Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana24.01.2023
Hajmi1,91 Mb.
#902013
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
YHQ 2022 july

27-bob. Yuk tashish 
160. Tashilayotgan yukning vazni va o‘qlarga tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlanishi 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan va ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi 
uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak. 
161. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to‘g‘ri joylashganligiga va 
mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa, yukning tushib ketmasligini va 
haraka
tlanishga xalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak. 
162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi: 
agar yuk haydovchiga tevarak-
atrof ko‘rinishini cheklamasa; 


transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa; 
tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorug‘lik qaytargichlarini, ro‘yxatdan 
o‘tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qo‘l bilan beriladigan ishoralarni 
ko‘rishini to‘smasa; 
avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir 
yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, 
shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin 
material bilan yopilgan bo‘lsa; 
shovqin solmasa, chang ko‘tarmasa, yo‘lni va atrof muhitni iflos qilmasa; 
yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan 
(maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va 
uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa. 
Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida 
sanab o‘tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘rishi, buning iloji bo‘lmasa, keyingi 
harakatlanishni to‘xtatishi shart. 
163. Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga 
gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ort
iq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi 
bilan belgilanishi, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga 
qo‘shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki 
yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. 
164. Katta hajmli va og‘ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o‘lchamlari yukli yoki 
yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi 
yo
‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, yarim tirkamali va 
tirkamali avtopoyezd uchun 
— 20 metrdan ortiq bo‘lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa 
nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi 
shart. 
Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o‘rnatish, hamda 
belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi. 
Transport vositasida xalqaro yuk tashish transport vositalariga qo‘yiladigan talablarga va 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari hamda qonunchilik hujjatlarini hisobga olgan holda 
belgilangan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish