Norton Navigator (NN). Bu dasturlar Win 95 imkoniyatlarini kengaytiruvchi, yangi yuqori pog’onaga olib chiquvchi utilitlar paketidir. Ular vositasida:
fayllar nusxasini olish va siljitishni bir necha qadamlar o’rniga bir qadamda bajarish;
arxivlar bilan ishlashda drag and drop texnologiyasini qo’llash, har bir amalga sarflanadigan vaqtni tejash;
Internetga to’g’ridan-to’g’ri File Maneger (fayllar dispecheri)dan kirish;
berilgan satr bilan faylni qidirishni Win 95 dagiga nisbatan 10 marta tezroq bajarish;
fayllarni boshqarishni (nusxa olish, olib tashlash, shifrlash, siqish) ixtiyoriy dasturlarda turib Open (ochish) yoki Save (saqlash) darchalarida amalga oshirishni tezlashtirish;
oxirgi ochilgan faylga (papkaga) bir qadamda o’tish;
fayllarga va dasturlarga o’tishni Norton Taskbarda bitta knopkani bosish bilan amalga oshirish;
har xil sohalarga mos ish stolini hosil qilish va ulardan tez bir-biriga o’tishni ta’minlash;
maxsus paketlar bilan ishlaganda tezlikni sezilarli tarzda oshirish
mumkin.
2.3Windows 95 foydalanuvchilari doirasi
Windows 95 keng doiradagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ixtiyoriy sohadagi masalalarni yechmasa-da, ularni yechish uchun qulay vosita rolini o’ynaydi. WINDOWS muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturdir. U MS DOS imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o’zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey bilan, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega.
Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini o’ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Shu bilan birga turli dasturlar ilovalarining yaratilishi Windows ning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, Corel Draw va hokazolardir.
Windows 95 32 razryadli amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi Application Programming Interface (API) hozirda ko’p ishlatiladigan tarmoq amaliyot tizimlar- Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi mumkin. Bu esa amaliy va amaliyot tizimlarni qo’llaydigan yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini ishlatish va tizim administratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga ega bo’ldi.
Windows 95 ni ishchi holatida saqlab turish va uni o’rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi muhitini qayta o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Windows 95 ning qo’llanilishida foydalanuvchilarni o’qitish, o’rgatish, tizimni ishchi holda saqlab turish, uni sozlash ishlarini tez va ortiqcha harakatsiz amalga oshirish mumkinligi bu sohada ketadigan xarajatlarni juda kamaytiradi.
Windows 95 ning ba’zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |