Qaffol ash-shoshiy faqih va


Imperator qahridan qo‘rqmagan olim



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

Imperator qahridan qo‘rqmagan olim
Mavlono Muhammad Qozining “Silsilat al-Orifin” asarida Imom 
Shoshiy haqida qiziq bir rivoyat keltiriladi:
“Ayturlarki, Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol G ‘azo shahriga 
borgan yillaridan birida bag‘ dodliklar tarafida turib, rumliklar bilan 
urushganlar. Bu urushda bag‘dodliklar yengilib, ko‘plari, jumladan, Shayx 
hazratlari ham rumliklarga asir tushgan ekanlar. Asirlarni ko‘zdan 
kechirgan Rum sultoni Hazrati Shayxga qarab shunday debdi:
- Sen bag‘dodliklarga o‘xshamaysan. Rostini ayt qayerliksan?
- Men Shoshda n bo‘laman.
Rum sultoni aytdi:
-Sen mening xatimga ibriy tilida go‘zal javob yozgan kishi 
emasmisan?


Shayx hazratlari aytdilar:
- Xuddi shunday.
Rum sultoni Shayx hazratlariga qarab dedi:
- Tavrotni biz uchun arab tiliga o‘girib ber! Agar bu ishni bajarsa ng, 
seni va boshqa asirlarni ozod qilib, ko‘pgina in’om ham berurman.
Shayx hazratlari aytdilar:
- Juda yaxshi. Faqat shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo‘lgan 
bo‘lsa, o‘sha nusxani menga keltirib ber, uni arab tiliga tarjima qilib 
beraman. Ammo hozir qo‘llaringizda bo‘lgan Tavrot tahrir qilingan 
nusxadir. Bu nusxani esa men arab tiliga tarjima qilmayman.
Rum sultoni bu gaplarni eshitib, darg‘azab bo‘ldi-da, shunday dedi:
- Agar tarjima qilmasang, seni va boshqa asirlarni ham halok qilgum.
Shayx aytdilar:
- Nima xohlasang qil, ammo men Tavrotni Haqdan nozil bo‘lgan 
nusxasinigina arab tiliga tarjima qilurman.
Nihoyat, Rum sultoni ulamo va mamlakat oqsoqollari bilan 
kengashdi. Ular Shayx hazratlarining shartlarini bajarishga rozilik berdi, 
shunday dedilar:
- Mayli, sen aytgan nusxani yetkazurmiz, uni tarjima qilgil, ammo biz 
undagi Muhammadga bag‘ishlangan madhlarga kelganda, ulardan ko‘z 
yumib o‘tarmiz...
Alqissa, shayx hazratlari Alloh taolo inoyatiga shukronalar aytib, 
Tavrotning nozil qilingan nusxasini tezlik bilan arab tiliga o‘girishga 
kirishdilar...
Tavrot arab tiliga o‘girilgach, Rum sultoni Shayx hazratlariga ko‘p 
tuhfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qilibdi va o‘z mamlakatlariga 
jo ‘natibdi”5.
Juda ham ibratli rivoyat. Bu rivoyatni o‘qib, shunday xulosa 
qilishimiz mumkinki, Imom Shoshiy nafaqat zabardast olim, balki ayni
5 H. Sodiqov. Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati. - T.: “ART FLEX”, 2016. 268-269-betlar.


damda qo‘rqmas va mard inson hamdir. Vizantiya imperatori uni o‘lim 
jazosi bilan qo‘rqitishiga qaramay, buyuk bobokalonimiz o‘z hayoti-jonini 
iymonidan ustun qo‘ymadi. Imperatordan ilohiy kalom - Tavrotni faqat 
Janobi Haqdan qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, shunday holida tarjima qilishni 
talab qilaverdi. Bu shubhasiz, o‘sha vaqt va vaziyatda sodir etilgan o‘ziga 
xos jasorat edi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish