Qarori yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan


-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro



Download 90,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana01.01.2022
Hajmi90,57 Kb.
#298458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

8-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro

munosabatlar jarayonida xizmatni o‘tashini o‘ziga xos xususiyatlari

41.  YPX  xodimi  o‘z  xizmat  vazifalarini  maxsus  audio  va  video  qayd  etish  qurilmalari

bilan  jihozlangan  transport  vositalaridan  foydalangan  holda,  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki

ishlar vazirligi tomonidan belgilangan ekipirovkada oshkora usulda amalga oshiradi. Yo‘llarda

xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

YPX  xodimining  maxsus  audio  va  video  qayd  etish  qurilmalari  bilan  jihozlangan

transport  vositalaridan  foydalanish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi

tomonidan belgilanadi.

42.  YPX  xodimi  tomonidan  o‘ziga  biriktirilgan  hudud  dislokatsiyasidan  tashqarida

qoidabuzarliklar  bo‘yicha  ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risida  bayonnomalar  rasmiylashtirish

taqiqlanadi.

Yo‘l  transport  hodisalari,  yo‘l  harakati  xavfsizligiga  tahdid  soluvchi,  avariya  holatini

yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanganda, YPX xodimi tomonidan o‘ziga

biriktirilgan  hudud  dislokatsiyasidan  tashqarida  ham  ushbu  qoidabuzarliklar  bo‘yicha

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda mazkur

holatlar  yuzasidan  DYHXX  saf  bo‘limi  (bo‘linmasi)  boshlig‘i  tomonidan  xizmat  tekshiruvi

o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra YPX xodimining harakatlariga huquqiy baho beriladi.

YPX  xodimi  tomonidan  o‘ziga  biriktirilgan  hudud  dislokatsiyasidan  tashqarida

rasmiylashtirilgan  bayonnomalar  yuridik  kuchga  ega  bo‘lmaydi  va  huquqiy  oqibatlar  keltirib

chiqarmaydi,  mazkur  bandning  ikkinchi  xatboshisida  nazarda  tutilgan  holatlar  bundan

mustasno.



43.  Patrul  avtomobilida  (mototsiklida),  shuningdek,  boshqa  transport  vositalarida  yo‘l

harakati ustidan nazorat olib borish jarayonida haydovchi tomonidan qoidalarning buzilganligi

aniqlanganda,  mazkur  transport  vositasini  to‘xtatishda  maxsus  chiroq-mayoqcha,  ovoz

kuchaytirgich moslamasi, qo‘l yoki jezl ishoralaridan foydalaniladi.

Transport  vositasini  avtomobil  yo‘llarining  ko‘rish  cheklangan  qismlari,  burilishdan

oldin  va  keyin,  tik  nishablik  yoki  tik  balandliklar,  chorrahalar,  yer  osti  o‘tish  joylari  oldida,

temir  yo‘l  kesishmasi  hududi  va  boshqa  xavfli  joylarda  to‘xtatish  taqiqlanadi,  kechiktirib

bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno.

44.  YPX  xodimi  maxsus  chiroq-mayoqchasi  yoqilgan  yoxud  tovushli  signallar  berib

harakatlanayotgan YPX patrul avtomobillari kuzatuvida bo‘lgan jamlanmani post yoki patrullik

qilish yo‘nalishi hududidan xavfsiz va to‘siqsiz o‘tib ketishi choralarini ko‘rishi zarur.

45. Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, tovushli signallar

berib  harakatlanayotgan  transport  vositalari  ularning  o‘g‘irlanganligi,  olib  qochilganligi  yoki

mast holda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarayotganligi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega

bo‘lgan hollardagina to‘xtatilishi mumkin.

Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l

transport hodisasi bo‘yicha, shuningdek, ushbu transport vositasi mast holda bo‘lgan haydovchi

tomonidan boshqarilgan holat qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

46.  YPX  xodimi  quyidagi  hollarda  huquqbuzarni  yaqin  oradagi  ichki  ishlar  bo‘limiga

(keyingi  o‘rinlarda  IIB  deb  ataladi)  yoxud  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organiga  olib

borishi mumkin:

haydovchi  YPX  xodimining  qonuniy  talablariga  bo‘ysunmagan  hollarda,  ma’muriy

huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani sodir etilgan joyda tuzish imkoni bo‘lmasa;

transport  vositalaridan  foydalanish,  harakat  tartibi  va  xavfsizligini  saqlash  qoidalari

buzilgan taqdirda, huquqbuzarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqida zarur ma’lumotlar

berish mumkin bo‘lgan guvohlar bo‘lmasa.

47. Huquqbuzar IIBga olib borilganda, YPX xodimi uning shaxsini aniqlash choralarini

ko‘radi.  Huquqbuzarning  shaxsi  aniqlanganda,  unga  nisbatan  sodir  etgan  qoidabuzarligi

yuzasidan  ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risida  bayonnoma  rasmiylashtiriladi.  Huquqbuzar

shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, uning sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha ikki nusxada

bildirgi  tayyorlab,  bildirgining  bir  nusxasini  IIB  navbatchisiga,  ikkinchi  nusxasi  esa  IIB

navbatchisi tomonidan tegishli belgi qo‘yilganidan so‘ng YPX xodimiga topshiriladi.

48. O‘zining shaxsiy xavfsizligi va harakat qatnashchilari xavfsizligini ta’minlash uchun

ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida YPX xodimi quyidagilarga amal qilishi lozim:

patrul avtomobilida maxsus chiroq-mayoqcha va tovushli signallar muntazam yoqilgan

holatda bo‘lishi;

aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda harakat tezligini tanlashi;

saf  bo‘lim  (bo‘linma)  yoki  IIB  navbatchisiga  o‘zining  ketayotgan  joyi,  qayerdaligi  va

harakatning yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lum qilib turishi;

yo‘l  harakatining  boshqa  qatnashchilarini  hushyorlik  va  ehtiyotkorlik  choralarini

ko‘rishlari bo‘yicha xabardor qilib borishi;

ta’qib  qilish  va  kuzatish  jarayonida  transport  vositasining  harakatlanishini  cheklash

choralarini ko‘rishi.

YPX xodimi ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va

sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etmasligi lozim.

49.  YPX  xodimi  yo‘l  harakatining  boshqa  qatnashchilari  harakatiga  xavf  tug‘diradigan

katta  hajmli  va  xavfli  yuklarni  tashish  qoidalari  buzilganligini  aniqlaganda,  saf  bo‘limi

(bo‘linmasi) boshlig‘idan yoki navbatchidan tegishli ko‘rsatma olgunga qadar, ushbu transport

vositasini yo‘lning qatnov qismidan chetlashtirish choralarini ko‘rishi lozim.


Download 90,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish