Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/42
Sana24.01.2023
Hajmi1,91 Mb.
#902013
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
YHQ 2022 july



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
YO‘L HARAKATI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA 
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 
ijrosini ta’minlash, 
shuningdek, 1968-
yildagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena 
Konvensiyasi 
talablari hamda ilg‘or xorijiy 
tajribaga muvofiq Yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini 
olish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 
a) aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, 
turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 
kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini 
ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-
apreldagi PQ-190-son 
qarori
 
bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi 
respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar 
markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari 
harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin
b) yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning 
balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan 
mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi; 
v) yuk avtomobillari, Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha 
holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart; 
g) transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash 
taqiqlanadi; 
d) sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi 
bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda 
yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart. 
Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. 
2. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 
1-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-maydan 
boshlab amalga kiritilsin. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: 
fuqarolarning, 
ayniqsa, 
bolalarni
ng yo‘l-transport hodisalari hamda oqibatlaridan 
himoyalanganligini ta’minlash maqsadida aholi hamda haydovchilar o‘rtasida 7 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus ushlab 
turuvchi moslamali 
xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transport vositasining orqa o‘rindig‘idagi 
yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari, shuningdek, sutkaning qorong‘i vaqtida va 
yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lni kesib o‘tishda va yo‘l yoqalaridan yoki qatnov qismining 
chetidan harakatlanishda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvchi elementlar bo‘lishi inson 
hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni 
amalga oshirsin; 
Yo‘l harakati qoidalari, jumladan, unga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini ommaviy 
axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-
saytda keng yoritilishi tashkil etilishini ta’minlasin; 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni 
bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
2-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-
maydan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. 
Bobojonov zimmasiga yuklansin. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish