Qarori qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


III. TANLOVDA IShTIROK ETISh ShARTLARI



Download 191,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana26.02.2022
Hajmi191,81 Kb.
#468479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
8-сон 05.01.2002. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

III. TANLOVDA IShTIROK ETISh ShARTLARI
3.1. Tanlovda ishtirok etish huquqiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining a’zolari va
O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari egadir.
Keyingi
 tahrirga qarang.
3.2. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etayotgan talabgorlar tanlash va tanlovda ishtirok etish uchun komissiyaga
quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
tanlovda ishtirok etishga talabgorning mazkur Tartibga 
1-ilovaga 
muvofiq namuna bo‘yicha arizasi, unda
muayyan yer uchastkasining tartib raqami, biriktirilgan yer maydonidan ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam
bo‘lmagan hosildorlikni ta’minlash, tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan qishloq
xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish
ixtisoslashuvini o‘zgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish
kafolati, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarni belgilangan muddatlarda to‘lash, shuningdek
komissiya tomonidan qo‘yilgan boshqa shartlarni o‘z vaqtida bajarish to‘g‘risidagi majburiyatlar ko‘rsatiladi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
mutaxassislikni, ish tajribasi va stajni tasdiqlovchi hujjatlar;
biznes-reja asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining hisob-kitobi;
tavsiyanoma xatlar (zarur hollarda).
3.3. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov o‘tkazilishidan o‘n kun oldin to‘xtatiladi.
3.4. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
birinchi bosqichda — hujjatlarning to‘liqligi va mazmuni tekshiriladi;


ikkinchi bosqichda — talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi
o‘rganib chiqiladi.
Tanlov o‘tkazilgunga qadar komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risida
ariza taqdim etgan talabgorlarning takliflarini puxta o‘rganib chiqadi, har bir ishtirokchining loyihasi alohida
baholanadi. Bunda ariza beruvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning to‘liqligi va haqiqatga yaqinligi hamda
ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
3.5. Komissiya qaroriga ko‘ra tanlab olingan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
3.6. Tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslarga tanlovni o‘tkazish shartlari e’lon qilinadi.
3.7. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslar to‘g‘risidagi to‘liq axborotni yozma shaklda e’lon
qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yo‘llashi
shart.
3.8. Tanlovni o‘tkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonun hujjatlariga asosan talabgorlar deb
e’tirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni o‘z vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok
etishga qo‘yilmaydi.

Download 191,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish