Qarori arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. O‘quv jarayonini tashkil qilish



Download 162,24 Kb.
bet6/14
Sana19.02.2022
Hajmi162,24 Kb.
#459388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Arxiv ishi

6-bob. O‘quv jarayonini tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va zamonaviy talablari asosida, shuningdek, xalqaro standartlar va rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan xodimlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari asosida amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
19. Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish kurslari ushbu Ustavga 1-ilovaga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning o‘quv dasturlari xodimlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga asosan ishlab chiqiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
20. Markazga o‘qishga yuboriladigan xodimlar kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitiladi, ularning o‘qish vaqti va muddati Markaz tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
To‘lov-shartnoma asosida tinglovchilarni o‘qitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Markaz o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.
O‘qishga yuborilgan xodimlarning Markazga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
21. Arxiv ishi va ish yuritishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning arxiv va ish yurituvchi xodimlari uch yilda kamida bir marta malakasini oshirib boradilar.
22. Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va 1 haftadan (36 soatdan) kam bo‘lmasligi shart (qisqa muddatli malaka oshirish kurslari bundan mustasno).
23. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
24. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimi test sinovlari asosida baholanadi.
Tinglovchilar bilan yakuniy test sinovi malaka oshirish kursi dasturiga asosan o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘tkaziladi. Test sinovi natijalari “sinovdan o‘tdi” yoki “sinovdan o‘tmadi” deb qayd etiladi.
Arxiv ishi va ish yuritish markazi o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga mazkur Ustavga 2-ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Test sinovini topshirmagan tinglovchiga malaka oshirish kursini tinglaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
25. Test sinovini topshirmagan tinglovchilar to‘g‘risida o‘quv kurslari tomonidan ularni yuborgan tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi. Agar tinglovchilar test sinovi natijalaridan norozi bo‘lsa, ular test sinovi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida Markaz direktori nomiga yozilgan ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bu holda Markaz direktorining buyrug‘i bilan o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv kursining amaliyotchi xodimlarining kamida uch nafar vakilidan iborat tarkibda apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi tinglovchilarning arizasini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosa beradi.
26. Test sinovida uzrli sabab bilan qatnashmagan tinglovchilar test sinovida keyingi guruh tinglovchilari bilan birga qatnashishi mumkin.
27. Malaka oshirish kursini uzrli sababga ko‘ra oxirigacha tamomlamagan tinglovchilar kurslarni keyingi guruh bilan birga tamomlashi mumkin.
28. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar:
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilgan holda, navbatdagi kalendar yilga arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlar haqida ma’lumotlarni ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oxirgi malaka oshirgan vaqtini ko‘rsatgan holda Markazga taqdim etadi;
tasdiqlangan reja va jadval asosida arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xodimlarning belgilangan muddatda Markazga o‘qishga yetib borishlarini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi ustaviga
1-ILOVA

Download 162,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish