2 4 2
terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan
ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar
o‘rtasida „haqiqiy“ va „soxta“ dindorlik belgilari bo‘yicha qara-
ma-qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom
sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida yangi
qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib
chiqarishga urinmoq-
dalar. Xalqaro terroristlarning O‘zbekiston, AQSH, Rossiya va
boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari
dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
•
„Sovuq urush“ siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi
yadro urushi xavfi kamaygan bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy
qirg‘in qurolining ko‘p miqdorda saqlanayotganligi,yadro
quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib borayotganligi
(Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy
tahdid bo‘lib qolmoqda.
•
Jahon miqyosida atrof-muhitning
ifloslanganligi, nosog‘lom
ekologik vaziyat, jumladan Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik,
biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
•
Òobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jino-
yatchilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sottisi insoniyatni
tashvishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib
turganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab turgan olam g‘oyat
murakkab va muammoli bo‘lib kelgan, hozir ham shunday
bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri,
ijtimoiy taraqqiyot
istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro
maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va
xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto ayrim olingan
mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf
etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi.
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining
g‘oyat darajada o‘sganligi bilan belgilanadi.
Alohida olingan bir
mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini
qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy
hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi.
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan,
O‘zbekiston
Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud
emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu boisdan barcha
mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro alo-
qadadir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 4 3
O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga
qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z
taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay
jug‘rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
•
Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan
Buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan. Bu yerda
savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madani-
yatlar tutashib bir-birini boyitgan.
Bugungi kunda ham Yev-
ropa va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning
o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda.
•
Markaziy Osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jihatdan markaziy
o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va
muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni
mustahkamlash imkoniyatlariga ega. Mintaqa doirasida
manfaatli munosabatlar o‘rnatish imkoniyati O‘zbekiston orqali
ochiladi.
•
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport,
energetika,
suv tizimi markazida joylashgan.
•
Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari
jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan ma’lum darajada ustun
turadi.
•
Òabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo
zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik mada-
niyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir.
•
O‘zbekiston sanoatning
bazaviy va zamonaviy tarmoq-
lariga ega, o‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina
qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
•
Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor,
shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab,
dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazish
salohiyatiga ega.
Jug‘rofiy-siyosiy jihatdan O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘-
diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan:
•
O‘zbekiston o‘zining jug‘rofiy-siyosiy holati jihatidan
kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada
joylashgan. O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi
va Òarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan
yarim halqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan
bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida
ko‘pgina davlatlarning bir-biriga
mos kelmaydigan manfaatlari
o‘zaro to‘qnashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: