Bog'liq O'zbekiston tarixi. Milliy Istiqlol davri (Qamariddin Usmonov)
„Òerrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratil- gan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma“ ni imzoladilar. Bunday
shartnomaning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan ke-
lib chiqqan muhim voqea va oqilona qadam bo‘ldi.
2000- yil 21- iyunda
Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat
boshliqlarining sammitida terrorchilikka qarshi kurash mar-
kazini tuzishga qaror qilindi.
2001- yil iyun oyi boshlarida
Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan
MDH davlat boshliqlarining sammitida jinoyatchilik, terrorchi-
lik va ekstremizmning turli ko‘rinishlariga qarshi birgalikda chora
ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
2001- yil 14—15 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga
a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida terrorchilik, ayirmachi-
lik va ekstremizmga qarshi kurash borasida konvensiya imzolandi.
Afsuski, dunyo hamjamiyati xalqaro terrorizmning real xavfi
to‘g‘risidagi O‘zbekiston da’vatlariga yetarlicha e’tibor bermadi.
2001- yil 11- sentabr kuni