Qarori turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana14.06.2022
Hajmi0,95 Mb.
#667654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
355-05.06.2017 (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
TUROPERATOR VA MEHMONXONA XIZMATLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH 
TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini 
jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son 
Farmonini
 bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda ushbu qaror kuchga 
kirguncha berilgan turoperator va mehmonxona xizmatlari sertifikatlarini uch oy muddatda 
xatlovdan o‘tkazsin. 
3. Ushbu qaror chiqqungacha sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan turoperator 
va mehmonxona xizmatlarining muvofiqlik sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagungacha 
amal qilishi belgilab qo‘yilsin. 
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy 
muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2017-yil 5-iyun, 
355-son 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 355-son 
qaroriga
 
ILOVA
Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “
Turizm to‘g‘risida
”, “
Mahsulotlar va 
xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida
”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son 
Farmoniga
, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil 
etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son 
qaroriga
muvofiq turoperator va 
mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish va inspeksiya nazorati tartibini belgilaydi. 
Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan turistik xizmatlarning alohida turlarini, jumladan 
umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, turistlarga transport 
xizmatlari ko‘rsatishni sertifikatlashtirish O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi) tomonidan 
belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
2. Tadbirkorlik subyektlari faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin 
va ularning amal qilish muddati davomida turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish 
huquqiga egadirlar. 
Muvofiqlik sertifikatining (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) amal qilish muddati 
berilgan sertifikatni har yili tasdiqlagan holda uch yildan iboratdir. 


Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi 
shaxslarga berilmaydi. 
Amaldagi sertifikatsiz turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish qonunchilikda 
belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
3. Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish, joylashtirish vositalariga 
toifa 
berish 
hamda 
sertifikatlashtirilgan 
turoperator 
va 
mehmonxona 
xizmatlarining 
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (keyingi o‘rinlarda normativ hujjat deb ataladi) 
talablariga muvofiqligining inspeksiya nazorati, O‘zbekiston Respublikasining Turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi, belgilangan tartibda akkreditlangan “Turizm xizmatlarini 
sertifikatlash markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan, milliy 
sertifikatlashtirish organi — “O‘zstandart” agentligi bilan mustahkam hamkorlikda amalga 
oshiriladi. 
4. Turoperator va mehmonxona xizmatlarining standartlashtirish bo‘yicha normativ 
hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha sertifikatlashtirish ushbu Nizomning 
1-
ilovasiga
 muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
4
1
. Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. 
(4
1
-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli 
qaroriga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-
son) 
5. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish