Qaffol ash-shoshiy faqih va


Ulug‘ imomning ustozlari va shogirdlari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

Ulug‘ imomning ustozlari va shogirdlari
Qaffol ash-Shoshiyning ustozlariga qarab ham uning bilimi, qanday 
fanlarni o‘rganganligini bilib olishimiz mumkin. Muftiy Ziyovuddinxon 
ibn Eshon Boboxon rahmatullohi alayhining ta’kidlashicha, alloma 
dastlabki ilmni zamonasining mashhur muhaddisi va faqihi Haysam ibn 
Kulayb Shoshiydan olgan. Haysam ibn Kulayb Shoshning o‘sha davrdagi 
eng yirik olimlaridan biri bo‘lgan. Keyinchalik esa Imom Shoshiy yana bir 
mashhur imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn as-Surayjiy (850-918) ga 
shogird bo‘lgan. Har ikki ustozidan fiqh sirlarini o‘zlashtirgan.
Manbalarning ko‘rsatishicha, Qaffol ash-Shoshiyning qonunshu- 
noslik va tarix sohasidagi ustozi mashhur olim at-Tabariy (839-923, hijriy 
224-310 yy.) edi. M a’lum bo‘lishicha, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at- 
Tabariy musulmon Sharq mamlakatlarining eng yirik tarixchisi bo‘lib, ko‘p 
jildlik asarlar muallifi bo‘lgan. U ayni paytda ham faqih, ham mufassir va 
tilshunos bo‘lgan. “Qur’oni Karim bo‘yicha juda ko‘p tafsirla r yozilgan 
bo‘lib, ularning eng mashhuri buyuk tarixchi Muhammad ibn Jarir at- 
Tabariy qalamiga mansub “Tafsiri Tabariy” nomi bilan shuhrat qozongan 
“Jomi’ ul-bayon fi tafsiril-Qur’on”dir”3. Ushbu tafsir 30 jildlik qilib 
yozilgan. Tabariy sunniylik yo‘nalishining yettita fiqhiy mazhablaridan 
biri (Tabariy fiqhiy mazhabi)ning asoschisi sanaladi.
Qaffol ash-Shoshiyning ikkinchi yirik ustozi Abul-Hasan Ali ibn Abu 
Muso al-Ash’ariy (873-941) edi. Bu kishi Sharqda kalomchilar oqimining
3A.Sh.Jo‘zjoniy. “Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va O ‘rta Osiyo faqihlari”. - Toshkent, “TIU” nashriyoti, 
2002. - 89-bet.


asoschisi bo‘lib, bu sohada anchagina asarlar yozgan edi. Al-Ash’ariy 
aslida islom falsafasida mashhur bo‘lgan Ash’ariya aqidaviy mazhabi 
asoschisi sanaladi. Ash’ariya aqidaviy mazhabi ulamolari musulmo nlar 
e’tiqodini, aqidasini to‘g‘irlashda ulkan xizmatlar qilishgan. Usul ul-fiqh 
bilimdonlaridan biri, fiqhning turli fanlarini o‘zida jamlagan “Al-ashboh 
van-nazoir” kitobi muallifi Tojiddin Abu Nasr Abdulvahhob as- 
Subkiyning (tug‘ilgan yili 1327-yil) xabar berishicha, “Qaffol ash-Shoshiy 
olim al-Ash’ariydan kalom ilmini o‘rganar va o‘z navbatida al-Ash’ariy 
undan qonunshunoslik sohasini o‘rganar ekan”. Shubhasiz, ushbu 
ma’lumot bizda shunday xulosa qilishimiz uchun asos bo‘ladiki, alloma 
yosh bo‘lishiga qaramasdan Islom huquqshunosligini tezlik bilan 
o‘zlashtirgan va hatto, o‘z ustozlariga ham fiqh bo‘yicha dars bera oladigan 
darajaga erishgan. Shubhasiz, bu barchamiz uchun ibrat namunasidir. Shu 
o‘rinda qayd etishimiz lozimki, Abul-Hasan Ali ibn Abu Muso al- 
Ash’ariyning yosh Qaffol Shoshiyning bilimi, aql-zakovati va fiqh ilmidagi 
yutuqlarini e’tirof etganligi, o‘zi ustoz bo‘lishiga qaramay undan 
huquqshunoslikni o‘rganishi uning chinakam buyuk ustoz bo‘lganligiga 
dalildir.
Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, faqih Islom olamining 
bir necha madrasalarida mudarrislik ham qilgan. Shu boisdan ham uning 
shogirdlari ko‘p bo‘lgan.
Manbalarning ko‘rsatishicha, bag‘dodlik X o‘ja Muhammad Nomiy 
degan olim Qaffol ash- Shoshiy qo‘lida ta’lim olgan, natijada u bilan qalin 
do‘st bo‘lib qolgan ekan. Shu kishi oilasi bilan birga ash-Shoshiyga 
ergashib Toshkentga kelgan, umrining oxirigacha shu yerda qolib ketgan. 
Muhammad Nomiyning qabri alloma maqbarasidadir. Qaffol ash-Shoshiy 
976-yili (hijriy 364-365 yy.) Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn 
etilgan.
Ulug‘ imom doimo o‘z shogirdlariga “Firqalanish ayni azobdir” deb 
ta’kidlagan. Shoshiyning ushbu fikri ayni haqiqat ekanli gi bugungi kunda 
ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Muqaddas dinimizni o‘ziga niqob qilib olib, 
soxta “ta’limotlar” asosida o‘zining g‘arazli va manfur niyatlarini amalga 
oshirmoqchi bo‘lgan ayrim toifa va guruhlar aynan firqalanish yo‘lini 
tanlamoqdalar. Bu bilan jahon hamjamiyatini, shu jumladan, musulmonlar 
ummatini ham azoblar girdobiga tashlamoqdalar. Olimning 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish