Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
46 
library.ziyonet.uz/ 
Kirgali koʻnglum aro bir-bir oʻqung boʻlmish tanim 
Ul qalamdekkim, oning ichida tuz-tuz noli bor. 
Sunbulung tushsa oyogʻing ostida, ne aybkim, 
Gul bila xurshidning ostida «lom»u «dol»i bor. 
Ul sababdin, zohido, mashgʻul emasmen zuhd ila
Kim koʻngulning mutribu may birla koʻp ashgʻoli bor. 
Odam oʻlmishmenki, ishq ahli manga avlod erur, 
Yoʻqsa, yoshdin mencha kimning yuz sari atfoli bor? 
Gavhari maqsud chun vobastai tavfiq erur, 
Desa boʻlmaskim, muning sa’yi, oning ihmoli bor. 
Ey Navoiy, topmasang kome labi jonbaxshidin
Sening uchun boʻlsun oning gʻamzai qattoli bor. 
* * * 
Xolu xatting xayolidin, ey sarvi gul’uzor, 
Gohi koʻzumga xol tushubtur, gahi gʻubor. 
Yuzungda xol safhada tomgʻon kibi qaro
Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor. 
Jonimni oʻrtagan yuzu xolingni bilmasang, 
Oʻt shu’lasida ayla gumon bir oʻchuk sharor. 
Bilmon, koʻngulda xollaringning xayolidur, 
Yo kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor. 
Har dam koʻngul haloku koʻzum tiyra boʻlmogʻin 
Bilgay birovki, yori erur shoʻxu xoldor. 
Mashshotayi qazo bezamish xolu xattini, 
Beixtiyorlikda manga bormu ixtiyor? 
Miskin Navoiy xoli labing koʻrsa jon berur
Boqsang ne boʻldi surati holiga, ey nigor? 
* * * 
Kirdi siymobiy libos ichra yana ul gul’uzor, 
Ul quyoshdekkim, anga moni’ boʻlur abri bahor. 
Ul bulut yangligʻ libos uzra sizilgʻon xatlari 
Bor aningdekkim, yogʻin tushgay bulutdin tor-tor. 
Bu libosi siymgun ichra sening nozik taning 
Ul kumushdekdurkim, ul siymob aro tutqay qaror. 
Mehri ruxsoring libosi siymgundin mutlaqo 
Ul quyoshdurkim, qilur koʻzguda aksin oshkor. 
Boʻldi siymobiy libosing rangi, baskim ayladim 
Koʻz sahobidin boshinggʻa ashk siymobin nisor. 
Tanni chun siymob etar bu charxi axzar oqibat, 
Toʻn agar siymobiy oʻlsun, gar yashil bir hukmi bor. 
Ey Navoiy, kisvati gar obgundur, ne ajab, 
Bu yaqindurkim, boʻlur suv ichra durri shohvor. 
* * * 
Parim boʻlsa uchub qochsam ulustin to qanotim bor, 
Qanotim kuysa uchmogʻdin, yugursam to hastim bor. 
Chiqib bu dayrdin Isogʻa nevchun hamnafas boʻlmay, 
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish