I bob bo’yicha xulosa
1. Inson va jamiyat hayotining barcha tarixiy davrlarida yuksalishga, rivojlanishga intilish bo’ldi. Rivojlanish faqat moddiy turmushning yaxshilanishi bilangina emas, shuningdek odamlarning o’zaro munosabatlarini yaxshilanishi, og’ir damlarda bir-birini qo’llab-quvatlashi, xursandchiliklarni baxam ko’rishi, o’zaro munosabatlarini turli xil me’yorlar qoidalar yordamida tartibga solishiga ham bog’liq ekani ayon bo’lgan. Shu sababdan mumtoz adabiyotda buyuk mutafakkirlarimiz insonning ma’naviy dunyosini qanday yuksaltirish, uning tabiatini, xulq-atvorini yuksak marralarni ko’zlashini qanday qilib takomillashtirish ustida bosh qotirganlar.
2. Mumtoz adabiyotda insonning moddiy-iqtisodiy hayoti, farovonligi ma’murligiga katta e’tibor qaratilsada, ustuvorlik uning ma’naviy hayotiga
64 ErkaevA. Ma’naviyat va taraqqiyot. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2009. 50-51-b.
35
berilgan. Ollohni tanish, o’zligini bilish, nafsini tiyish kamtar, saxovatli va
axloqli bo’lish orqali komillikka intilish mumtoz adabiyotda qo’llaniladigan “ma’naviyat” tushunchasining mazmun-mohiyatini tashkil qiladi.
3. Mumtoz adabiyotda ma’naviyat masalalari va umuman “ma’naviy” tushunchasining keng talqinini biz Jaloliddin Rumiyda uchratamiz. Abu Nasr Forobiy “ma’naviylik” atamasi o’rniga “fozillik” atamasini qo’llagan. Boshqalardan farqli Forobiy “fozillik”ni diniy mazmunda emas, balki dunyoviy, mazmunda qo’llaydi. Rumiyda ham, Navoiyda ham va boshqa mutafakkirlarda “ma’naviy” tushunchasi ko’proq diniy va tasavvufiy mazmunlarda qo’llanilgan. Navoiy “ma’naviyat” so’zining ma’nodoshi sifatida “ruhoniyat” tushunchasini ham qo’llaydi.
4. Jaloliddin Rumiy “ma’naviyat” so’zini nafaqat “ma’no” mazmunida shuningdek “ma’nas” mazmunida ham qo’llagan. Ushbu holatga A.Erkaev diqqatni jalb qiladi va “ma’naviyat” tushunchasi shakllanishiga arabcha “ma’ni” tushunchasi bilan birga sanskrit tilidagi “ma’nas” tushunchasi ham hissa qo’shgan bo’lishi mumkin degan farazni olg’a suradi.
5. “Ma’naviyat” tushunchasiga berilgan turli ta’riflarni tahlil qilib va umumlashtirib, Sa’dulla va Sarvar Otamurodovlar ma’naviyat faqat qo’lga kiritilgan yutuqlar va qadriyatlar tizimi emas, balki ularning yaratish jarayoni ham ekanligiga e’tibor qaratadi.
6. Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyatni jamiyat va insonni turli
tahdidlardan himoya qiluvchi, poklantiruvchi, yuksak marralarga yo’naltiruvchi
ruhiy va intellektual kuch sifatida talqin qiladi. Shu bois o’z asarini “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb atagan.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |