Soliq krediti – byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini ma’lum muddatga kechiktirish, bo’lib-bo’lib to’lash yoki soliqni qaytarish shakli.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – kichik biznes subyektlarini rag’batlantirish maqsadida qo’llaniladigan soliqqa tortish tartibi.
Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to’g’ri keladigan soliq me’yori.
Soliq yuki – soliq to’lovchilarning muayyan davrda byudjetga to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisidir. Mamlakat miqyosida muayyan davrdagi barcha to’langan soliqlar va yig’imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i ham soliq yukini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |