Telekommunikatsion infratuzilma – kompaniyaning telekommunikatsion infratuzilmasi – bu turli axborotlarni: avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar, internet-grafika, turli fayllar hamda «ovoz» va video ko’rinishidagi axborotlarni uzatish vazifasini hal qiluvchi o’zaro aloqador tizimchalar majmuasidir.
Telekommunikatsiya – simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalanib signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko’rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish jarayoni. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni.
Tijorat banklari – sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |