QarDUPI O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi
1-bosqich magistranti Yoqubova Zulayhoning
Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti muammolari
fanidan tayyorlagan
Mavzu: ,Lison ut-tayr” dostonidan hikoyat tahlili.
Bajardi: Yoqubova Z
Tekshirdi: Muhiddinova N.
Mavzu: ,,Lison ut-tayr” dostonidan hikoyat tahlili.
Reja:
1.,,Lison ut-tayr” dostoni hikoyalari haqida
2. Ishq vodiysi hikoyasi ta’rifi
3. Ishq vodiysi hikoyasi bilan bog’liq hikoyatlar
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodida ishq mavzusi muhim o’rin
egallaydi. Ishqu muhabbatni yuksak pardalarda kuylash bobida turkiy ijodkorlar ichida
Navoiyning oldiga tushadigan zot yo`q. Ona tilida bitilgan 2 ming 600 g’azalining
aksariyati ishqiy mavzuda ekanini eslashning o`zi kifoya. “Farhodu Shirin”, “Laylovu
Majnun”, “Sab`ai sayyora” dostonlaridagi ishq vasfining o`zi bir olam talqinlarni
keltirib chiqaradi.
«Lison ut-tayr» dostonidagi bir bayt navoiyshunoslikda bevosita shoirniig
shaxsiy hayotiga bog’lab talqin qilindi. Bu qo`shmisrada Navoiy o`z ishqini
sharh aylaydigan bir doston yozish niyati borligini aytgan:
Bir necha kun umrdin topsam amon,
Sharhi ishqim nazm etay bir doston
Baytdagi «ishqim» so`ziga uchib, ayrimlar Navoiy ham qay bir qizni
sevgan, bu haqda o`z tarjimai holi bilan borliq doston yozmoqchi bo`lgan,
biroq, uning bu orzusi ushalmay qolgan, degan xulosani ilgari surdilar. Bu fikr
fanda qat`iylashdi. Uni hozircha hech kim rad etgan emas. Chindan ham, shoir
«ishqim» deganda nimani ko`zda tutgan edi? Navoiyning ma`shuqasi kim?
Masalaga «Lison ut-tayr»ning o`zidan kelib chiqib yondoshsak, ayon bo`ladiki,
Navoiy «ishqim» deganda biz tushungan ma`nodagi oddiy sevgini, ya`ni
o`ziring biron qizga muhabbatini emas, aksincha, ma`naviy, ya`ni keng
ma`nodagi ishqni, yanada aniqroq qilib aytsak, haqqa — tangriga ishqini ko`zda
tutgan. zotan, Navoiy falsafasiga ko`ra, ishqning xaqiqiysi — xudoga muhabbat
ekani bugun ko`pchilikka sir emas.
Keltirilgan baytda oydinlashtirilishi lozim yana bir nozik masala bor.
Ma`lumki, «Lison ut-tayr»ni shoir umrining so`nggi yillarida — 58-59
yoshlarida yozdi. Uning nega o`z ishqini sharh etadigan doston bitish uchun
umrdan bir necha yil emas, atigi «bir necha kun» omonlik tilagani ham shu bilan
izohlanadi: U boshlab qo`ygan dostoni — «Lison ut-tayr»ni nihoyasiga etkazish
ilinji bilan Ollohdan «bir necha kun» so`ragan. Bu bayt SHayx San`on haqidagi
hikoyatning so`ngrog’ida rubobiy chekinish tarzida aytilgan.
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida qushlarning Simurg’ni izlashi bilan
bog’liq voqealar zaminida insonning ma’naviy kamoloti, uning nafs iskanjalaridan
forig’ bo`la borib komillik rutbasiga erishishi masalasi badiiy talqin etiladi. Shoirning
dostondagi adabiy niyati qushlarning yetti vodiyni bosib o`tish tasvirlarida ayon
bo`lishi bilan bir qatorda dostondagi bu vodiylar talqinigacha bo`lgan lavhalar ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalaning ana shu jihatini inobatga olgan holda biz
ushbu lavhalarga ham e’tibor qaratishni lozim topdik. “Lisonut tayr” 193 kichik
bobdan tarkib topgan bo`lib, dostonning 13 bobi an’anaviy muqaddimani tashkil etadi.
Unda hamd, munojot, na’t, chahoryorlar: Abu Bakr Siddiq , Umari Foruq, Usmon
Zunnurayn, Hazrati Aliga bag’ishlov va hikoyatlar hamda Shayx Fariduddin Attor
madhiga o`rin berilgan. Asarning asosiy voqealar tizimi 14-bobdan boshlanadi.
Hudhud qushlarni ishq sirlaridan voqif qildi. U vasl va hijron haqida so`zladi.
Qushlarga o`zlarining hijronda qolganliklari malol kelib, ular vasl haqida shirin
xayolga berildilar, Qanotli jonivorlar bu yo’lda qanchalik mashaqqat-u azob bo`lmasin,
barchasiga bardosh berib shoh oldiga borishga qaror qilishdi. Qushlar keng samo uzra
parvoz qilib ulug’ maqsad yo’lida qanot qoqa boshlaydilar. Bir necha kun ko`kda katta
jamoani tashkil etib ko`ngildagi ezgu niyatga etish ilinji bilan harakatlanayotgan
qushlar bir sahrodan uchib o`tishadi. Yo’lda juda ko`p qiyinchiliklar ranj-u alamlar
ularga yuzlanadi. Odatiy hayot tarzining o`zgarishi qushlarni toliqtiradi. Ular o`zlari
nochor ahvolda ekanliklarini Hudhudga bildiradilar. Hudhud qushlarni to`plab bir
vodiyga qo`nadi va ularning arz-dodlarini tinglaydi.
Hudhud asl manzilga etish uchun yetti vodiy: talab, ishq, ma’rifat, istig’no
(ehtiyojsizlik), tavhid (birlik), hayrat va faqr-u fano (faqirlik va yo’qlik)ni bosib o`tish
lozimligini bayon etadi. Har bir vodiy haqidagi Hudhudning mulohazalari hamda
ularni quvvatlantirish uchun keltirgan ibratli hikoyatlar qushlarni doimo ruhlantirib
turadi. Oqibatda ulardan o`ttiztasi etti vodiydan o`tib Simurg’ manziliga yetadi.
Qushlar Simurg’ jamolini ko`rsatib o`zlarini foniylikdan boqiylikka erishtiradi, degan
xayol bilan yo’lga chiqishgan edilar, biroq ular yetib kelganda, manzillarining qay
tomoniga boqishmasin, unda o`zlarining akslarini ko`ra boshladilar:
“Lison ut-tayr”ning 151-bobida ishq vodiysining sifatlari keltiriladi. Ulug’ shoir
uning dastlabki baytlarida talab vodiysidan keyin ishq vodiysi qadam qo`yilishini
bayon qilib, ishqning ta`rifiga e’tiborni qaratadi. Ishq mash’alini gitifuro`z – olamni
yondiruvchi deya ta’riflagan shoir bu bilan kifoyalanmay, uni mah’alga emas, ofoqso`z
– olamni kuydiruvchi shu’lasi qiyoslashni ma’qul ko`radi. Ishq insonga xos bo`lgan
fazilat bo`lgani bois ijodkor unda kuyishi lozim bo`lgan inson haqida badiiy
mushohada yurita boshlaydi. SHoir ishq aro dilxun – yuragi qon bo`lmagan kishini
o`tqa loyiq samandar bo`lolmaganini ham ifodalaydi. Ma’lumki, samandar qushi o`tda
kuymaslik xususiyatiga ega. SHu bois ishq talqinida bu timsolga yana murojaat etiladi:
Ishq aro pok-u qalandarlik kerak,
Shu’la bahrinda samandarlik kerak [13, 218].
Ushbu misralar ishq bilan bog’liq ko`p narsaga aniqlik kiritishi bilan ahamiyatli.
Bizga ma’lumki, qalandarlar poklikni shior qilib olib, nafs iskanjalaridan tamomila
qutulgan Allohsevar kishilar sifatida namoyon bo`ladi. Samandar esa, yuqorida
ta’kidlanganidek, otashda yonmaydigan qushdir. Ishq otash sifatida talqin qilinarkan,
qalandar singari poklikni shior qilgan oshiq samandar yanglig’ uning o`rtashlariga
sabot bilan chidamog’i lozim. Aks holda u chinakam oshiq sanalmaydi hamda
maqsadiga erisholmaydi. Ulug’ shoir ana shu mantiqdan kelib chiqib, bir necha
tamsillarga o`quvchi e’tiborini qaratadi. Devona oshiq ishi kuymakni taqozo qilar ekan,
u go`yo parvona shu’laga kuygani yanglig’ ish tutmog’i kerak. Kapalak gullar uzra
jilva qilar ekan, bolalarga husn-u zeboligini ko`z-ko`z qilishdan nariga o`tmaydi. Unda
devonadek pashmin kisvati – jun matodan tikilgan kiyim kiygani ko`zga tashlanmaydi
yoinki u shu’laga o`zini parvonadek urmaydi. Kapalakning turli xil rangi va holi
bo`lsa-da, uning so`z-u holi parvonanikidek bo`lolmaydi. To azaldan ishq aro kul
bo`lmagan barcha qushning nomi bulbul bo`lmaydi. Ishq ichra kuymagan ishqboz
sanalmaganidek, jongudoz – jonni qiynamagan ham oshiq emasdir. SHundan so`ng
shoir chinakam oshiqqa xos ta’rifni keltiradi:
Ishq ahli ishq otashida o`rtanmak bilan shodlanadi, biroq buni o`rganish bilan kasb
etib bo`lmaydi. Bu bilan shoir ishq hissiy bilim ekanligiga diqqatni qaratadi. Shundan
so`ng ishq elining o`ti – uyni kuydiruvchi, vayronani yoquvchi ajdar damiga
o`xshashligi, oshiqning otashgohdan chiqadigan duddek oh chekishdan ozod emasligi,
ishqdan chiqqan shu’la olamni o`rtashi kabi tasvirlar keltiriladi. Bu kabi tasvirlar
nihoyasiga yetgach, Haj sari yo`l olgan kishi haqidagi hikoyat keltiriladi.
Bir qudratli podsho o'tgan edi. Uning xazina va boyliklari askarlari kabi son-
sanoqsiz edi. Bu shohning bir zebo o'g'li bor bo'lib, uning go'zalligi oldida hatto
Yusuf ham qui bo'larli darajada edi. Sharq quyoshi uning husnidan sharmanda
bo'lgani uchun oyog'i ostiga bosh qo'yardi. Sarv uning navnihol qaddiga soya kabi,
oy esa uning yuzi quyoshiga bezak bo'lgudek edi. U ham quyoshdek husn bilan
olamni zabt qiluvchi, ham oy kabi chehra bilan osmon baxtida jilvalanuvchi shoh
edi. Ko'zi har boqishda olamni buzar, ishq ahliga o'zga olam ko'rguzar edi. Agar la'li
so'z boshlasa, jon olar, tabassum qilsa, jon kirgizardi.
Butun olam unga oshiqu shaydo bo'lgan, agar u qatl etmoqchi bo'lsa ham
kishilar bundan g'am chekishmas edi. Kofir va mast ko'zi din va imon ahliga doim
qirg'in keltirar edi. Chaqmoqdek uchqur otini har tomonga choptirar, bu chaqin
bilan jahonni kuydirardi. Olam ahli unga maftunu shaydo bo'lgan, lekin u kishilarga
haddan ortiq nozu istig'nolar qilar edi. U xalq sari ko'zining uchi bilan bir qiyo boqsa,
zulmi tig'idan tuman ming kishining qoni oqardi. Jahon elining o'lmog'iga u
parvo qilmas, balki zulmu istig'no bilan darhol qatl qilib qo'ya qolardi. Uning
ko'chasiga borishdan hatto shamol ham jon hovuchlar, u tomonga esmoqdan joniga
qo'rquv tushar edi. Shamol uning gulshaniga esa olmagani sababli u yerdagj
gulbarglar gullardan tanbeh olardi.
Bir kuni u sahro kengliklarini aylanib qaytish uchun ot surdi. Dasht uzra
yuz tuman majnun zor yotar, ularning barchasi uning ishqi shiddatidan beqaror edi.
Lekin uning yuziga boqish uchun ularda imkon yo'q, u tomonga qarashdan ular
bahramand bo'la olmas edilar. Hamma yaxshi-yomon uning vasliga erishmoqni
istar, lekin bunga yetishmoq mumkin emas edi. Nogahon saodatli shahzoda sahroda
turgan elga nazar soldi. Ko'zi ular orasidagi ishq zanjiriga mubtalo bo'lgan ikki xasta
oshiqi zorga tushdi. Shahzoda o'z mulozimlariga buyruq qilib, bu ikki
devonasifatni huzurimga olib keling, dedi. Ular ikki mubtaloni ushlab, podsho qasri
tomon ot soldilar. Shoh ulardan birini zindonga mahbus qilib, ikkinchisini o'ziga
itboqarlik xizmatiga tayinladi. Unisi zindonda yotgan bandilar bilan hammakon
bo'lsa, bunisi zanjirlangan itlarga giriftor bo'ldi. Ular shu qiyin ahvolda bir
qancha vaqt o'tkazib, kulfat tortdilar.
Bir dardmand kishi ularning biridan:
- Azob-uqubat ichra sizning holingiz qanday kechmoqda? — deb so'radi.
U dedi:
- Shu ham azob bo'ldimi? Turgan-bitgani rohat-ku! Mashaqqat chekish qayoqda
deysan? Ishqidan ko'nglim to'lgan holda uning ko'chasida it bo'lishga ham rozi edim.
Garchi men uning itlariga xizmatkor esam-da, uning itlariga boshliqman.
Unisi dedi:
- Uning ishqi ko'nglimga zo'r kelib, bundan agar mening turar joyim go'r bo'lsa ham
rozi edim. Garchi hozir zindonda kishanlangan holda yotgan bo'lsam ham, lekin
uning vaslidan ko'nglim umidvor.
Oy chehrali shoh ularning bu so'zlarini pana joydan rurib eshitmoqda edi. Ular shu
tarzda o'z istaklariga sodiq va ishq yo'siniga muvofiq edilar. Bu so'zlarni eshitgan
quyosh kabi shoh cheksiz xursand bo'lib, bu so'zlar uning ko'ngliga bag'oyat xush
yoqdi. Ularga katta ixlos ko'rsatib, ikkalasini o'zining eng yaqin mahramlariga
aylantirdi. Ular o'z talablarida sadoqatli bo'lganliklari uchun oqibatda ana shunday
samaraga erishdilar. Talab vodiysini tamom qilganingdan so'ng Ishq vodiysiga
qadam qo'yasan. Ishq so'nmas bir mash'aldir. Uni mash'al dema, butun
olamni yondiruvchi shu'la degil. Ishqqa har kim munosib bo'lavermaydi.
Samandardan bo'lak qaysi jonzot o't ichida yura oladi? Ishq aro botirlik va
qalandarlik lozim, shu'la dengizida samandar bo'lmoqlik kerak. Shu'la ichra
kuyayotgan parvona kabi oshiqu devonaning ishi kuymoqlikdan iboratdir. Donolikni
ra'nolarning ishi deb aytma, parvona bo'la olishga kapalakning haddi
sig'maydi. Kapalak yosh bolalarga o'z husni va zeboligini ko'rsatib, gullar uzra jilva
qilib uchib yuradi. Ammo uning qo'lidan janda kiygan devonaning ishini qilish
kelmaydi. U parvona kabi shu'laga o'zini ura olarmidi?! Garchi kapalak o'zining
turli rang va xollari bilan ko'zga chiroyli ko'rinsa-da, u parvona kabi yonib kuya
olmaydi.
Azaldan ishq aro kul bo'lmagan har bir qushning otini bulbul deb bo'ladimi?
Ishq ichra kuyib-yonmaganni ishqqa berilgan dema! Kim jonini ildo qilmas ekan,
uni oshiq deb sanama! Ishq ahli o'rtanib yonish bilan o'zini shod etadi, bu ishni
o'rtanish bilan egallab bo'lmaydi. Ishqqa mubtalo bo'lgan kishi ko'nglidan chiqqan o't
vayronani yondirib yuboruvchi' ajdar dami kabi qudratlidir. Oshiqlar ko'ngli o'tli oh
chekishdan begona emas. Axir otashgohdan duddan boshqa yana nima
chiqishi mumkin?! Ishqdan tushgan yolqini butun havoni yondirib yuboruvchi
chaqmoq kabi olamni o'rtab yuboradi. Ishq o'tiga haqiqiy pok oshiq o'rtanadi, uning
bu o'rtanishi go'yo chaqmoq tushgan xirmonga o'xshaydi. Sen oshiq ko'nglini
otashzada deb aytma, balki uni ishq ana shunday otashkadaga aylantirgan. Kishi agar
otashkada ichiga tushsa, u yerda o'rtanmasdan boshqa iloji yo'q.
Kimki ishq aro o'tga aylansa, ajablanmang, chunki o'tga nimaiki tushsa, u ham
o't bo'lib yonadi. Ishq bir o't kabi uning vujudini chulg'ab oladi, negaki, olov
atrofida aylangan kishi o'rtanmay qolmaydi. Ishq bilan o'ynashib
bo'lmaydi.Jismingga o't tushsa, u seni quyundek sargardon qiladi. Ishq aro faqat
o'rtanib yonish lozim, o't aro kuymasdan o'zga chora yo'q. Ishq osmonidan qaysi
yoqqa chaqin tushsa, u shu ondayoq jonni shu'la selobiga g'arq qilib yuboradi. Ishq
chaqmog'i xonumonni kuydirib yuboradi, xonumon nima degan gap, butun jahonga
o't qo'yadi! Oshiq kishining asosiy ishi jon tark etish deb bilgil. Yor uchun oimoqni
o'zing uchun arzimas ish deb anglagil. Asma'iy (arab tilshunos olimi, 828-v.e.) haj
sari ketayotib, bir manzilda daraxtlar va gullarning o'sib yotganini ko'rdi. Bu
erdagi maysazor va gulzor o'rtasidan bir chashma suv tiriklik suvidan nishona berib,
sharqirab oqib yotar edi. Bu yerdan o'tgan ariq oshiq jonidek pokiza va ravshan
bo'lib, undan oshiqlarning ko'z yoshlari kabi tiniq suvlar oqardi. Asma'iy suv
yoqasida birmuncha vaqt o'tirib, hordiq chiqardi, ko'ngli g'amlardan xalos
bo'ldi. Tab'i shu yerga naqshlanib, chashma boshida xat yozilgan bir toshni ko'rdi.
Unda:
"Ey Hijoz ahli, bu sirning chorasini topsangiz. Agar bir kishi ishqqa mubtalo bo'lib,
ishq uning sabru qarorini olgan bo'lsa, ne qilsin?" deb yozilgan edi.
Asma'iy qo’liga qalam va davot olib, bu xat tagiga shunday deb yozib qo'ydi:
"Kimki, bu halokatli girdobga tushib, undan pok chiqmoqchi bo'lsa, o'zi tushgan
yo'ldan qo'rqmasin".
Asma'iy yuqoridagi savolga shu javobni yozib, bu manzilni tark etdi. Ertasiga yana
shu joyga kelib: xat bitilgan toshga nazar soldi. Qarasa, oldingi kotib o'z qalami
bilan yana quyidagilarni yozib qo'yibdi: "Agar ozurda jon oshiq o'zi pok bo'lsayu
yana ishqini yashirin saqlasa, lekin uning qalbidagi muhabbatning shiddati tez bo'lib,
uning toqati toq bo'lsa hamda vaslga ehtiyoj sezsa, bunday paytda u nima qilsin?
Agar bu ishning ilojini topa olmasa, naylasin?"
Asma'iy bu favqulodda sirni ko'rgach, o'zining sehrli qalami bilan yana shunday deb
yozdi: "Ishq ichra men nasihat qilgan o'sha dardli va notavon kishi bu
nasihatlarimdan o'z maqsadiga erishmagan bo'lsa, o'lsin va ishq o'tidan o'zini xalos
qilsin". Berahm nasihatgo'y bu halokatli javobni yozib, chashma yonidan tezda jo'nab
ketdi. U bir kun boshqa joyda hayallab, ertasiga o'z tuyasini yana o'sha
tomonga haydadi va oshiq javobini bilmoqchi, g'oyibdagi hasratli oshiq yana nima
deb xitob qilganini ko'rmoqchi bo'ldi. Kelsa, umridan voz kechgan, afti-angoridan
zorligi oshkor bo'lgan, rangi-tusidan bemorligi ko'rinib turgan, o'z ahvoli bilan el
ko'nglini buza olgudek ruhsiz bir kishi chashma yonida yotibdi. U ishq ichra
chigallikni yechib, boshini toshga chunon uribdiki, bu zarbadan tosh sinib ketibdi.
Qoni chashma suvini lolagun qilib oqar, suv tomondagi tosh ustidan boshi pastga
tushgancha o'lib yotar edi. Nasihatgo'y bergan o'git tufayli oshiq o'z jonini tark qilib,
uni hijron azobidan qutqargan va ishq aro go'yo o'zidan ketib yotgan ekan.
Asma'iy bu g'aroyib holni ko'rgach, ko'ngliga yuz xil qiynalish nishlari sanchildi.
To'nini yirtib, sallasini yerga urdi, o'z nasihatiga quloq solgan kishi uchun motam
tutdi. U bundan ortiq biror qattiq holatni ko'rmagani tufayli faryod tortib, achchiq-
achchiq
yig'ladi. Bu ish uning ko'nglini g'ash qildi, yerni qazib, o'likni qabrga qo'ydi. Halok
bo'lgan kishi shahid o'lgani sababli uning jismiga o'zining qonli libosi kafan bo'ldi.
Ey Foniy! Ishq ichra foniy bo'lish yo'li ana shunday bo'ladi. Agar sabri toqating
tugagan bo'lsa, xuddi shu kabi jon taslim qil. Bu xil o'lmoqni Alloh
kimga nasib qilsa,
unga yuz tuman jonni fido qilsa ham arziydi.
Ishq vodiysi xususida bildirilgan mulohazalarning tasdig’i uchun keltirilgan
Asma’iy va oshiqi bedil haqidagi hikoyat ishqning kuydiruvchi, jon oluvchilik
jihatlarini to`la namoyon qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatli. Unda As’maiy ishq
o`tiga toqat qilolmagan oshiqqa o`lim topish nasihatini bayon qiladi. Oshiq ham bunga
amal qilib, o`zini o`zini o`ldiradi. Biroq As’maiy qilgan ishidan afsuslanib, u ham
o`zini halok etadi. Shoir ayni holatni yoqlab, xudo bunday baxtni nasib qilganga yuz
minglab jonni fido qilish mumkinligini aytsa-da, bu fikrlar ishq o`tiga bardosh
berolmagan oshiqqa qaratilganligi sezilib turadi. Bunday qiynoqlarga bardosh bergan
oshiq esa, komillik rutbasiga ko`tariladi. Ayni choqda ishqqa mubtalo bo`lgan kishiga
to`g’ri yo’l ko`rsata oladigan ustoz kerakligi ham hikoyat mazmunidan ayonlashib
turadi.
Bu hikoyada xulosa qilib shuni aytish lozimki, Alisher Navoiy “Mantiqut-tayr”
dostonidagi g’oyalarni davom ettiradi, shu bilan birga o`ziga xos talqinlar yaratadi.
Buni “Mahbubul-qulub”da ishqqa berilgan ta`riflar yaqqol ko`rsatadi. Ishq haqidagi
g’oyalar izchillik bilan davom ettirilib, “Lisonut-tayr”da Alisher Navoiy ishq talqini
masalasiga yana qaytadi. Dostondagi etti vodiy talqinida axloqiy-ta’limiy, falsafiy,
ilohiy-irfoniy masalalar haqida fikr yuritar ekan, barchasini ishq talqiniga bog’lab
tasvirlaydi. SHu bois Ishq vodiysining doston kompozitsiyasidagi o`rni muhimdir.
Aytish mumkinki, dostonning asosiy mohiyatini ham ishq tashkil etadi.
Foydalanilgan adaviyotlar
1.
Alisher Navoiy Lison ut-tayr .Mukammal asarlar to’plami.
2.
Komilov N. Tasavvuf. Birinchi. ,, Yozuvchi”
3.
Navoiy asarlari uchun qisqacha lug’at. Hasanov B. Toshkent ,,Fan”
Internet saytlari
1.
kh-davron.uz
2.
forum.ziyouz.com
3.
hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |