Qadring baland bo‘lsin, ona tilim



Download 59 Kb.
bet1/4
Sana01.07.2022
Hajmi59 Kb.
#727927
  1   2   3   4
Bog'liq
Qadring baland tanlov


"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 3-iyundagi 98-son yig‘ilish bayoniga
1-ilova

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining tuman/shaharlarda davlat tilini to‘laqonli joriy etishga qaratilgan “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida


NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etilishini hamda faol qo‘llanishini taʼminlashga qaratilgan namunali ishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi (keyingi o‘rinlarda – Tanlov)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1.2. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 73-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
1.3. Tanlovda o‘z hududida o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqib, amaliyotda faol qo‘llagan, jumladan, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat idoralari, tashkilotlar, ijtimoiy muassasalar, tadbirkorlik subyektlarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini targ‘ib-tashviq etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llashni rag‘batlantirish, mehnat jamoalarida davlat tiliga hurmat-eʼtibor muhitini shakllantirish, barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoit yaratish, savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlariga o‘zbekcha nom qo‘yishni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni namunali yo‘lga qo‘ygan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tuman va shaharlar) idoralari qatnashadi.
1.4. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash, tashkiliy chora-tadbirlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Tanlovga doir chora-tadbirlarning umumiy ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish