Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o’zlarining faoliyat maqsadlari yo’nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.
Xalqaro tranzit - xorijiy yuklarni jo’natish va qabul qilib olish punktlari berilgan mamlakat hududidan tashqarida bo’lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita xalqaro tranzit hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |