Qambar Ota (1941 yilda tug’ilgan)



Download 56,55 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi56,55 Kb.
#283045
  1   2   3   4
Bog'liq
КАМБАР ОТА




Qambar Ota 
(1941 yilda tug’ilgan) 
Bolalarning  sevikli    shoirlaridan  biri    Qambar  Ota  1941  yilda    Kattaqo’rg’on  shahrida 
tavallud topdi.  2-o’rta maktabda o’qidi. O’quvchilik davridan she’rlar mashq qila boshladi.  
U  1958-1967  yillar  shahardagi    Suv  xo’jaligi    texnikumida    so’ngra    Alisher  Navoiy 
nomidagi Samarqand Davlat universiteti  o’zbek  filologiyasi fakultetida o’qidi.  
1970-1974-yillarda turli oliy o’quv yurtlarida muallimlik qildi. 
Qambar  Otaning  kichkintoylar  hayotidan  olib  yozgan  turli  she’riy  mashqlari    tuman, 
viloyat, hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida tez-tez bosilib turdi. 
1975-yilda    oilasi  bilan  Toshkentga  ko’chib  kelib  G’afur  G’ulom  nomli  adabiyot  va 
san’at  nashriyoti,    “O’zbekiston  agitatori”  jurnali,  “Xalq  so’zi”,    “Ma’rifat”  gazetalarida,  
O’zbeiston istiqbolini belgilash Davlat qo’mitasida  turli lavozimlarda ishlash bilan birga qizg’in 
va samarali badiiy ijod qilish bilan mashg’ul bo’ladi. 
Kichkintoylarning  katta  shoiri    tinimsiz  o’z  ustida  tinimsiz  ishlar,  mashq  qilar,  Zafar 
Diyor,  Quddus  Muhammadiy,  Qudrat  Hikmatdek  zabardast  bolalar  ijodkorlarining    she’rlarini 
o’qir,  xulosalar  chiqarar,    yosh  kitobxonlar  davrasida  bo’lar,    yozuvchilar  tomonidan 
uyushtirilayotgan    adabiy-badiiy  yig’inlarda    ishtirok  etar  edi.    Bunday  intilish  va  harakatlar  
shoir ijodida o’z samarasini berdi.  Natijada  “Vatan tuprog’i”, “Yuzlar”, “Diydor”, “Dil ko’rki”, 
“CHavandoz orzusi”, “Tinim bilmas shamolvoy”, “Quyoshli dunyo”, “Sizday yashagim kelar”, 
“SHirin  so’z”,  “Bolalarning  ko’zlari”,  “Quyosh  bilan  gaplashdim”,  “Mashhur  Toshpolvon 
haqida  ertak”,  “Tinmay  izlan,  yuragim”  kabi  bolalar  va  kattalarga  atalgan  30ga  yaqin  she’riy 
kitoblar  chop etilgan.   Respublikamizning iqtidorli bolalariga ustozlik qilib, adabiy to’garaklar 
olib borgan.  
Qambar Ota bir necha o’nlab jahon bolalar shoirlari ijodidan sara tarjimalar qilgan  va o’z 
navbatida  uning  she’rlaridan  rus,  belorus,  qozoq,  qoraqalpoq,  turkman,  tojik,  uyg’ur,  turk 
tillariga  namunalar tarjima qilingan.  
SHoir  Qambar  Otaning  ijodi  ayniqsa  bog’cha  bolalari,  maktab  o’quvchilari  diliga  yaqin 
bo’lganligi uchun 80-yillar boshidanoq  bog’cha tarbiyachilari  uchun metodik qo’llanmalar va 
maktab darsliklariga  ko’plab asarlari kiritilib boshlaganligi bolalar orasila uning keng tanilishiga 
sabab bo’ldi.  
Mamlakatimizda  Istiqlolini  shoir  katta  quvonch  bilan  kutib  oldi.  Bu  tarixiy  xushxabar 
to’g’risida    bor  ovoz  bilan  “Istiqlol”  nomli  she’rini  yozdi.    SHe’rda  shoirning  jarangli  ovozi 
kitobxon bolalarning sho’x-shodonligi, quvonchi bilan qo’shilib ketadi: 
Sen kelgansan yurtimga, 
Sen kelgansan baxtimga. 
Aylanasan ahdimga, 
Istiqlol! 
G’olib bo’lay o’qishda, G’olib bo’lay har ishda. 
Yangi bo’lgin turmushda, 
Istiqlol! 
  
Qambar  Otaning  100dan  ortiq  she’rlariga  Respublikamizning  taniqli  bolalar 
kompozitorlari  kuy  bastalashgan.  Bu  qo’shiqlar  notasi  bilan    barcha  bog’chalar,  maktablar, 
bolalar  san’at  dargohlariga  tarqab  ketgan.  U  1999-yili  adabiyotdagi  halol  xizmatlari  uchun 
Prezidentimiz tomonidan ikkinchi darajali  Sog’lom avlod uchun ordeni bilan taqdirlangan. 
SHoirga  ona  tabiatning  o’zi  mavzu  va  ilhom  beradi.  “Oq  bulut,  ko’k  bulut”  she’rida 
yomg’irni  olqishlaydi.    Yomg’ir  qancha  ko’p  yog’sa,  suv  shuncha  serob  bo’lishini,  maysalar 
butun borliq  guldek yashnab, odamlar sog’lom –u  ekin-tekin mo’l-ko’l bo’lishini  ta’kidlaydi. 
SHoir tomchi-yomg’irning har qanday turini ma’qullaydi. 
Jalayu do’l bo’lsang ham 
Qarshilar maysa, yaproq 
Kutadi sel bo’lsang ham, 



Download 56,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish