Qadr- mangu, xotira- muqaddas Xotira bor ekan, tirikdir millat



Download 23 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi23 Kb.
#255854
Bog'liq
Hujjat (4)




Qadr- mangu, xotira- muqaddas
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir ixtiyor, tirikdir g‘urur.
Xotira- elni xalq etguvchi qudrat
Xorira- ertani yoritguvchi nur.


Insondagi muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan bog‘liq.Xotira - o‘zlikni anglashda o‘tmishni yodga solib turuvchi tuyg‘u.Inson o‘zining kimligini ,shajarasining kimga borib taqalishini xotira va qadr tuyg‘usi tufayli bilib oladi. Bugun xotira kuni munosabati bilan qo‘limga qalam olar ekanman, Halima Xudoyberdiyevaning quyidagi satrlari yodimga tushdi:

Onaginam!
Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Qayon boqsang , shaylanishlar va sozlashlar tor,
Olcha gulin ko‘zlaringga surtasan behol,
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor".


Darhaqiqat, bugungidek dorilamon kunlarga qanchadan qancha otabobolarimiz yetib kela olmadilar.Ular Vatan kurashida halok bo‘lganlar, qatag‘on qurboni bo‘lgan millat fidoiylari, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan aziz insonlarimizdir.
Xalqimiz og‘ir kunlarni boshidan kechirdi.Ikkinchi jahon urushida nemisfashist bosqinchilarilari ko‘plab mamlakatlarni bosib olishga kirishishi munosabati bilan yuzlab shahar, qishloqlar vayron qilindi, millionlab yosh- u qari, ayol- u bolalar ayovsiz qirildi, konslagerlarda ne- ne azob- uqubatlatga giriftor etildi.

Urush, bul qop- qaro so‘zni ko‘chirarkan men oqqa,
Deyman urush , bu majruh dil, bu xato yo‘l, poymol shan.
Shom quyilar, bobosini go‘dak tutar so‘roqqa
“ Bobo, nega qo‘lingiz yo‘q, oyog‘ingiz yog‘ochdan?”...
Urush- yetim chaqaloq u, poymol odam, poymol shan,
Men bu qaro dardni qanday oq qog‘ozga quyaman?

Ahmadning “ Ufq", A.Fadeyevning “ Yosh gvardiya", T.Simonovning : Tikonli
sim ortida" kabi asarlarini o‘qib chuqur ta‘sirlandim.Vatanparvarlik degan tuyg‘u haqida og‘iz ko‘pirtirilib gapirilmagan, qo‘shiqlar aytilmagan bo‘lsa kerak u paytlarda. Vatandoshlarimiz Vatanga bo‘lgan muhabbatini hammaga ko‘zko‘z qilmay , Vatanga oshiqligini pisanda qilmay , xuddi Shiroqdek, To‘marsdek balandparvoz chaqiriqlarsiz izhor edilar, ya‘ni Vatan uchun borlarini berdilar. Rahmatli bobom aytgich edilar, qishlog‘imizdagi barcha norg‘ul, urushga yarar yigitlar frontga ketgan, qishloqda faqat keksalar, ayollar- u bolalar qolgan, lekin ular ham keksaligini- da, bolaligini- da unutgan.Front ortida mardonavor
mehnat qilib ekinga yarar yerlarga lavlagi, kartoshka, paxta ekib frontga jo‘natardilar .Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay mehnat qilib frontfagi jangchilarga dalda bo‘ldilar. Bisotidagi tillalarini o‘z ixtiyori bilan topshirganlarni, odamlar o‘z bolasini boqolmagan bir paytda evakuatsiyada kelgan bolalarni bag‘riga olganlarni, borini frontga berib ochlikdan shishib olganlarni ko‘rganmiz, - derdilar.Bu - vatanparvarlikning oliy namunasi emasmi?

Lampachiroq piligi titrab, kuyar kechalar,
Kelinchaklar boshini muzga qo‘yar kechalar
Chaqaloqdan otasin hidin tuyar kechalar,
Kuyov qaytib kelmaydi, kelgan g‘amni g‘aramlab,
Kelinchaklar fig‘oni :” Voy to‘ram- ey, to‘ram" lab.

Muhammadjon ota Abdurahimov, Abduvohid ota Hakimov, Temurg‘ani ota
Abdimov, Mamatxon ota Rahimov - bizning Axsi qishlog‘imizdan urushning eng
qizg‘in pallalarida urushga ketgan, og‘ir kunlarni sabr- bardosh bilan yeggan va
olovli janggohlardan omon qaytganlar.Bularning safini yana davom ettirishimiz
mumkin.Tarix muallimiz bizga urush faxriylarining oilalari bilan bog‘lanishni
topshiriq qilib berganlarida men Rahimova Nodiraxon ustozimning otalari
Mamatxon ota Rahimov faoliyatlariga qiziqdim.Ustozimning aytishlaricha,
Mamatxon ota turmush qurganlarining 3- kunida urushga jo‘naydilar.Nemis
gazandalari bilan olishib Stalingrad ostonalarigacha boradilar, jang maydonidan
bir soldatni olib chiqayotib oyoqlariga oskolka tekkanini, haligi soldatni okopga
olib kelib keyin hushlaridan ketganlarini, bir hafta hatto pishirishga imkoni
bo‘lmay, kartoshkani xom holida yeyishgani, o‘q yomg‘iri ostida qolgan
bolalarni xavfsiz joyga olib borishgani va yana ko‘plab voqealarni hikoya qilib
berardilar, - dadam. U kishinig turmush o‘rtoqlari Diloromxon oya qishloq
maktabida o‘quvchilarni o‘qitib, yosh ayollarni yonlariga olib dalaga makka,
kartoshka, paxta ekib frontga jo‘natganlar. Mamatxon ota urushdan qaytgach,
Vatan obro‘- e‘tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma‘naviy – axloqiy jihatdan
tarbiyalashga hissa qo‘shganlar.Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin
Dahshatli muhoraba odamlar qalbida chuqur iz qoldirdi.Yurtdoshlarimiz “ erk
jallodlari" ga qarshi jangga kirib , insoniyat kelajagi, yurtimiz ozodligi yo‘lida jon
fido qildilar. Katta qurbonliklar evaziga erkinlik va munosib kelajak uchun
huquqlarini saqlab qoldilar.To‘rt yuz ming nafardan ziyod vatandoshlarimiz
urush maydonida halok bo‘ldilar, qanchadan qancha insonlar esa bedarak
ketdilar.

Jangga ketgan har yuztadan o‘ldi to‘qson yettisi
Har bir uyda sochlarini tarab qoldi yetim moh,
Bu uylardan abad ketdi erkak isi, baxt isi,
Bu uylarga abad keldi bo‘ydor hijron, bo‘ydor oh.


Bugungi osoyishta va farovon kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning
porloq xorirasini abadiylashtirish maqsadida 1999- yil 2- mayda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra 9- may “ Xotira va qadrlash kuni" deb
e‘lon qilindi.Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda xotira
maydonlari tashkil etildi, “ Motamsaro ona" haykali o‘rnatildi, 35 jilddan iborat
“ Xotira" kitobi chop etildi. Urushdan qolgan jarohatlar o‘rni bitmay yana zo‘ravonlik, kuchsiz davlatlar ustidan hukmronlik qilish istagi hozir ham yo‘q deysizmi? Afsuski, hozir ham dunyoning turli hududlarida urush olovining yonayotgani, uylarning vayron
bo‘layotgani, ayollar, bolalarning qirilayotganini turli axborot vositalari orqali
ko‘rib turibmiz.Diniy aqidaparastlik, terrorizm, jaholat urushlarining avj olayotgani, buning natijasida yana bolalarning jabr ko‘rayotganini kechagina Suriyadan olib kelingan, o‘tgan kunlarini bosinqirashdek eslayotgan bolalar timsolida ko‘rishimiz mumkin.

Oh bu urush..tina boshlar qaytadan ko‘zim oldi,
Yongan o‘tinmas, odamning kuli tushib ko‘ngilga.
Tasavvur qil, bir yosh bola gulga aylanib qoldi,
Biz bir tirik jondan ayru, ega bo‘ldik bir gulga.

Urushni qoralash ( u qanday ko‘rinishda bo‘lmasin) doimo dolzarb mavzu
bo‘lib qoladi.Qadrli shoiramiz Zulfiyaxonim hayqirganidek,” Yo‘q, urushning
nomi ham o‘chsin!” Inson xotirasi muqaddas, qadr- qimmati aziz va mo‘tabardir.Davlatimiz
rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va
qadrlash kuni mazmun- mohiyatida shunday insonparvarlik tamoyilllari o‘z
ifodasini topgan.Bayramdan ko‘zlangan maqsad esa g‘alabaga hissa qo‘shgan ,
insoniyatni qullik iskanjasidan qutqargan ota- bobolarimizdan faxrlanish
tuyg‘usini tarbiyalash, xotirasini yodga olishdir. Biz- yosh avlod urush va qirg‘inlar tufayli sodir bo‘ladigan baxtsizlik, mudhish oqibatlarni his qilishimiz, tinchlik va farovonlikning naqadar oliy hamda tansiq ne‘mat ekanligini anglashimiz, otalar fidokorligi evaziga barpo bo‘lgan hayot qadriga yetishimiz,obod va ozod Vatanga beminnat xizmat qilishimiz kerak.

Menam bir fidoiy ruh ila bir tan
Yoz kunlaring yozlab, qishingni qishlab.
Ketyapman, Sen bilan qovushib Vatan,
Achchiq, aziz baxting tishimda tishlab.
Shoira Halima Xudoyberdiyeva she‘rlaridan foydalanildi.
Uychi tuman 12- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 8-“V" sinf o‘quvchisi
Abduvoxidova Marjona.


Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish