Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


XULOSA Sudralib yuruvchilarning ahamiyati



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,41 Mb.
#937235
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

XULOSA
Sudralib yuruvchilarning ahamiyati
. Sudralib yuruvchilar turlarning
ko‘p bo'lganligi va yer yuzida keng tarqalganligi uchun tabiatda va inson
hayotida suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan katta ahamiyatga
ega. Sudralib yuruvchilarning deyarli hammasi foydali hisoblanadi. Ko'pchilik
kaltakesaklar va ilonlar
zararkunanda hasharotlar, molluskalar va
kemiruvchilarni qirib, ular sonini cheklab turadi va qishloq xo'jaligiga katta foyda
keltiradi. Ko'pgina kaltakesaklar tulki,
sassiqko'zan kabi ovlanadigan mo'ynali darrandalarga yem bo'ladi. Mayda
kemiruvchilar bilan oziqlanadigan zaharsiz ilonlarni ba’zi joylarda odamlar
(Amerika, Janubiy Osiyo, Afrika) uylarida mushuk o'rnida saqlaydilar. Ayrim
sudralib yuruvchilar ba’zan anchagina zarar ham keltiradi. Masalan; O'rta
Osiyo cho'l toshbaqasi polizlarga, pista ekinlariga va don ekilgan
maysazorlarga ziyon keltiradi. Cho'l toshbaqalari temir yo'l ko'tarmalari va
sug'orish inshootlarini kavlab tashlaydi. Baliq yetishtiradigan xo'jaliklarda suv
ilonlari yosh baliqiarni yeb, ma’lum darajada zarar
yetkazadi. Quruqlikda yashovchi toshbaqalar, ba’zi kaltakesaklar va ilonlar odam
hamda uy hayvonlariga ayrim yuqumli kasalliklami tarqatadi, chunki ularda
kasallik yuqtiradigan kanalar parazitlik qiladi.Issiq iqlimli mamlakatlarda, shu
jumladan, MDHda Kavkaz va O'rta Osiyoda zaharii ilonlar inson uchun katta
xavf tug'diradi. Odamlar uchun o'ta xavfli ilonlarga shaqildoq ilon, kapcha ilon,
ko'lvor ilon va dengiz ilonlari kiradi. Bu ilonlar chaqqanda odamlarning 1—2% i
o'ladi.Zaharii ilonlar zaharining qanday ta’sir etishiga qarab 2 guruhga
bo'linadi. Birinchi guruhga kiruvchi ilonlar chaqqanda to'qima qizarib shishib
ketadi, sovuq ter chiqadi, odam alahsiraydi, ko'ngli behuzur
bo'ladi. Natijada odam o'lishi ham mumkin. Ikkinchi guruhga kiruvchi zaharii
ilonlar chaqqanda zahar nerv sistemaga ta’sir etadi, qo'l va oyoqlar falaj
bo'lib qoladi, nafas qisiladi, yuzi ko'karadi va nihoyat zaharlangan odam
o'ladi. Ilon chaqqanda chaqqan joyni K^MnO,, ni kuchh eritmasi bilan


33
chayqab zaharni chiqarib tashlash kerak, chunki so'lak tegsa ilon zahari
parchalanadi. Ilon chaqqanda choy yoki kofe ichish ham foydah, so'ngra
zaharlangan odamni tezda shifoxonaga olib borib ilon zardobi bilan emlanadi.
Monovalentli zardob m aium bir tur ilon chaqqanda ishlatilsa,
polivalentli zardob bir necha zaharli ilon turlari chaqqanda ishlatiladi. Zahar
olish uchun zaharli iloniar tabiatdan ushiab kelinadi va maxsus ilon
saqlanadigan joylarda boqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga
qarashli zoologiya instituti qoshida maxsus zaharli iloniar saqlanadigan
pitomnik bor. Bu yerda kapcha ilon, qora ilon va koivor iloniar saqlanadi
hamda uiardan qimmatbaho ilon zahari olinadi. Ilon zaharidan qimmatbaho
davolash mahsulotlari (laxezis, vipratoks va boshqalar) olinadi va revmatizm,
yurak tomirlari spazmasi, bronxial astma va boshqa kasalliklarni davolashda
keng qoilaniladi. Shuning uchun ham zaharli ilonlarni muhofaza qilish va
uiardan oqilona foydalanish talab qilinadi.Yirik kaltakesak, ilon, timsoh va
ayniqsa, toshbaqa go'shti ko'pgina mamlakatlarda ovqatga ishlatiladi.
Timsohlar, yirik iloniar va kaltakesaklarning (echkemar) terisidan chemodan,
portfel, tasma, xaltacha va poyafzal tayyorlanadi. Ba’zi dengiz
toshbaqalarining, ayniqsa, karettaning qalqonidan taroq, ko'zoynak gardishlari
va boshqa buyumJar tayyorlanadi. Iloniar, timsohlar va toshbaqalarni ortiqcha
ovlash, albatta, ular sonining keskin kamayishiga va hatto yo'q bo'lib
ketishiga olib kelishi mumkin. O'zbekistonda uchraydigan 58 ta tur sudralib
yuruvchilardan quyidagi 16 ta turi kamyob bo'lib O'zbekiston Respublikasi
«Qizil kitobi»ga kiritilgan: Molchanov to'garakboshi, xentog' to'garakboshi,
shtraux to'garakboshi, Said-Aliyev taqir to'garakboshi, Rustamov ssink
gekkoni, silliq gekkoncha, qalqonli gekkoncha, qoraxoldor kaltakesak, Farg'ona
qum kaltakesagi, bo'z echkemar. Hind boygasi, to'rt yo'lli chipor ilon,
ko'ndalang yo'lli bo'ritish ilon, Afg'on litorinxi, kapcha ilon, dasht qora iloni.
Yuqorida keltirilgan sudralib yuruvchiiarni muhofaza qilish va uiardan oqilona
foydalanish lozim. O'zbekistonda keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turiga
O'rta Osiyo kobrasi – Naja oxiana eichw, dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine,


34
charx ilon - Carinatus scheid, qalqontumshuq ilon - Ancistrodon halys pall, ko'lvor
ilon – Vipera lebetina L. ilonlar kiradi. Ulardan qora ilon va qalqontumshuq ilon
tuxumdan tirik tug’ish yo'li bilan, O'rta Osiyo kobrasi, charx ilon, ko'lvor ilon esa
tuxum qo'yish yo'li bilan ko'payadi.
Ekologik jixatdan ko'lvor ilon, qalqontumshuq ilon, tog’ va tog’ oldi
zonalarini egallagan bo'lsa, O'rta osiyo kobrasi qora ilon dashtli teksliklarni, charx
ilon esa qumli cho'llarni egallagan.
Surxondaryo
viloyati
hududida
o’zbekistonda
uchraydigan
zaharli
ilonlarning ko’lvor ilon,qum charx iloni va O’rta Osiyo kobrasi kabi turlari
tarqalgan.
O'rta Osiyo kobrasi, qora ilon va charx ilonlar zaxari asosan nafas
markazlariga ta'sir ko'rsatsa, ko'lvor va qalqontumshuq ilonlar yurak qon aylanish
sistemasiga ta'sir qiladi. Zaxarli ilonlar to’g’risidagi ma'lumotlarni keng xalq
ommasiga yetkazish ayniqsa ilon chaqqanda birinchi yordam ko'rsatish eng muhim
masalalardan biri hisoblanadi.


35

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish