Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
77 
library.ziyonet.uz/ 
Men fano dashtida tufrogʻ oʻlsam, ey ahli niyoz
Ishlarim dostonlarin olmoqqa talqin asrangiz. 
Egma qaddim xam boʻlub turmoq uchun, ey shoʻxlar, 
Yaxshidur cholokliklar birla sekrib oʻynangiz. 
Bir parivash ishqidin miskin Navoiydur biling, 
Dasht aro oshuftau majnunsifatliq koʻrsangiz. 
* * * 
Ul pari koʻyida men devonani band aylangiz
Band-bandim zulfi zanjirigʻa payvand aylangiz. 
Xalq tarki ishq aylarga meni dilxastani, 
Oʻlturub olam eliga mujibi pand aylangiz. 
Telba koʻnglum topsangiz, ey yor koʻyi itlari, 
Toʻsh-toʻshidin tishlabon, parkand-parkand aylangiz. 
Bodai ishq asru mast etmish meni, ey doʻstlar, 
Jomima afyun ezib bir dam xiradmand aylangiz. 
Yigʻlasam achchigʻ malul oʻlmoq nedur, ey xoʻblar, 
Hazl uchun gohi boqib, siz ham shakarxand aylangiz. 
Ishq bahrida duri vasl istasang, ey ahli dard, 
Koʻnglunguz ul naqd yodi birla xursand aylangiz. 
Qilsangiz tasvir Layli husnin ul oydek sizing
Lek Majnunni Navoiy birla monand aylangiz. 
* * * 
Nozaninlar, benavolarga tarahhum aylangiz, 
Lutf agar yoʻqtur, gʻazab birla takallum aylangiz. 
Gah biyik, gah past giryon koʻrsangiz ushshoqni, 
Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz. 
Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jodu koʻngul, 
Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz. 
Ey balou dard, oʻtlar xud solibsiz jonima, 
Lek siz ham gah-gah ul oʻttin tavahhum aylangiz. 
Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol, 
Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz. 
Biz fano tufrogʻi boʻlduq dayr aro, ey ahli zuhd
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz. 
Ey mugʻanniylar, Navoiy mast edi — kech uygʻonur. 
Oni uygʻotmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz. 
* * * 
Tufrogʻimdin koshki jisme murattab qilsangiz, 
Sir it oʻlsa koʻyida ruhigʻa qolab qilsangiz. 
Yetmagay chobuksuvorim gardigʻa, ey ahli ishq, 
Mehrni rokib qilib, gardunni markab qilsangiz. 
Podapoʻshum bazmi gʻavgʻosidin, ey jonu koʻngul, 
Sam’iga yetmas necha faryodu «yo rab» qilsangiz. 
Olami ishq uzra bas loyiqdurur, ey dardu, shavq, 
Dudi ohimni sipehr, ashkimni kavkab qilsangiz. 
Markabi na’lin mujallo qilgʻuchilar zeb uchun
Orazimgʻa surtung ul damkim, muzahhab qilsangiz. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish