II. KREDITLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
9. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
kredit olish uchun kredit buyurtmanomasi;
pul oqimi tahlili albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja;
o‘z faoliyatini uch oydan ortiq amalga oshirayotgan fermer xo‘jaliklari, shuningdek oxirgi hisobot davri
uchun davlat soliq xizmati mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan buxgalteriya balansi (1-shakl)ni hamda debitorlik
va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (2a-shakl)ni ham taqdim etadilar.
10. Qarz oluvchi to‘lamaslik xavfini bartaraf etish maqsadida kreditni qaytarishni ta’minlashga ega bo‘lishi
kerak, ta’minlay olish unga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi.
Quyidagilar kreditning qaytarilishini ta’minlovchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
sug‘urta tashkilotining kafolatnomasi;
bank kreditlari fermer xo‘jaliklari tomonidan qaytarilmasligi xavfini olinadigan kredit summasining 50 foizi
miqdorida majburiy sug‘urta qilish hamda hosil va mol-mulkning 50 foizi ixtiyoriy sug‘urta qilinganligi to‘g‘risida
sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi.
11. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasiga va boshqa sug‘urta tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining
nobud bo‘lishi xavfini yoki fermer xo‘jaliklarining boshqa faoliyatini sug‘urta qilish asosida kredit qaytarilishi
haqida kafolatnomani tijorat banklariga taqdim etish tavsiya qilinadi.
12. Ushbu kredit buyurtmanomasi (arizasi) bo‘yicha bank xulosasini berish muddati kredit olish uchun
buyurtmanoma ushbu Qoidalarning
9-bandida
ko‘rsatilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda bankka tushgan
kundan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
III. KREDIT BERISh VA SSUDANI QAYTARISh TARTIBI
13. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi. Kreditlar
alohida ssuda hisob raqami ochish va fermer xo‘jaligining asosiy faoliyati bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar,
asbob-uskunalar va boshqa xizmatlar uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalarini to‘lash yo‘li bilan naqd
pulsiz beriladi.
14. Kreditni qaytarish muddatlari jadval tarzida taqdim etilishi mumkin, jadvalda kreditni pul oqimlari
tushishi istiqboliga ko‘ra bir nechta bosqichda qaytarish nazarda tutiladi.
Kredit uchun foizlarni to‘lash yetishtirilgan hosilni sotishdan pul mablag‘lari tushishiga qarab, biroq kredit
berilgan kundan boshlab kamida 6 oydan keyin amalga oshirilishi mumkin.
15. Kreditni qaytarish muddati boshlanganda va qarz oluvchida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda kredit
kafolat beruvchi (sug‘urtalovchi)ning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan undirib olishga taqdim
etiladi.
Sug‘urta holati boshlanganda “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining hududiy bo‘limlari va boshqa sug‘urta
tashkilotlari tijorat banki talabiga ko‘ra sug‘urta summasini mazkur kredit bo‘yicha foizlarni va asosiy qarzni
to‘lashga o‘tkazishga majbur.
16. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga
oshiradi va u qarz oluvchining buyurtmanomasini hamda kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har
tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilishi kerak.
17. Monitoring jarayonida bank joylarda kreditdan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshiradi.
18. Tijorat banklari kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan qarz oluvchilarga
nisbatan:
kredit berishni vaqtinchalik to‘xtatib turishga yoki to‘liq to‘xtatib qo‘yishga;
berilgan kredit bo‘yicha qarzning butun summasini muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
19. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaslik hollari aniqlangan taqdirda bank kreditning
belgilanmagan maqsadda foydalanilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob
raqamidan muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan tartibda undirib olish huquqiga egadir.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 1-son, 8-modda; 2003-y., 17-18-son, 156-modda; 2004-y., 33-son,
370-modda, 52-son, 521-modda; 2006-y., 45-son, 443-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 44-45-son, 385-modda;
2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 01.06.2018-y., 09/18/403/1286-son, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son, 10.12.2018-y.,
09/18/995/2287-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |