Amaliy ahamiyati.
Ko‘lvor ilon zahari dorivor vositalar tarkibiga kiradi.
Tijorat preparatlari AO’O, fosfodiesteraza va L-aminokislotalar oksidazasi olish
manbaidir, shuningdek, qon ivish bilan bog‘liq kasalliklarda diagnostik preparatlar
sifatida ishlatiladi.
31
2.2 Ilonlar zaharlarining qiyosiy tavsifi
Ilonlar zaharlari - biologik faol birikmalar: fermentlar (asosan gidrolazalar),
toksik polipeptidlar bo‘lib, o‘ziga xos biologik xossaga ega qator oqsillar
(asablaming o‘sish faktori -
AO‘F, antikomplementar faktorlar), shuningdek
anorganik komponentlarning murakkab kompleksidir. Ko‘pchilik fermentlar turli
oilaga mansub ilonlar zahri uchun umumiy bo‘ladi, masalan, fosfolipaza D2,
gialuronidaza, L - aminokislotalar oksidazasi, fosfodiesteraza, 5-nukleotidaza va
boshqalar, bu esa zaharli bezlaming ovqat hazm qilish tizimi ekzokrin bezlari bilan
filogenetik bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u yoki bu sistematik gumh
ilonlar zaharlarining farqlari ham mavjud. Masalan, aspid va dengiz ilonlari zahri
tarkibiga asab-mushak sinapslarida qo‘zg‘alishni uzatishni buzuvchi, shu bilan
skelet va nafas olish muskulaturasining kuchsiz falajini keltimvchi toksik
polipeptidlar (neyrotoksinlar) bo‘ladi. Zaharlangan hayvonlar va odamlar o‘limi
odatda nafas olishning to‘xtashi natijasida sodir bo‘ladi. Ushbu zaharlarda,
shuningdek, asetilxolinesteraza bo‘lib, u asetilxolinni parchalaydi va falajni
kuchaytiradi.
Aksincha, qorailonlar va chuqurchaboshi ilonlarda asetilxolinesteraza
bo‘lmaydi, ammo tripsino, trombino va kallikreinosimon ta’sirga ega proteolitik
fermentlar
ko‘p
uchraydi. Ushbu zaharlar bilan zaharlanganda tomirlar
o‘tkazuvchanligining oshishi va qon ivishining kamayishi hisobiga gemorragik
shishlar rivojlanadi. Bizning faunadagi ilonlar (ko‘lvorilon, charxilon,
qalqontumshuq)
zaharlari
keltirib
chiqaradigan
koagulopatiyaning
og‘ir
shakllaridan biri sifatida qonning tomir ichida disseminirlangan ivishini (DVS-
sindrom) misol qilib olish mumkin. Zahar enzimlari ta’sirida to‘qimalardan
biologik faol moddalar (gistamin, bradikinin, endor-fin) ajralishi natijasida AB
pasayishi, tomirlar o‘tkazuvchanligi oshishi, mikrotsirkulyatsiya buzilishi
natijasida to‘qimalar trofikasi buzilishi kuzatiladi. Zaharlaming to‘qima va
a’zolarga bevosita ta’siri autofarmakologik reaksiyalar bilan birgalikda boradigan
va o‘zaro bog‘liq patologik jarayonlar zanjirining rivojlanishiga olib keladi, bu ilon
zahri bilan zaharlanishning o‘ziga xosligini tavsiflaydi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |