refrijerator-avtotransport vositasi — bir necha avtotransport vositalari uchun alohida
yoki umumiy bo‘lgan muzlatgich uskunasi (mexanik kompressor yoki absorbsion uskuna va
boshqalar bilan jihozlangan) yordamida yuksiz kuzovning ichida haroratni pasaytirish va shundan
so‘ng ushbu haroratni belgilangan tashqi haroratda, belgilangan vaqtgacha o‘rnatilgan diapazonda
saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;
isitiladigan avtotransport vositasi — isitish uskunasi yordamida yuksiz kuzovning ichida
haroratni ko‘taradigan va shundan so‘ng ushbu haroratni qo‘shimcha issiqlik kelmaganda, muayyan
vaqt davomida doimiy maromda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;
SPS guvohnomasi — mamlakatning SPS Bitimini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan
vakolatli organi tomonidan beriladigan va avtotransport vositasi SPS Bitimi talablariga mosligini
tasdiqlovchi hujjat;
Do'stlaringiz bilan baham: |