2 6 5
aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga ahd-
lashildi. 1993- yil 19- martda O‘zbekiston va RF o‘rtasida mada-
niyat, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va
turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni takomillashtirish va rivojlan-
tirishda I. Karimovning 1994-yil mart
oyidagi Rossiya Federatsi-
yasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi muhim o‘rinni egalladi.
I.Karimov bilan B. Yelsin o‘rtasidagi muzokaralar yakunida
1994-yil 2-martda O‘zbekiston Respublikasi
bilan Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish
va chuqurlashtirish to‘g‘risida Deklaratsiya imzolandi. Shu-
ningdek, ikki davlat prezidentlari O‘zbekiston bilan Rossiya
o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘risida,
harbiy sohadagi hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladilar.
Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi V.S.Chernomirdin
1995- yil 26—28- iyul kunlari rasmiy safar bilan O‘zbekistonda
bo‘ldi. Safar chog‘ida quyidagi hujjatlar imzolandi:
•
O‘zbekistan Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi
o‘rtasidagi hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish va kengaytirish
to‘g‘risida memorandum;
•
1996—1997-yillarda iqtisodiy
hamkorlikning asosiy prin-
siplari va yo‘nalishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
•
„Ilyushin“ transnatsional moliya-sanoat qo‘shma guruhini
barpo etish haqida bitim;
•
oliy ta’lim
sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-texnik ham-
korlik, „Supa“ xalqaro radioastronomik abservatoriyasini tashkil
etish, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish
to‘g‘risida
hukumatlararo bitimlar;
•
ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik
dasturi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida
imzolangan hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy,
kommunikatsiya, fan-texnika, madaniy
aloqalarni kengaytirish-
ga xizmat qilmoqda.
V. Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va
O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi.
V.Putin qisqa muddatda O‘zbekistonga ikki marta—1999- yil
10—11- dekabrda va 2000- yil 18—19- may kunlarida davlat
tashrifi bilan keldi. Òashrif davomida ikki mamlakat prezidentlari
va rasmiy delegatsiyalari o‘rtasida
savdo-iqtisodiy aloqalarni
yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik,
xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi
vaziyatni barqarorlashti-
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 6 6
rish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa
masalalar muhokama etildi.
Dekabrdagi uchrashuvda „O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida
harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashti-
rish to‘g‘risida shartnoma“ imzolangan bo‘lsa, may oyidagi
muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida
„O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilmalari
Rossiya Federatsiyasi subyektlari o‘rtasida hamkorlikni
kengaytirish to‘g‘risida bitim“, „Xalqaro avtomobil qatnovi
to‘g‘risida bitim“ imzolandi.
Shu tariqa O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro
manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki
mamlakat o‘rtasida turli maqsadlarga yo‘naltirilgan 150 ta
hujjatlar imzolangan.
Do'stlaringiz bilan baham: