Ko‘ragon — xonning kuyovi
Amir Temur 1370-yil bahorida Amir Husaynni mag‘lub etgach, uning haramidagi to‘rt xotinini o‘z nikohiga olgan. Ular ichida Qozonxonning qizi go‘zal Saroymulkxonim (Bibixonim) ham bo‘lgan. Shundan so‘ng Amir Temur “Ko‘ragon” (xonning kuyovi) unvonini olgan. 1387-yili Amir Temur Xizr Xo‘jaxonning qizi To‘qal xonim(Kichik xonim)ga uylanib, ikki karra “xonning kuyovi” bo‘lgan.
Rus sharqshunosi A.Y.Yakubovskiy yozganidek: “U vaqtlarda Chingizxon va uning urug‘ining obro‘si shu qadar kuchli bo‘lganki, faqat Chingizxon urug‘iga mansub kishi xon bo‘la oladi degan va turmushda qat’iy o‘rnashib qolgan tasavvurga qarshi chiqishga jur’at etuvchi biror kishi topilmagan. XIII–XIV asrlardagi kishilarning siyosiy ongida bu tasavvurning naqadar mustahkam o‘rnashib qolganligini shu narsadan bilish mumkinki, mashhur Temur “xon” unvonini olmay o‘zini amir deb yuritgan va o‘zining “go‘rgon” (kuyov) deb atalishi va shunday qilib, Chingizxonga qavm-qarindosh hisoblanishi bilan faxrlangan”.
Chingizxon xonadoniga mansub malikalarga uylangan shaxslarga beriladigan unvon “ko‘ragon” Turkistonda mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng iste’molga kirgan. Amir Temur va temuriylar davrida bu unvon kishilar ismiga qo‘shib aytilgan. Masalan, Amir Temur Ko‘ragon, Ulug‘bek Ko‘ragon va boshqalar. Shuningdek, temuriylar zarb etgan tangalarda ham “Ko‘ragon” unvoni bitilgan. Ko‘ragon unvoniga ega bo‘lgan amirlar katta imtiyozlarga ega bo‘lishgan. (O‘zME, 7-j., 2003).
Roman, qissa, doston janrlarida oshiq- bo’lajak kuyov timsollaridagi qiyosiy o’xshashliklar
Bu janrlar doirasida «oshiq», «ma’shuqa», «raqib» uchligini birlashtirib turadi- gan yagona jihat ayni tizimning umumiylikdan xususiy- likka, umuminsoniylik yoki milliylikdan individuallikka tomon og‘ishidir. Sharq va G‘arb adabiyotida ulkan zamon va makon ko‘lamini ishg‘ol etadigan bu janrlar ilohiy, umu- minsoniy, milliy muammo (maqsad, dard, intilish)larni tom ma’noda xoslashtirdi. Bu janrlar doirasiga kirgan oshiq – o‘z jufti talabidagi insonni, ma’shuqa – ayni juftning o‘zini, ra- qib – juftlik orasiga tushgan boshqa bir talabgorni bildiradi. Bunga misol tariqasida «Tohir va Zuhra», «Oshiq G‘arib va Shoxsanam», «Bahrom va Gulandom» tipidagi dostonlarni,
«Siyovush va Sudoba», «Yusuf va Zulayho» singari qissalarni,
«Levkippa va Klitafont», «Armeniy va Tusenilda», «Tristan va Izolda» tipidagi romanlarni ko‘rsatish mumkin (bun- da odamning maishiy, moddiy, jismoniy ehtiyojlari yuzaga chiqadi).
Oshiq – ma’shuqa – raqib obrazlar tizimi o‘zak-mohiyatida ishqning uch bosqichi turishi adabiyot tarixida ilk bor «Xam- sa» janri misolida universal ko‘lamda o‘rtaga qo‘yildi. Shu nuqtayi nazardan «Xamsa»dagi obraz tushunchasi, obrazlar tizimi mohiyatini belgilovchi asos ishq fenomeni hisoblana- di. Bir yoki bir necha obraz tabiati, ichki semantikasi, maqomi (darajasi), xususan, xronotopik shakli va ko‘lamini bevosita ishq belgilaydi.
Sharq va o‘zbek mumtoz adabiyoti, islom tasavvufiy tim- sollar nazariyasiga oid manbalarda oshiq ishqning, ishq esa oshiqning fenomenal manbasi, quvvat zahirasi ekani qayd etiladi. Oshiqning mohiyati u hosil etgan ishq maqomi bilan belgilanadi. Oshiq atrofidagi barcha shaxs, narsa va hodi- salar u erishgan maqom xronotopi doirasida mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |