Qarori fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘G‘risida



Download 68,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.07.2022
Hajmi68,16 Kb.
#757112
1   2   3
Bog'liq
19-сон 25.10.2019. Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida

Oldingi
 tahrirga qarang.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
18-
moddasi
 talablariga muvofiq:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi
17-sonli 
qarori
 tahririda)
arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqida;
sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqida;
ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli ish yuritishni tugatish haqida;
taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilganligi sababli arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida;
ishda qatnashgan shaxs vafot etganligi munosabati bilan, agar nizoli huquqiy munosabat
huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa, ish yuritishni tugatish haqida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
apellatsiya va kassatsiya shikoyatini qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimlarni
chiqarishda sud davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishi lozim.
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi
17-sonli 
qarori
 tahririda)
12. Shuni nazarda tutish lozimki, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha yoki chet davlat
vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar
bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning
arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini
tasdiqlash haqidagi ajrimning mavjudligi, arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish (FPK 194-


moddasi birinchi qismining 
2-bandi
) yoxud ish yuritishni tugatish (FPK 124-moddasining 
2-bandi
)
uchun so‘zsiz asos hisoblanadi.
Shu munosabat bilan da’vogarning arz qilingan talablardan voz kechishini qabul qilishda,
shuningdek taraflar o‘rtasidagi kelishuv bitimini tasdiqlashda sud ularga ko‘rsatilgan asoslar
bo‘yicha ish yuritishni tugatish oqibatlarini tushuntirishi va bu sud majlisi bayonnomasida ham,
sudning ajrimida ham yoritilishi lozim.
13. Sudlarning e’tibori, FPK 
275-moddasida 
nazarda tutilgan sudning xususiy ajrim chiqarish
huquqi, sudning davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning
yoki fuqaroning faoliyatida, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, ishni ko‘rish chog‘ida
aniqlangan qonun hujjatlari buzilishiga nisbatan munosabat bildirish vositasi ekanligiga qaratilsin.
Xususiy ajrim ko‘rilayotgan huquqiy munosabat predmeti doirasidan chetga chiqadigan masala
bo‘yicha sud tomonidan chiqariladi.
Ishni ko‘rishda shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan holda, sud bu
haqda alohida protsessual hujjat chiqarmasdan, prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda
xabarnoma yuborish bilan cheklanadi (FPK 275-moddasining 
beshinchi qismi
).
Oldingi
 tahrirga qarang.
14. Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat
qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lgan ajrimlarni, sudning hal qiluv qarori bilan birga shikoyat
qilinadigan, xususiy shikoyat yoki protest berilmaydigan, lekin e’tirozlar apellatsiya va kassatsiya
tartibida shikoyat (protest) keltirilishi mumkin bo‘lgan ajrimlardan farqlash lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli 
qarori
 tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
15. Qonunga muvofiq (FPK 
400-moddasi
), birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan, agar
bu qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa yoki sudning ajrimi ishning keyingi
harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida apellatsiya yoxud
kassatsiya yoki nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Download 68,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish