Qambar Ota (1941 yilda tug’ilgan)


    Kalamush,          «Temir» deb



Download 56,55 Kb.
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi56,55 Kb.
#283045
1   2   3   4
Bog'liq
КАМБАР ОТА


116 
 
Kalamush, 
 
 
 
 
«Temir» deb, 
 
        Savoding sal 
 
 
 
Sen yozibsan 
CHalamish. 
 
 
 
 
«Kemir!» deb. 
Yoki «G’alati maktublar» turkumidagi «Osmachiroqning Oymomoga yozgan xati»ga nazar 
tashlaylik: 
To’lishibsiz, Oymomo, 
 
 
Men ham yordam qilarman 
Kirib olib darmonga.   
 
Nochor qolgan chog’ingiz. 
SHisham sindi... 
 
 
 
Omon bo’ling, 
Buguncha —   
 
 
           Baxtimga 
CHiqib turing osmonga. 
 
 
Tugamasin yog’ingiz. 
Ketmon traktorni o’ziga qiyoslagandek, kerosinda yoqiladigan osmachiroq ham oymomoni 
o’ziga  taqqoslab,  yog’i  bevaqt  tugab  qolmay,  doimo  charaqlab  turaverishini  tilaydi.  Bularga 
o’xshash  she’rlarni  yozish  uchun  nechog’li  yuksak  iste’dod  kerakligini,  bunday  pishiq,  tagdor, 
mag’zi to’q, aksariyati sof milliy tuyg’ularga yo’g’rilgan she’rlar boshqa tillarga tarjima qilinsa, 
qanday baho olishligi, bu hol millatimizga qanchalar g’urur bag’ishlashi mumkinligini sharhlab 
o’tirish ortiqcha. 
Anvar  Obidjonning  she’riy  dostonlari  ham  talaygina.  «Odil  Burgutshoh  va  «Zamburug’»  
laqabli josus haqida ertak»da  agar  yurt ichidagi  odamlar ahil bo’lib, hushyor bo’lib  yashamasa, 
tashqi  g’animlar  har  qanday  qudratli  va  obod  o’lkani  ham  hiyla-nayranglar  bilan 
kuchsizlantirishi,  vayron  qilishi  mumkinligi  to’g’risida  so’z  boradi.  «O’g’irlangan  pahlavon 
haqida  ertak»  esa  bir  qarashda,  asosan,  bosqinchilikni  qoralagandek  tuyulsa-da,  bunda  eng 
asosiysi millatning tili masalasidir. Dostonda go’dakligida boshqa yurtga o’g’irlab ketilgan bola 
tengsiz  pahlavon  bo’lib  ulg’aygach,  bosqinchilarga  qo’shilib  o’z  xalqiga  qarshi  jang  qilgani, 
hatto  o’z  onasi  bilan  olishib,  onaning  tilini  tushunmagani  bois,  halok  bo’lishiga  sal  qolgani 
hikoya qilinadi.  
Necha  yillar  yig’lab-yig’lab,  sog’inib  yurgan  farzandini  bilmay  o’ldirib  qo’yishdek 
fqjiadan  bolaning  yelkasidagi  tanish  tamg’a  tufayligina  saqlanib  qolgan  ona  falakka  shunday 
iltijo qiladi: 
—  Hech bandani,  
     Ey, Tangrim,  
     Judo qilma elidan.  
 
   Farzandlarni onadan  
     Hamda ona tilidan! 
Bu  doston  1986-yilda  chiqqan  «Masxaraboz  bola»  nomli  kitobda,  o’zbek  tili  davlat  tili 
bo’lmagani  uchun  rasmiy  doiralarda  nufuzini  tamoman  yo’qotib,  turli  tahqirlashlarga  uchrab 
turgan  bir  zamonda  e’lon  qilinganini  nazarda  tutsak,  bu  chinakam  jasorat  edi.  Bunday  asarlar 
rasmiy  doiradagilarning  qattiq  jig’iga tegishi  tabiiy hol  edi.  Anvar  Obidjon  asarlari o’quvchilar 
orasida mashhur bo’lishiga qaramay, muallif  Mustaqillikdan ilgari unvon, nishon u yoqda tursin, 
hatto biron-bir oddiy adabiy mukofot bilan ham taqdirlanmaganining boisi balki shundadir. 
Anvar  Obidjon  ijodi  haqida  yozgan  munaqqidlarning  bir  qanchasi  uning  o’ta 
kurashuvchanligi,  qaramlikdan  qutulishga,  erkinlikka  intilishga  da’vat  mavzusini  bolalar 
adabiyotiga  dangal  olib  kirganini  alohida  ta’kidlab  kelishadi.  Garchi  Anvar  Obidjonning  o’zi, 
istibdodga  nafrat  mavzusini  «O’ychan  ko’zlar  egasi»,  «Bizda»  singari  she’rlari  bilan  Miraziz 
A’zam  60-yillardayoq  bolalar  adabiyotiga  olib  kirgan,  deya  yuqoridagi  fikrlarini  inkor  etishga 
urinsa-da, bu masalaga xolislik va adolat bilan yondashib aytish joizki, munaqqidlar baribir haq. 
Qaramlik  bois  millatimiz boshiga  tushgan  ko’rgiliklarni  bolalar  adiblaridan  ba’zilari  ilgari ham 
onda-sonda  sha’ma  qilib  o’tishgan,  Anvar  Obidjon  esa  bu  mavzuga  keng  ko’lamda  yondashdi, 
talay  she’rlarida,  dos-tonlarida,  hikoyalarida,  ayniqsa,  «Alamazon  va  uning  piyodalari», 
«Dahshatli  Meshpolvon»  qissalarida,  «Qo’ng’iroqli  yolg’onchi»  pesasida  bosqinchilikni  o’z 
nomi  bilan  atab,  o’z  millati  bolalarini  kishanlardan  xalos  bo’lishga  tinmay  da’vat  etadi, 
muntazam ravishda kurashadi. 



117 
 
Anvar  Obidjon  nihoyatda  serqirra  ijodkor:  nazmda,  nasrda,  dramaturgiyada  birdek  ijod 
qiladi.  Publisistika  va  adabiyotshunoslikda  ham  o’z  o’rniga  ega.  Kattalar  uchun  ham  turli 
janrlarda asarlar yaratgan. Ayniqsa, Gulmat SHoshiy tilidan yozgan g’azallari, oddiy kishilarning 
tiliga  yaqinligi  bilan  ajralib  turuvchi  o’ta  quvnoq  va  tagdor  hajviyalari,  «Oltiariq  hangomalari» 
turkumi  tilga  tushgan.  Munaqqidlarimiz  hajvchilikda  uni  Abdulla  Qodiriy,  Abdulla  Qahhor, 
G’afur  G’ulom,  Said  Ahmad  an’analarining  davomchisi  sifatida  baholashadi.  SHundan  kelib 
chiqib  aytilsa,  munaqqidlar  Anvar  Obidjon  ijodi  haqida  talay  maqolalar  yozganiga  qaramay, 
uning asarlari har bir janr bo’yicha yanada chuqur tadqiqotlarini kutmoqda. 
Bolalarning  sevimli  yozuvchisi,  asarlari  jahondagi  o’nlab  xalqlar  tiliga  tarjima  qilingan 
dovruqli  adib  Xudoyberdi  To’xtaboevning  so’zlari  Anvar  Obidjon  har  tomonlama  keng 
o’rganilishga  arziydigan  ijodkor  ekanini  tasdiqlaydi.  «Polosonlik  Anvar  Obidjon»  nomli 
maqolada («Xalq so’zi», 2006-yil 20-may) X. To’xtaboev shunday yozadi: «Mark Tven, aka-uka 
Grimmmlar, SHarl Perro, Janni Rodari singari jahonshumul  yozuvchilarni o’qiganda... ularning 
o’ziga  xosligi,  adabiyotga  hech  kim  aytolmagan  gaplarini  aytib  kirib  kelganligini  o’ylab,  «Yo, 
Xudo,  bizga  ham  ana  shunday  yozuvchilardan  bersang  edi»,  deb  ich-ichimdan  orzu  qilgan 
paytlarim  ham  ko’p  bo’lgan.  Ana  shunday  ijodkorni  Alloh  bizga  polosonlik  Anvar  Obidjon 
qiyofasida berganga o’xshaydi». 
Etuk  ustozlarning  mehrini  qozongan  Anvar  Obidjon  yurtimiz  mustaqillikka  erishgach, 
nihoyat  o’zining  munosib  bahosini  oldi.  U  1987-yilda  hukumatimiz  tomonidan  «SHuhrat» 
medali bilan taqdirlandi, 1988-yilda O’zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo’ldi. 
  
Anvar  Obidjonning  bolalarga  atalgan  «Qo’ng’iroqli  yolg’onchi»  nomli  birinchi  pesasi 
1983-yilda  Respublika  yosh  tomoshabinlar  teatrida  sahnalashtirilgan.  Keyinchalik  mazkur 
teatrda  va  Farg’ona,  Guliston,  Qarshi,  Qo’qon  teatrlarida  uning  «Pahlavonning  o’g’irlanishi», 
«Topsang,  hay-hay»,  «To’tiqul»,  «Samozvanes»,  «Qorinbotir»,  «Alamazon»,  «Navro’z  va 
Boychechak»  kabi  pesalari  namoyish  etildi.  «O’zbekfilm»  kinostudiyasida  uning  ssenariylari 
asosida «Tilsimoy — g’aroyib qizaloq», «Dahshatli Meshpolvon» kinolari suratga olingan. 
 



Download 56,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish