Saylov huquqi – ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi, saylovni tashkil etish va o’tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisidir; ikkinchi ma’nosi fuqarolarning saylov huquqi, ya’ni ovoz berish, saylanish, saylov davrida va boshqa tadbirlarda ishtirok etishdir.
Saylovlar – muhim demokratik institut bo’lib, xalqning xohish-irodasini ifodalashning asosiy shakllaridan biridir. Xalqning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki, asosan, saylovlar orqali amalga oshiriladi. Shu ma’noda, mamlakatning jahon maydonidagi obro’-e’tibori, ko’p jihatdan, saylov tizimining ochiqligi va demokratikligi bilan belgilanadi.
Sal’do - muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati (savdo balansi sal’dosi), xorijiy to’lovlar va tushumlar (to’lov balansi sal’dosi) o’rtasidagi farq.
Do'stlaringiz bilan baham: |