Qarshi 2018 Kanalimiz azolari uchun…



Download 279,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.04.2022
Hajmi279,09 Kb.
#548451
1   2   3   4
Bog'liq
2 5199529138439848398

Mexanik davr.
 
Hisoblash texnikasida mexanik moslamalar davrini boshlab bergan 
mashinalardan biri Nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623 
yilda ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi 
kishilargagina ma’lum bo`lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu 
boradagi birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan Fransuz 
matematigi Blez Paskal deb hisoblanib kelingan. Lekin 1958 yili 
Shtutgart shahri kutubxonasidan I. Keplerning Qo`lyozma va hujjatlari 
orasidan topilgan hisoblash mashinasi chizmasi bu boradagi birinchi 
ixtirochi Shikkard ekanligi uzil-kesil tasdiqladi. 
Lekin qarangki, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 
1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining 
nashr qilinmagan ikki jildli qo`lyozmasi topildi. Qo`lyozmaning 
birinchi jildi deyarli boshdan oyoq mexanikaga bag`ishlangan bo`lib, 
undagi 
chizmalar 


orasida hisoblash qurilmasining chizmasi ham chiqqan. Shu chizma 
asosida mashina yaratilganda, u qo`shish va ayirish amallarini 
bajaruvchi qurilma ekanligi ma’lum bo`ldi. Shunga qaramay Leonardo 
da Vinchi XV-XVI asrlarda yasalgan hisoblash mashinalarining 
noma’lum ixtirochilaridan biri deb hisoblanib kelinmoqda. 
Mexanik hisoblash mashinalarining tarixi esa yuqorida aytib 
o`tilgandek, Paskal mashinasidan boshlanadi. Blez Paskalning otasi 
Et’en Paskal moliya ishlariga bo`gliq turli vazifalarda xizmat qilar edi 
va tabiyki hisob-kitob uning ko`p vaqtini olar edi. Yosh Paskal 
otasining mehnatini yengillashtirishga urindi va hisoblash mshinasini 
yaratishga muvaffaq bo`ldi. Sirasini aytganda, Blez soat mexanizmini 
hisoblash mashinasiga aylantirdi. O`rtadagi tafovut shunda ediki
qo`zg`almas siferblat qo`zg`aluvchan, harakatlanuvchi soat mili esa
aksincha, qo`zg`almaydigan bo`ldi. Siferblat dastlab hisob diskiga, 
keyinroq esa hisob g`ildiragiga aylantirildi. Paskalning mashinasi bo`yi 
30-40, eni 15, balandligi 10 santimetrgacha bo`lgan jez qutichadan 
iborat edi. Asrimiz boshlarida Fransuz jurnallaridan biri “Paskalning 50 
dan ortiq mashinasi mavjud… . Ularning barchasi shakli qanday 
materialdan yasalganligi va qay Hilda ishlashiga ko`ra turlicha”, deb 
yozgan edi. 
Paskalning mashinasi nemis matematigi, mexanigi va faylasufi 
Gotfrid Leybnisni ham ixtirochilikka undadi. Ammo u faqat qo`shish 
va ayirishnigina emas, balki to`rtala arifmetik amalni bajara oladigan 
mashina yaratishni istardi. Leybnis 1673 yili shunday mashinani yaratdi 
va uni Parij akademiyasiga taqdim qildi. Bu hisoblash mashinasidagi 
yangilik shunda ediki, Leybnis birinchi bo`lib, raqamlar teradigan 
g`ildirakni pog`onali valik atrofida turli uzunlikdagi o`nta zinasi 
bo`lgan silindr bilan almashtirdi. U mashinalardan birini Rossiya 
podshosi Petr I ga sovg`a qilmoqchi edi, lekin, afsuski, o`sha mashinani 
ta’mirlash zarur bo`lib qoldi. Leybnis uni tuzatishga berdi, biroq 
mexanik qancha urinmasin, mashinani ta’mirlashni ddalay olmadi. 
Leybnisning hisoblash mashinalaridan biri hozir Gannover shahri 
muzeyida saqlanmoqda. 
Mexanik hisoblash mashinalaring yaratilishida rus olimlari Z. 
Slonimskiy (to`rt arifmetik amalni bajardigan va ildiz chiqaradigan 
mashina, 1845 yil); V. Bunyakovskiy (12 xonagacha bo`lgan sonlarni 


qo`shish va ayirish imkoniyatiga ega bo`lgan hisoblash mashinasi, 1867 
yil); P. Chebishev (arifmometr, 1880 yil); V. Odner (g`ildirakdagi 
tishlar soni o`zgaruvchan bo`lgan moslamali hisoblash mashinasi, 1889 
yil) va boshqalarning hissasi kattadir. 

Download 279,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish