O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING
QARORI
SUDLAR TOMONIDAN MEHNAT SHARTNOMASI (KONTRAKTI)NI BEKOR QILISHNI TARTIBGA
SOLUVCHI QONUNLARNING QO‘LLANILISHI HAQIDA
LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli, 2002-yil 25-
oktabrdagi 28-sonli, 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli, 2004-yil 24-sentabrdagi 15-sonli va 2018-yil 30-
noyabrdagi 34-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimc halar bilan)
1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilinishi
munosabati bilan mehnat qonunlarining to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash va mehnat
nizolarini ko‘rishda sudlarda vujudga keladigan masalalarni tushuntirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek
ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt)* bo‘yicha ishlayotgan jismoniy
shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlar bilan tartibga solinishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
* “Kontrakt” — bundan keyin “mehnat shartnomasi”.
2. Ishga tiklash haqidagi nizo bo‘yicha ariza xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor
qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida bevosita
sudga beriladi.
MKning 270-moddasida belgilangan muddatlar prokuror, kasaba uyushmasi qo‘mitasi
yoxud xodimlarning boshqa vakillik organlari tomonidan beriladigan da’volarga nisbatan ham
tatbiq qilinadi.
3. Sudya da’vo qilish muddati o‘tkazib yuborilgan degan asos bilan da’vo arizani qabul
qilmaslikka haqli emas. Sud da’vo muddati uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan deb topsa,
bu muddatni tiklaydi. Agar sud ishdagi hujjatlarni har tomonlama tekshirib, sudga murojaat qilish
muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligini aniqlasa, da’voni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 10-moddasi hamda FKning 153-moddasining 2-qismi mazmuniga ko‘ra, fuqarolik sud
ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshirilishi tufayli
da’vogarning sudga murojaat etish muddatini o‘tkazib yuborganligi masalasi sud tomonidan faqat
nizodagi tarafning bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-
noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Da’vogarlar ishga tiklash haqidagi talab bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinganligi,
mehnat shartnomasini bekor qilishni asosliligini isbotlovchi dalillarni taqdim etish esa, qonun
bilan javobgarga yuklatilganligi sababli (MK 111-moddasining ikkinchi qismi), ishga tiklash
haqidagi da’vo arizalarini FPK 189-moddasi birinchi qismining 6-bandi va 195-moddasi birinchi
qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga
asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
4. Mehnat shartnomasining muddati tugaganligi (MK 105-modda) sababli bekor
qilinishining qonuniyligi to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rishda sudlar quyidagi holatlarga e’tiborini
qaratmog‘i lozim:
muddatli mehnat shartnomasi xodim bilan asosli holda tuzilganmi, ya’ni mehnat
shartnomasi tuzishda MKning 76-moddasi talablari hisobga olinganmi;
ishning shartnomada kelishilgan muddati haqiqatda tugaganmi;
ishning shartnomada kelishilgan muddati haqiqatda tugaganmi;
mehnat shartnomasining bekor qilinishiga yo‘l qo‘yadigan MK 105-moddasining ikkinchi
va uchinchi qismlaridagi muddatlarga rioya etilganmi;
homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga muddati tugaganligi munosabati bilan
mehnat shartnomasi bekor qilinishida ularga qo‘shimcha kafolatlar berilganmi (MKning 237-
moddasi).
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, muddatli mehnat shartnomalari faqat MKning
76-moddasida belgilangan holatlar bo‘lganligi sababli nomuayyan muddatga mo‘ljallangan
mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan hollarda tuzilishi mumkin.
Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga quyidagi holatlar mavjudligida yo‘l
qo‘yilishi mumkin:
bajariladigan ishning tafsilotiga ko‘ra bajarish uchun xodim olingan ishni ma’lum bir
muddat o‘tgandan keyin obyektiv sabablarga ko‘ra davom ettirishning imkoni bo‘lmasligi
oldindan ma’lum bo‘lganda, ya’ni u muddatli xaraktyerga ega bo‘ladi;
bajarish uchun xodim olingan ishni bajarish shartlari. Bunda ishning o‘zi doimiy
xaraktyerga ega bo‘lsada, uni bajarishning shartlari xodim bilan nomuayyan muddatga mehnat
shartnomasi tuzishga to‘sqinlik qiladi (qonunlarga muvofiq xodimning ish joyi va boshqalar
saqlanadigan mehnat va ijtimoiy ta’tillarda bo‘lgan vaqtiga boshqa xodimni ishga qabul qilish);
xodimning manfaatlari, ya’ni u yoki bu holatlarga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi
tuzilishi xodimning manfaatlariga asoslangan bo‘lganda.
Nazarda tutish kerakki, MKning 76-moddasida keltirilgan xodim bilan muddatli mehnat
shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ro‘yxat qat’iy chegaralangan. Agar xodim bilan tuzilgan
muddatli mehnat shartnomasi MKning 76-moddasi talablarini hisobga olmagan holda tuzilgan
bo‘lsa, bunday holda shartnomaning muddati haqidagi shartlari haqiqiy emas deb topiladi, xodim
esa ishga nomuayyan muddatga birinchi ish kunidan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.
6. MKning 105-moddasi birinchi qismiga binoan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga
uning muddati tugashi kunida, shuningdek shartnomadagi muddatning oxirgi haftasi mobaynida
yo‘l qo‘yiladi.
Mehnat qonunchiligi shartnomadagi muddat tugashi bilan uni bekor qilishga qaror qilgan
taraf boshqa tarafga oldindan xabar berishni majburiyat sifatida ko‘zda tutmaydi.
Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va
taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan bo‘lsa, shartnoma
nomuayyan muddatga davom ettirilgan deb hisoblanadi.
Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo‘lgan xodimning ishda bo‘lmagan vaqtiga mo‘ljallab
tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran tugatiladi.
7. Muddatli mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan muddati tugamasdan
(MK 97-moddasi 1-qismi), xodimning tashabbusi bilan (MK 99-modda), ish beruvchining
tashabbusiga ko‘ra (MK 100-moddasi 2-qismi), taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar
bo‘yicha (MK 106-moddasi) bekor qilinishi mumkin.
Muddatli mehnat shartnomasida uni muddatidan oldin bekor qilingan hollarda
taraflarning neustoyka to‘lashi haqidagi o‘zaro majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
Taraflardan biri neustoyka to‘lashdan bosh tortsa, uni undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
8. Neustoyka to‘lash haqidagi nizolarni ko‘rishda sud quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
neustoyka to‘lash shartlari taraflarning kelishuviga binoan faqat muddatli mehnat
shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin;
neustoyka miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va u ish beruvchi
tomonidan xodimning manfaatlarini ko‘zlab qilingan xarajatlarga, xodim ishlagan davr va boshqa
holatlarga bog‘liq tarzda tafovut qilinishi mumkin;
agar mehnat shartnomasida neustoykaning miqdori belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, taraflar
agar mehnat shartnomasida neustoykaning miqdori belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, taraflar
uni to‘lashdan ozod etiladilar;
xodim to‘laydigan neustoyka miqdori ish beruvchi to‘laydigan neustoyka miqdoridan oshib
ketishi mumkin emas. Shu bilan birga mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan neustoykani
yuqori qiymatda to‘lashini nazarda tutishi mumkin;
muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin xodimning (MK 99-moddasi), shuningdek
xodimning aybli xatti-harakatlariga bog‘liq asoslarga ko‘ra, ish beruvchining tashabbusi bilan (MK
100-moddasi 3 va 4-bandlari) bekor qilingan bo‘lsa, xodim ish beruvchiga neustoyka to‘laydi.
Muddatli mehnat shartnomasida xodimning neustoyka to‘lash majburiyatining ko‘rsatilishi,
muddatli mehnat shartnomasining muddatidan oldin boshqa asoslarga ko‘ra bekor qilinishi
g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi;
muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin xodimning aybli xatti-harakatlari bilan
bog‘liq bo‘lmagan asoslar bo‘yicha ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, ish
beruvchi xodimga neustoyka to‘laydi (MK 100-moddasi 2-qismi 1, 2, 5 va 6-bandlari).
9. Agar mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinishi haqidagi ariza u
o‘z ishini davom ettirishining imkoni yo‘qligi (o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga
chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar bilan bog‘liq bo‘lsa)
sababli berilgan bo‘lsa, xodim neustoyka to‘lashdan ozod qilinishiga sudlarning e’tibori qaratilishi
lozim. Mehnat kodeksi (99-moddasi 5-qismi)da xodimning ushbu korxonada o‘z ishini davom
ettirishining imkoni yo‘qligini aks ettirgan taxminiy ro‘yxati ko‘rsatilganligi sababli sudlar ishdagi
aniq hujjatlarni hisobga olgan holda boshqa holatlarni (xodim sog‘lig‘ining holati, nogiron oila
a’zosiga qarashi zaruriyati, turmush o‘rtog‘ining harbiy xizmatni o‘tash uchun boshqa joyga
yuborilishi va b.) e’tiborga olib, ushbu holatlar mavjud bo‘lganda xodim neustoyka to‘lashdan
ozod qilinadi.
10. Sudlarning e’tibori dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflar bir-birini yozma
ravishda uch kun oldin ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqliligiga qaratilsin
(MK 87-moddasi 1-qismi). Uch kunlik ogohlantirish muddatini qisqartirishlikka faqat taraflar
kelishuviga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
11. Mehnat shartnomasini dastlabki sinov muddati davomida xodimning tashabbusi bilan
bekor qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
mehnat shartnomasini bekor qilishga faqat xodimning yozma arizasi asos bo‘lib, u
haqiqatdan uning mehnat munosabatlarini bekor qilish to‘g‘risidagi xohish-istagini namoyon
etishi lozim. Bunda xodimning mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelgan sabablar
ahamiyatga ega emas.
qonunda yoki taraflar kelishuviga asosan belgilangan ogohlantirish muddatida xodim o‘z
arizasini qaytarib olishga haqli;
mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan qonunda yoki taraflar kelishgan
ogohlantirish muddati tugamasdan xodimning roziligisiz bekor qilishi, xodimning talabi bo‘yicha
mehnat shartnomasining bekor qilinishini g‘ayriqonuniy deb topishga asos bo‘ladi;
agar qonunda yoki taraflar kelishuvi bo‘yicha belgilangan ogohlantirish muddati tugagan
bo‘lsada, mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa, xodimning mehnat munosabatlarini o‘z
tashabbusiga ko‘ra bekor qilish haqidagi arizasi o‘z kuchini yo‘qotadi, shu ariza asosida mehnat
shartnomasining bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
mehnat shartnomasi sinov muddati davomida xodim tashabbusiga ko‘ra bekor
qilinayotganda qonunda ko‘rsatilgan yoki taraflar kelishuviga ko‘ra belgilangan ogohlantirish
muddati tugagach, xodim ishga chiqmaslik huquqiga ega. Bunda ish beruvchi tomonidan mehnat
shartnomasini bekor qilishni kechiktirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
sinov shartlari ishga qabul qilishda muddatli mehnat shartnomasiga kiritilgan taqdirda (6
oydan ortiq muddatga) va bu shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda taraflarning o‘zaro
neustoyka to‘lash majburiyatini ko‘zda tutgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan sinov muddati
neustoyka to‘lash majburiyatini ko‘zda tutgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan sinov muddati
davomida mehnat shartnomasi bekor qilinganida ish beruvchining xodim tomonidan neustoyka
to‘lanishi haqidagi talablari qanoatlantirilmaydi, chunki MKning 104-moddasida neustoykani
to‘lashga yo‘l qo‘yiladigan asoslar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilgan.
12. Sinovdan o‘ta olmaganligi sababli xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi
tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishining qonuniyligiga oid da’volarni ko‘rishda sudlar quyidagi
holatlarni e’tiborga olishi kerak:
ish beruvchi bunday asoslar bilan faqat sinovning natijalari qoniqarsiz bo‘lganda, mehnat
shartnomasini bekor qilishga haqli, xodimning mehnat shartnomasida belgilangan ishni bajara
olmasligi aniq faktlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
agar sinov muddati davomida xodimning topshirilgan ishni bajara olmasligini tasdiqlovchi
faktlar bo‘lmasa, lekin ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishga boshqa
asoslar (xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishi, korxonaning tugatilishi, xodim
tomonidan uzluksiz yoki bir marta mehnat vazifalarining qo‘pol ravishda buzilishi va b.) mavjud
bo‘lsa, mehnat munosabatlarini bekor qilish bo‘yicha belgilangan tartib va shartlarga rioya etilgan
holda tegishli asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Bunday holda xodim
bilan mehnat shartnomasi sinovdan o‘tmaganlik asosida bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
xodim bilan mehnat shartnomasini, uni oldindan yozma ogohlantirmasdan yoki qonunda
yoxud taraflar kelishuviga ko‘ra belgilangan ogohlantirish muddati o‘tmasdan oldin xodimning
ruxsatisiz bekor qilinishida sud ish beruvchi tomonidan ushbu asos bo‘yicha mehnat
munosabatlarini bekor qilishning qonuniyligiga oid barcha qolgan shartlarga rioya qilinganini
aniqlasa, mehnat shartnomasini bekor qilishni tegishli muddatga ko‘chirish va ushbu vaqt uchun
xodimga haq to‘lash masalasini hal qiladi. Bunday asoslar bilan mehnat shartnomasi tugatilgan
sanani ko‘chirishga faqat mehnat shartnomasida belgilangan sinov muddati chegarasida yo‘l
qo‘yiladi;
agar mehnat shartnomasida nazarda tutilgan dastlabki sinov muddati tugagan bo‘lsa yoki
uning tugaganiga uch kundan kam kun qolgan bo‘lsa va xodim uch kunlik ogohlantirish
muddatini qisqartirishga o‘z roziligini bermayotgan bo‘lsa, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra,
mehnat shartnomasini tugatishga MK 100-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina
yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |