II bob bo’yicha xulosa
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida ”gi Qonun va Davlat ta’lim standartlari asosida ma’nan yetuk, jismonan sog’lom, vatanparvar avlodni tarbiyalash vazifalaridan kelib chiqib, ta’limning barcha bosqichlari va bo’g’inlarida ma’naviyatga oid predmetlar o’qitilmoqda.
2. Umumta’lim maktablarining 5 va 6-sinflarida o’qitilayotgan “Vatan tuyg’usi” va 7, 8 va 9-sinflari uchun mo’ljallangan “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” darsliklari Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari asosida yanada takomillashtirilgan. Ammo darsliklarda berilgan ayrim mavzular va ulardagi tushunchalarning yoritilishi murakkab, maktab o’quvchisiga tushunarsiz va chalkash. Bundan tashqari darsliklarda ba’zan juda ham qo’pol xatolar uchraydi.
3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’rganiladigan ma’naviyatga oid predmetlar darsliklari va o’quv rejalarida ko’tarilgan masalalarga bir tomonlama yondashilgan holatlar mavjud. Ma’naviyat tarixini yoritishda faqat yaxshi jixatlariga to’xtalib o’tilgan. Xalqimiz boshidan kechirgan parokandaliklar, ma’naviy tanazzul, bularni keltirib chiqargan sabablar yoritilmay ketilgan. Mavzularni berilishida esa dastur tuzuvchilar tomonidan tizimlilikka yetarlicha e’tibor berilmagan.
4. Oliy ta’limda o’rganiladigan ma’naviyatga oid predmetlarning fan dasturlarida uni tuzuvchilar tomonidan fan predmeti va obyekti chalkashtirilgan. Natijada metodologik jhatdan xatolarga yo’l qo’yilgan. Dasturlarda eklektik, ya’ni mexanistik tarzda diniy va dunyoviy yondashuvlar chalkashtirilgan va qorishtirib yuborilgan. Metodologik xatolardan yana biri ma’naviyatga o’ta bir tomonlama yondoshilganligidir. Unga faqat ma’naviy qadriyatlar, madaniy meros sifatida qaralgan. Ma’naviyat insonning ongi, yaratuvchilik jarayoni, ya’ni ideal hodisa sifatida ko’rilmagan. Hattoki, madaniy meros haqida gap ketganda ham ilm-fan mutlaqo chetda qolgan, go’yoki uning ma’naviy merosga aloqasi yo’qdek.
65
5. Oliy o’quv yutrlarining mutaxassislik yo’nalishlari va magistratura
mutaxassisliklarida o’qitiladigan ma’naviyatga oid fanlarning dasturidagi mavzular tizimlilik va vorisiylik asosida tuzilmagan. Bundan tashqari, ma’naviyatga oid ma’lum bir predmetning fan dasturidagi masalalar o’zgarishsiz, aynan o’z holida boshqa predmet fan dasturida takrorlanib kelgan. Bunday kamchilik va xatolarning uchrashi “Ma’naviyat asoslari” fanining shakllanishi, yanada takomillashishi va yuksalishida hamda o’qitish va o’rganish jarayonida qator muammolarni yuzaga chiqarishi barobarida fanning obro’yiga ham putur yetkazadi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |