29
qishki uyqusidan mart oxirlari va aprel boshlarida uyg‘onadi, ba’zan
bir joyda
to‘planib to‘da hosil qiladi. Gavdasi og‘ir va qo‘pol bo‘lishiga qaramasdan,
ko‘pchilik holatda daraxtlarga chiqadi. Erta bahorda va may oyida kunduzgi
paytlarda
oftobda
isinib
yotadi. Yozda
havo
isib
ketganligi
tufayli
kemiruvchilarning eski ini, qoyalar osti yoki toshlar orasiga kirib oladi. Agar qorni
to‘q bo‘lsa, yozda 2-3 kun davomida yotgan joyidan aslo tashqariga chiqmaydi.
G‘urrak, karqunoq, qizilishton kabi qushlar, ko‘rsichqon, qumsichqon, qo‘shoyoq
kabi sutemizuvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Uzumzorda
yashaydigan
vakillari pisib turib, uzumlarni yeyishga kelgan qushlarni ovlaydi. Juftlashishi
aprel va may oylarida bo‘lib o‘tadi. Yoz oxirida 15-20 ta tuxum qo‘yadi.
Tuxumlari 35-45 kunda rivojlanadi. Ayrim hududlarda urg‘ochisi 15 - 20 ta
uzunligi 24 sm bo‘lgan bola tug‘adi. Soni kamayib
ketganligidan muhofaza
qilinadi.
Tarqalishi.
Shimoliy-G‘arbiy Afrika, O‘rta yer dengizi orollari, Suriya,
Falastin, Arabiston yarim oroli, Kavkaz, Turkiya, Iroq, Afg‘oniston, Belujiston,
Pokiston, Shimoliy va G‘arbiy Hindiston, G‘arbiy Tojikiston va Qozog‘iston
janubida uchraydi. O‘zbekistonda Xovos atrofida,
Samarqand va Surxondaryo
viloyatlarida tarqalgan.
Zaharlanish manzarasi
. Odatda bevosita xavf bo‘lganda
yoki uning izidan borganda hujum qilishi mumkin. Ko‘lvorilonni chaqishi odam
uchun xavfli, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa odam o‘lishi mumkin.
Zaharlanish manzarasi qora ilonsimon uchun xos bo‘lib,
zahar kiritilgan joyda
og‘riq, gemorragik shishlar bilan boradi, og‘ir holatlarda ushbu shishlar juda katta
bo‘lishi mumkin. Chaqish joyida odatda to‘qimalar nekrozi kuzatiladi. Holsizlik,
ko‘ngil aynishi,
bosh aylanishi, nafas olishning qiyinlashishi, qon ivishini
buzilishi, hattoki DVS-sindrom, qon ketishi, muhim hayotiy a’zolarni (yurak,
buyrak) shikastlanishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonlar chaqishidan qishloq xo‘jalik va
uy hayvonlari ko‘proq talafot ko‘radi.
Birinchi yordam.
Antidot sifatida «Antigyurza» zardobi yoki ilonlarga
qarshi polivalent zardob qo‘llaniladi. O‘z-o‘zini davolash mumkin emas. Ushbu
ilon chaqqanda darhol malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak.
30
Zaharning kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi. Zaharda
quyidagi
fermentlar:
proteinazalar,
L-aminokislotalar
oksidazasi,
fosfolipaza
A
2
,
fosfodiesteraza, 5-nukleotidaza, gialuronidaza va boshqa fermentlar,
shuningdek,
A O‘O bo‘ladi.
Zahar proteolitik faol
bo‘lib,
75%
serin proteinazalari va 25%
metalloproteinazalardan tashkil topgan. Zaharning deyarli barcha
gemorragik
faolligi serin proteinazalari hisobiga bo‘ladi. Shuning uchun «Antigyurza»
zardobiga serin proteinazalari ingibitorini kiritish antigemorragik faollikni ikki
marotaba oshib ketishiga olib keladi. Kininogenaza Mr=35000-37 000 va pH 10
bo‘lgan termostabil glikoproteindir. Zaharni saqlashda uning fermentativ faolligi
pasayadi.
Zaharning sichqonlar uchun toksikligi venaga kiritish uchun 0,34 mg/kg ni,
qorin uchun 2,1 mg/kg ni, teri osti uchun esa - 4,8 mg/kg ni tashkil qiladi.
Zaharlangan hayvonlarda AB pasayishi reflektor mexanizmlar bilan birgalikda
autofarmakologik reaksiyalar: bradikinin, beta-endorfm va boshqalarning ajralishi
hisobiga sodir
bo'ladi.
Zahar
ta’sirida
tomir
ichi
gemolizi
rivojlanadi,
gemoglobinning kislorodni bog‘lash xususiyati pasayadi, bu esa to‘qimalar
gipoksiyasiga olib keladi. Ko‘lvorilon zahri bilan
zaharlanishda DVS-sindrom rivojlanishiga qon ivishi tizimini X faktoriga
faollovchi ta’siri sabab bo‘ladi. Bu effektni geparin bilan to‘xtatish mumkin,
mazkur usul esa terapevtik ahamiyatga ega. Zahar bilan zaharlanish patogenezida
endokrin tizimning shikastlanishi ham muhim rol o‘ynaydi. Subletal miqdorlarda
zahar radiohimoyalovchi ta’sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: