Qarori arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlik



Download 88,9 Kb.
bet13/38
Sana23.04.2022
Hajmi88,9 Kb.
#577286
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Qonunlar-arxivshunoslik

18-modda. Arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlik
O‘z arxivlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib ketilgan arxiv hujjatlarini qaytarish xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining O‘zbekistondan olib chiqilishi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining asl nusxalarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini O‘zbekistondan olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlarini chet elda ko‘rgazmaga qo‘yish yoki qayta tiklash maqsadida O‘zbekistondan vaqtincha olib chiqilishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ruxsati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
20-modda. Nizolarni hal etish
Arxivlardan foydalanish masalalariga doir nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yetkazilgan zarar o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar o‘rnining qoplanishi aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
21-modda. Arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1999-yil 15-aprel,
768-I-son



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV ISHINI BOSHQARISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq hamda arxiv ishini boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“O‘zbosharxiv” boshqarmasi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (“O‘zarxiv” agentligi)ga aylantirilsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlarining amalda bajarilishini va ularga rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini ta’minlash va ulardan foydalanish;
respublika davlat arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
respublikada arxiv ishini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
arxivshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;
arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligida Bosh direktorning bir nafar o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 5 kishidan iborat hay’at bo‘lishiga ruxsat etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining Bosh direktori maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, Bosh direktor o‘rinbosari — vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.

Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish