlat- notijorat tashkilotlar, hatto, alohida fuqarolarning dunyo axborot bozoriga bemalol kirishi va undan bemalol foydalanish imkonini beradi.
Albatta milliy havfsizlik va axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning о‘ziga xos asoslari bor.Bular:
Birinchidan, tashkiliy –texnik jixatdan taminlanganlik. Zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yetarli darajada qurollanish.
Ikkinchidan, mustahkam moddiy- moliyaviy asoslarga ega bо‘lish. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladigan soxa xodimlari moddiy manfaatdorligini oshirish.
Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini boshqaradigan, undan samarali foydalana oladigan, zamonaviy bilimlarga ega bо‘lgan, har tomonlama keng fikrlaydigan qobiliyatli kadrlarni tayyorlash.
Ochiq axborot xurujlari vaziyatida shaxsning о‘zini-о‘zi himoya qilishini boshqarishda ayrim jihatlarga aloxida e’tibor berish lozim. Avvalo, har bir inson uchun mustaqil fikr zarurligini ta’kidladik.Mustaqil fikrga ega bо‘lgan insongina о‘ziga nisbatan qaratilgan yaxshi yoki yomon ma’lumotning mohiyatiga yetishi va unga nisbatan adekvat reaksiya kо‘rsatishi, himoya mexanizmlarini ishga solishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |