Mavzu dolzarbligi: Hozirgi kunga kelib ommalashib borayotgan Operatsion Tizimlardan qaysi biri qanday sharoitda va qay tarzda qo’llanilishini o’rganish. Kerakli xulosaga ega bo’lgach buni foydalanuvchilarga tushuntirib berish. Buning natijasida esa foydalanuvchilarning bilm saviyasini qaysidir ma’noda oshirish.
Ushbu bitiruv malakaviy ish sakkiz bobdan iborat bo`lib, bular quydagilardr:
Kirish. Bunda mavzu mohiyati, uning maqsad va dolzarbligi keltirilgan. Hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo`lgan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi haqida, ta`lim sohasida mavjud qonunlar o`z aksini topgan.
Nazariy qism. Ushbu bobda Operatsion Tizimlar va ularning kelib chiqish tarixi, Operatsion Tizimlarda ishlash muhiti ularning bir-birlaridan farqlari va avzalliklari, dastur axborot xavfsizligi haqida ma`lumiotlar keltirilgan.
Texnologik qism. Dasturlarni texnologik yo`llari, ishlash prinsiplari, xavfsizlikka ko`rilgan chora tadbirlar va hokazolar keltirilgan.
Iqtisodiy qism. Bugungi kunda axborot bozorida, MDHdagi axborot bozori tahlili haqidagi muhim omillar aks etadi.
Bundan tashqari xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar ham mavjud.
II.Nazariy qism
2.1 ОТlarning ning paydo bo’lish tarixi
Windows (inglizcha Windows -darchalar, derazalar degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan amaliyot tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Hozirgi kunda bunday talablarga to’la qonli javob bera oladigan operatsion tizimlar juda ham ko’p. Masalan Windows 95-96-97-98 , Windows 2000, Windows XP, Windows NT, Windows Vista, Linex, Unex kabilarni bularga misol qilib olishimiz mumkin. Foydalanuvchilar hozirgi kunda juda ham ko’p qo’llaydigan OS bu Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan Windows XP operatsion sistemasi hisoblanadi. Microsoft firmasi Windowsning ushbu versiyasidan avval undan sal ojizroq jisoblangan Windows Versiyalarini ishlab chiqqan. Bunga Windows 95 operatsion sistemasini misol qilib olishimiz mumkin. MS Windows 95 amaliyot tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo’lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo’llanila boshlandi. MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o’ta murakkab dasturlar majmui bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, amaliyot tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo’lsa, Windows 95 o’zi mustaqil bo’lib, kompyuterda boshqa bir amaliyot tizimning bo’lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan.
Amaliyot tizim sifatida MS Windows 95 quyidagi afzalliklarga ega:
o’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami qulay;
u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
iste’molchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |