1-bob. Umumiy qoidalar
1. Atamalar va ta’riflar
SPS — 1970-yil 1-sentabrda Jeneva shahrida (Shveysariya Konfederatsiyasi) imzolangan
Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar to‘g‘risidagi va ushbu tashishlar uchun
mo‘ljallangan maxsus transport vositalari haqidagi bitimlar;
izotermik avtotransport vositasi — kuzovi, shu jumladan eshigi, poli va tomi kuzovning
tashqi va ichki yuzasi o‘rtasida issiqlik almashishini cheklash imkonini beradigan termoizolyatsiya
devorlaridan iborat bo‘lgan avtotransport vositasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |