o’zligimizga tahdid: “Ko’zga ko’rinmas xatarlar”, “Shaxs tarbiyasi”,
“Jamiyatga xavf soladigan illatlar”, “Inson qalbiga yo’l”, “Tarixiy xotirani tiklashda san’atning ahamiyati”; IV bob. Yuksak ma’naviy mezonlar: “Insonparvarlik – xalqimizning ezgu fazilati”, “Ma’naviyatning shakllanishida oilaning o’rni”, “Axloq-odob – ma’naviyat negizi”.
8-sinfda “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligida92 quyidagi mavzular o’rin olgan: I bob. Milliy g’oya – ezgu orzu-intilishlar ifodasi: “Bunyodkor xalq”, “Bizning milliy g’oyamiz”, “Yurt tinchligi”, “Vatan ravnaqi”, “Xalq farovonligi”, “Obodlik ko’ngildan boshlanadi” (Amaliy mashg’ulot); II bob.Milliy g’oya va ma’naviy hayot uyg’unkigi: “Komil inson”, “Ijtimoiy hamkorlik”, “Millatlararo hamjihatlik”, “Dinlararo bag’rikenglik”; III bob. Ma’naviyatning muhim shartlari: “Jamoa tuyg’usi”, “Insonni anglash”, “Qonun ustuvorligi”, “Internetdan foydalanish madaniyati” (Amaliy mashg’ulot); IV bob. Ma’naviyat – jamiyat va millat ravnaqining bosh omili: “Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi”, “Do’stlik – yuksak ma’naviy tushuncha”, “Ekologik madaniyat”, “Bizga tanish va notanish tabiat” (Amaliy mashg’ulot), “Vaqtni qadrlash – ma’naviyat mezoni”, “Navro’z – eng qadimiy, asl milliy bayram”, “Xotira – ulug’ qadriyat”.
9-sinf “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligida93 esa quyidagi mavzular berilgan: I bob.Mustaqillik va milliy g’oya: “Eng ulug’ maqsad”, “Milliy g’oya va taraqqiyot”, “Dunyoning mafkuraviy manzarasi”, “Mafkuraviy poligon”; II bob Milliy g’oya va barkamol avlod: “G’oyaviy bo’shliq”, “Mafkuraviy immunitet”, “Ona tili – millat ruhi”, “Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi”, “Taraqqiyotning o’zbek modeli va uning ahamiyati”; III bob. Ma’naviyatning mustahkam tayanchlari: “Ma’naviyat qo’rg’oni”, “Milliy qadriyatlar maskani”, “Ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi”,
92Qo’chqorov R., Nishonova S., Musurmonova O., Qarshiboyev M. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 8-sinf, T.: “Ma’naviyat”, 2011.
93 Musurmonova O., Qarshiboyev M., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 9-sinf, T.: “Ma’naviyat”, 2011.
69
“Ma’naviyatga tahdid - o’zligimizga tahdid”; IV bob. Eng buyuk jasorat:
“Ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi”, “Halol mehnat – ma’naviy yuksalish garovi”, “Ma’naviy jasorat”.
Mazkur darsliklar o’rtasida davomiylik mavjud. Ularni taqqoslaganimizda shunga amin bo’ldikki, quyi sinfda o’rganilgan materiallar va bilimlar yanada to’ldirilgan, chuqurlashtirilgan va har tomonlama rivojlantirilgan.
Masalan, 7-sinf “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligida “Fikr va g’oya”, “G’oyaning asosiy xususiyatlari va turlari” mavzulari berilgan. Bu mavzularda avvalo “fikr” “g’oya” va “milliy g’oya” tushunchalari, g’oyaning asosiy xususiyatlari va turlari yoritilgan. 8-sinf darsligida esa “Bizning milliy g’oyamiz”94 mavzusi orqali masala mohiyatiga yanada chuqurroq kirib borilgan. Mavzuda milliy g’oyamizning mohiyati, uning ijodkori aslida kim ekanligi, nimaning natijasida shakllanishi va bunda boy tariximiz qanday ahamiyatga ega bo’lgani, milliy g’oyamizning asosini tashkil etgan buyuk maqsadlar, undagi tushuncha va tamoyillar kimning asari asosida shakllangan va qaysi risolada o’z aksini toganligi kabi masalalar yoritilgan. Darslikda milliy g’oyamiz tizimida muhim o’rin tutgan g’oyalar – yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag’rikenglik tamoyillarining har biri alohida mavzu sifatida yoritib berilgan.
7-sinf darsligining ikkinchi – “G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr” bobining ikkinchi mavzusi “Hushyorlik va ogohlik”95 deb nomlanadi. Unda “Globallashuv”, “Ommaviy madaniyat”, axborot xurujlari va ma’naviy tahdidlar to’g’risida fikr yuritilgan. Mana shu masalalar yuqori – 9-sinf “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligida: “Dunyonong mafkuraviy
94 Qo’chqorov R., Nishonova S., Musurmonova O., Qarshiboyev M. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 8-sinf, T.: “Ma’naviyat”, 2011. 8-b.
95 Qarshiboyev M., Nishonova S., Musurmonova O., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 7-sinf, T.: “Ma’naviyat”, 2011. 42-b.
70
manzarasi”96, “Mafkuraviy poligon”97, “G’oyaviy bo’shliq”98, “Mafkuraviy immunitet”99 va “Ma’naviyatga tahdid – o’zligimizga tahdid”100 kabi mavzularda alohida to’xtalib, kengroq yoritib berilgan. Bu bilan o’quvchilarning avval olgan bilimlarini, bir tomondan, mustahkamlanadi, ikinchi tomondan esa – yanada boyitiladi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Masalaga bunday yondashuv, birinchidan, o’quv jarayonida mantiqiy izchillik, davomiylik va uzviylikni ta’minlagan, ikkinchidan, o’qitish va bilish jarayoni uchun eng muhim ilmiy metodik va pedagogik-psixologik tamoyil – oddiylikdan murakkablikka qarab tadrijiy o’sib, teranlashib borgan. Bu ularning yana bir yutug’idir. Bu yutuqlarga erishishda darsliklar mualliflarining yagona ilmiy metodologik asosga rioya qilinganligi yordam bergan. Metodologik asos bo’lib esa Islom Karimovning ma’naviyat haqida yozgan asarlari va bildirgan fikrlari xizmat qilgan. Prezidentimiz fikrlari va g’oyalaridan tayanch va o’zak tushunchalar sifatida foydalingan. Mavzular ularning mazmun mohiyatini ochib berish maqsadini ham ko’zlab yoritilgan. Ulardan eng muhimlari alohida ajratib ko’rsatilgan.
Maktab darsliklarida chalg’ish yo’q, mantiqiylik, metodologik izchillik bor. Bundan tashqari, mavzularni yoritishda diniylikdan dunyoviylikka, dunyoviylikdan diniylikka o’tib qorishtirib yuborilmagan. Lekin, mazkur darsliklar ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Bu haqida oldingi bobda aytilgan edi. Predmetlararo bog’liqlik va davomiylik, oddiylikdan murakkablikka, mavhumlikdan konkretlikka qarab rivojlanish borasida talablarga javob beradi.
96 Musurmonova O., Qarshiboyev M., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 9-sinf, T.: “Ma’naviyat”, 2011. 14-b.
97 O’sha manbaa, 21-b.
98 O’sha manbaa, 26-b.
99 O’sha manbaa, 32-b.
100O’sha manbaa, 87-b
71
Do'stlaringiz bilan baham: |