1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi. Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg‘lotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi. (-ilova)
|
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
Mavzu: Radio kanal va sun’iy yuldosh aloqasi. Radiokanallarning turlari, ishlatiladigan bantlar
Tayanch iboralar: Express AM1, RRTM DUK, FORUM TV, CCC
Reja:
1. Kabelli liniyalar
2. kabelli va yo’ldoshli aloqa radio kanallari;
3. optik tolali kabellar
O‘tgan yillar davomida respublika aholisining 0,9 foizini O‘zTV-1 “O‘zbekiston” davlat teledasturi bilan, 0,2 foizini O‘zRE-1 “O‘zbekiston” davlat radioeshittirish dasturlari bilan to‘la ta’minlash masalasi o‘z yechimini topa olmadi. Bular uzoq tog‘li aholi turar joylari bo‘lib, geografik nuqtai nazardan o‘ta murakkab va respublikamizning borish qiyin bo‘lgan hududlaridir.
Birinchi davlat teleradiodasturlarini bu uzoq tog‘li aholi turar joylarigacha yetkazib borishning texnik tomondan ikki yechim variantlari mavjud edi:
Davlat teleradiodasturlarini har bir uzoq va tog‘li aholi turar joylariga uzatish va o‘sha yerda kam quvvatli televizion uzatkichlar orqali efirga sifatli uzatish yer usti strukturasini tashkil etish.
Davlat teleradiodasturlarini sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ushbu aholi turar joylariga uzatishni tashkil etish.
O‘tkazilgan tahlil natijalariga muvofiq, davlat teleradiodasturlarini uzoq va tog‘li aholi turar joylariga uzatish masalasini hal etish uchun texnik tomondan aniqlangan ikkinchi variant, ya’ni sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali davlat teleradiodasturlarini efirga uzatish varianti tanlab olindi va shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining uzoq va tog‘li hududlariga 322 dona xizmat ko‘rsatilmaydigan kam quvvatli radiotelevizion uzatgichlar o‘rnatildi.
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi 2006 yilning sentyabr oyidan Rossiya Federasiyasining “Express AM1” (40E) sun’iy yo‘ldosh apparatini ijaraga olgan. Biroq “Express AM1” sun’iy yo‘ldosh apparatida yuzaga kelgan nosozliklar natijasida FDUK “Kosmicheskaya svyaz” va XKAT “Intersputnik” mutaxassislari bilan kelishilgan holda 2010 yil 23 iyun kuni yer usti qabul-uzatish stansiyasini “Express AM22” (53E) sun’iy yo‘ldoshiga o‘tkazildi.
“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparatining parametrlari
“Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparati ko‘p turdagi (raqamli teleradioeshittirishlar, telefoniya, videokonferens aloqa, ma’lumotlarni uzatish, Internet tarmog‘idan foydalanish huquqi) xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, VSAT texnologiyasi asosida aloqa tarmoqlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. “Express AM22” sun’iy yo‘ldosh apparati Ku diapazonida bir maromdagi qamrov hududlarida yuqori sifatli aloqani tashkil etuvchi eng zamonaviy antenna tizimlari bilan ta’minlangan.
Ku diapazonida “Uzbekistan” teleradiodasturini uzatish jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |