Keyingi
tahrirga qarang.
Keyingi
tahrirga qarang.
3.2. Uyushma har yili ikki marta – vegetatsiya va novegetatsiya davrlarida o‘z faoliyati hududidagi barcha
suvdan foydalanuvchilarni suv bilan ta’minlash uchun suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasi
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan
miqdorda foydalanish to‘g‘risida” 1993-yil 3-avgustdagi 385-son
qarori
asosida tuman suv xo‘jaligi organlari bilan
suv olish yuzasidan shartnoma tuzadi.
Suv xo‘jaligi organlari bilan tuzilgan shartnomada har o‘n kunda suv berish miqdori, suv olish manbalari
ko‘rsatiladi.
Shartnomaning namunaviy shakli suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
3.3. Suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasi har yili Uyushma tomonidan, qabul qilingan
gidromodul, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasi, suvdan foydalanishning ajratilgan limiti asosida va
infratuzilmaning o‘zgarishini hisobga olgan holda tuziladi hamda suv xo‘jaligi organlari bilan kelishgan holda
Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasi tarkibida suvdan belgilangan maqsadda foydalanilishi,
hech istisnosiz barcha suvdan foydalanuvchilarga har o‘n kunda beriladigan suv miqdori, suv ayirgichlar va
sug‘orish manbalari ko‘rsatiladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
3.4. Suv berilishini ta’minlash uchun Uyushma har yili ikki marta vegetatsiya va novegetatsiya davrlari
uchun, har o‘n kunda beriladigan suv miqdorini, suv ayirgichlar va manbalarini ko‘rsatgan holda, barcha suvdan
foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
3.5. Suv berish uchun Uyushma yoki alohida (guruh) suvdan foydalanuvchilar tomonidan barcha (er usti,
yer osti) manbalardan (sug‘orish tarmog‘i, kollektorlar, suv omborlari, ko‘llar, daryolardan o‘z oqimi bo‘yicha yoki
mashina vositasida, yer osti manbalaridan, quduqlardan va boshqalardan nasoslar vositasida suv olish faqat suv
ayirgichlarning suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan
joylarida amalga oshiriladi.
Suv ayirgichlarning ro‘yxatdan o‘tkazilmagan joylaridan suv olish noqonuniy hisoblanadi va aybdorlar
qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
3.6. Uyushma tomonidan umumiy ravishda foydalaniladigan suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish va
Uyushma ta’minoti uchun meliorativ fondni tashkil etishda ulush qo‘shgan holda qatnashish barcha suvdan
foydalanuvchilar uchun suv berishning majburiy sharti hisoblanadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
3.7. Uyushma birlamchi suvdan foydalanuvchi hisoblanadi va boshqa suvdan foydalanuvchilarni suv bilan
ta’minlash “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga
oshiriladi.
Qo‘shimcha (ikkilamchi) suvdan foydalanuvchilar paydo bo‘lganda ularni suv bilan ta’minlash masalasi
tuman suv xo‘jaligi organlari taklifiga binoan Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishida hal qilinadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: