ko‘rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich shu
tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi;
1.19
— qatnov qismining toraygan (shu yo‘nalishdagi harakatlanish tasmalarining soni
kamaygan) joyiga yoki qarama-
qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi
1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3
belgilari bilan qo‘llanilishi mumkin;
1.20
— haydovchini 1.13 chizig‘iga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;
1.21 (“STOP” — To‘xtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qo‘llanilganda haydovchini 1.12
chizig‘iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;
1.22
— yo‘l (harakatlanish yo‘nalishi) raqamini ko‘rsatadi;
1.23
— yo‘lning faqat yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan bo‘lagini bildiradi.
1.24
— nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish joyi;
1.25
— piyodalar yo‘lkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi
mo‘ljallangan yo‘lkaning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismini bildiradi;
1.26
— velosiped yo‘lkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasmani bildiradi;
1.27
— ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.28
— taqiqlovchi yo‘l belgilarini takrorlovchi yo‘l chizig‘i;
1.29
— sun’iy yo‘l notekisligini bildiradi;
1.30
— Maktablarga yaqin yo‘lning qatnov qismidan maktab o‘quvchilarning chiqib qolish
ehtimolini inobatga olgan holda maktablar joylashgan hududlar oldida chiziladi;
1.31
— Aholi punktlaridan tashqarida yo‘llarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli
bur
ilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar o‘tish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar
hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan “Shovqin chiziqlari”dan
foydalanilishi mumkin;
1.32
— qatnov qismi kesishmasi hududiga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik
yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining
harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish, agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l
belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi;
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun
qo‘llanilgan 1.1 chizig‘i bundan mustasno.
1.2, 1.5
— 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o‘tish mumkin.
Reversiv svetoforlar bo‘lmaganda yoki ular o‘chirib qo‘yilganda, 1.9 chizig‘ini faqat u
haydovchining o‘ng tomonida bo‘lsa, bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo‘nalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizig‘ini istalgan
tomondan bosib o‘tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o‘chirilganda, haydovchilar darhol 1.9
chizig‘idan o‘ngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor o‘chirilgan bo‘lsa, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi
1.9 chizig‘ini bosib o‘tish taqiqlanadi.
1.11 chizig‘ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki
aylanib o‘tishni tugatayotganda bosib o‘tishga ruxsat etiladi.
Yo‘l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo‘l belgilarining va yotiq yo‘l chiziqlarining ma’nolari
bir-
biriga zid kelgan hollarda yoki yo‘l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo‘lmasa, haydovchilar yo‘l
belgilariga amal qilishlari kerak.
Vaqtincha yo‘l chiziqlarining va doimiy yo‘l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda
haydovchilar vaqtincha yo‘l chiziqlariga amal qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: