Qaffol ash-shoshiy faqih va


“Qulfsoz usta”ning ta’lim olishi



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

“Qulfsoz usta”ning ta’lim olishi
Qaffol ash-Shoshiyning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn 
Ismoil Qaffol ash-Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida uning hurmatini bajo 
keltirish uchun nomiga katta, ulug‘ 
yoki muhtaram ma’nosini 
ifodalaydigan 
“al-Kabir” 
so‘zini 
qo‘shib 
yozadilar. 
Bu 
bilan 
o‘tmishdoshlarimiz Qaffol ash-Shoshiyga nisbatan buyuk hurmat ifoda 
etganlar. Shuningdek, ash-Shoshiy imomlik darajasiga yetgan sanoqli
'Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Mazhablar - birlik ramzi” - Toshkent, “Hilol-nashr”, 2018. -10-bet.


ulamolardan biri sanaladi. 
Shuning uchun alloma o‘z 
davrida 
zamondoshlari tomonidan “Hazrati Imom” nomi bilan ulug‘ langan.
Qaffol ash-Shoshiy hunarmand oilada dunyoga kelgan. Shu sababdan 
olim “qaffol”, ya’ni qulfsoz nomi bilan mashhur bo‘lgan. Qaffol ash- 
Shoshiy asli qulfsoz usta bo‘lib, kichik va nozik qulflar yasaydigan, qo‘li 
gul kishi bo‘lgan.
“Rivoyatlarga ko‘ra, u mitti qulf va vazni bir donik kalit yasab 
kishilarni hayratga solgan. Yana ayrim rivoyatlarga ko‘ra, u hatto 
pashshaning oyog‘iga kishan-qulf yasagan (Rossiyada burgaga qulf 
yasagan “Ivan chapaqay”ga o‘xshab u ham Sharqda juda katta shuhrat 
qozongan)”2.
Ulug‘ faqih milodiy 903-yilda (hijriy 291-yilda) Toshkentda 
tug‘ilganlar.
Ash-Shoshiy dastlabki ta’limni o‘z yurtida, ya’ni Toshkentda, 
keyinchalik Markaziy Osiyoda mavjud ma’rifat o‘choqlarida oladi. Ilm 
talabida Samarqand, Buxoro, Termiz kabi yirik shaharlarni kezadi. Bu 
yerlarda undan sal oldinroq o‘tgan va o‘zlaridan anchagina boy ilmiy meros 
qoldirgan yirik mutafakkir, olimlar asarlari bilan tanishadi, ulardan 
bahramand bo‘ladi. Jumladan, Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 
(810-870) va Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892) asarlarini 
chuqur o‘zlashtirishga harakat qiladi. Chunki ushbu muhaddis allomalar 
Mazkaziy Osiyoning Islom huquqshunosligini o‘rgangan ilk faqihlari edi. 
X asrga kelib fiqh ilmi mustaqil fan sifatida to‘la shakllanadi. Fiqhning 
mustaqil fanga aylanishida ulug‘ muhaddis va faqihlarimizning hissasi 
katta bo‘ldi. Imom Shoshiy birmuncha vaqt Samarqandda yashab, u yerda 
ta’lim oladi. 
So‘ngra qattiq kirishib, 
fiqhshunoslikni o‘rganadi. 
Manbalarning guvohlik berishicha, olim Sharqning deyarli barcha yirik 
shaharlarida bo‘lib, u yerlarda ta’lim oladi. Jumladan, Damashq va 
Bag‘dod shaharlarida ko‘p marotaba bo‘lganliklarini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar talaygina topiladi. Ulug‘ faqih bu shaharlarda ham yetuk 
ustozlardan ta’lim oladi. Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom yurtlarida alloma 
nomining taniqli ekanligiga sabab, bizning fikrimizcha, Imom Shoshiy
2 H.Sodiqov. Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati. - T.: “ART FLEX”, 2016. 262-bet.


ushbu o‘lkalarda ham bo‘lgan va shubhasiz, bu yerlar ning aholisi orasida 
uning asarlari mashhur bo‘lgan.
Qaffol ash-Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birgalikda fikr doirasi 
o‘ta keng olim bo‘lib yetishadi. U falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham 
puxta egallagan, bu sohalarda ham eng bilimdon olimlar bilan munozara 
qila oladigan qudratga ega bo‘lgan bir zot edi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish