O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,
2020-yil 24-fevral,
PQ-4611-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qaroriga 1-ILOVA
Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”
MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish.
1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
2. MHXS hujjatlarini davlat tilida talab qilish huquqlaridan voz kechish bo‘yicha MHXS fondi bilan kelishuv tuzish.
2020-yil 1-iyul
buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)
3. MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish, shuningdek, ularni Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish.
kelishuvga muvofiq
4. MHXSning har yili yangilanishini hisobga olgan holda, davlat tilidagi MHXS hujjatlarining dolzarbligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.
Doimiy ravishda
2.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga uyg‘unlashtirishni hisobga olgan holda ularni takomillashtirish.
1.Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda buxgalteriya hisobining milliy standartlari va MHXS o‘rtasidagi muhim farqlanishlar bo‘yicha keng qamrovli axborotlar tayyorlash.
2020-yil
1-mart
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)
2.Buxgalteriya hisobining yangi milliy standartlarini ishlab chiqish va amaldagi milliy standartlarga o‘zgartishlar kiritish.
Doimiy ravishda
3.
MHXSni joriy etishni hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.
1. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi, jumladan:
MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida e’lon qilmaslik;
MHXS bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassislar soni eng kam miqdor talablariga muvofiq emasligi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
2. Soliq hisoboti shakllarini MHXS bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va unga moslashtirish.
2020-yil 1-oktabr
Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev),
Moliya vazirligi (D. Sultanov)
4.
Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni MHXS asosida amalga oshirishga o‘tish.
1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi veb-saytida davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni MHXS asosida amalga oshirishga o‘tish grafigini e’lon qilish.
Har yili
1-iyungacha
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),
Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari
2. Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishni MHXS asosida amalga oshirishni tashkil etish.
Grafikka muvofiq
3. Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlari shaffofligi va sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Moliya vazirligiga ma’lumot taqdim etish.
Har yili
1-aprelgacha
5.
Har yili aksiyadorlik jamiyatlarining e’lon qilinadigan moliyaviy hisoboti MHXSga muvofiqligi bo‘yicha sifat nazoratini amalga oshirish.
1. Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisoboti MHXS asosida e’lon qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish.
2. Aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS joriy qilinganligi to‘g‘risida Moliya vazirligiga axborot taqdim etish.
Har yili
1-aprelgacha
6.
MHXSga bosqichma–bosqich o‘tish chora-tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb etish masalasini ko‘rib chiqish.
1. Xalqaro moliya institutlariga milliy buxgalteriya hisobi tizimini diagnostikadan o‘tkazish va baholashga ko‘maklashish hamda MHXSni qo‘llash infratuzilmasini yaratish masalalari bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan so‘rovnoma yuborish:
MHXSga o‘tish jarayonida tadbirkorlik subyektlarini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari moliyaviy hisobotlarining axborot berish darajasini oshirish;
davlat sektorida MHXS bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish.
2020-yil mart
Moliya vazirligi (D. Sultanov)
2. Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha ekspertlar bilan hamkorlik qilish va grant shartnomalari imzolashni muhokama qilish.
3. Buxgaltyerlarni milliy sertifikatlash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritish.