Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Xususiy tashkilotlar – demokratik davlatlarda, individuallar va xususiy tashkilotlar mustaqil ish yuritishga harakat qiladi. Masalan, ro’znoma va oynomalar xususiy tarzda boshqariladi. Davlat maktablari bilan xususiy maktablar ham faoliyat ko’rsatadi. Ko’plab korxonalar xususiy tarzda boshqariladi. Britaniya, Shvetsiya va ko’plab davlatlarda (ya’ni demokratik davlatlarda) sanoat va xizmat ko’rsatishning ayrim tarmoqlariga davlatning o’zi egalik qiladi. Totalitar davlatlarda esa hukumatning o’zi aksariyat uyushmalar va tashkilotlarni shakllantiradi va nazorat qiladi. Bu davlatlarda odamlar davlatning ruxsatisiz biror-bir guruhga birlasha ham olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |