Kushonlar
davriga oid Ayritom yodgorligi ilk buddaviylik ibodatxonasi hisoblanadi. 1932
yilda Amudaryoda “Oktyabryonok” nomli qayiqda suzib ketayotgan
chegarachilarimiz Ayritom yaqinida bir oqtoshni ko‘rganlar, tekshirish
natijasida, unga nog‘orachi tasviri o‘yib tushirilganligi ma’lum bo‘lgan. ...
Bugungi kunda ushbu topilma Termiz arxeologiya muzeyining ko‘rgazmalar zalidan
joy olgan bo‘lib, bu yerga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarning
diqqat-e’tiborini jalb qilib, ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda
1
.
Ayritom
peshtoqi
tasviridagi
avlosga
o‘xshash
cholg‘u asbobining namunasi
xorazmlik
ustozlar
qo‘lida
saqlangan va uni qo‘shbulomon
deganlar
2
.
Musiqiy
cholg‘u
ijrochiligiga
bo‘lgan
transformatsiyalashuvni aynan
ushbu suratlardan va undan
keyingi
davrlarda
musiqiy
cholg‘ularning
asrlar
osha
shakllanganligidan ko‘rish ham
mumkin. O‘zbekiston hududlarida Afrosiyob, Dalvarzin tepa (Surxondaryo),
Varaxsha (Buxoro), Ayritom, Zartepa, Qo‘y qirilgan va Qo‘zi qirilgan tepalar
(Ko‘hna Urganch), Panjikent
3
kabi qadimiy joylar qazilmalaridan topilgan chizma
surat va haykalchalar shular jumlasidandir.
Qadimgi O‘rta Osiyodagi antik madaniyatning ko‘pgina musiqa asboblarida
(nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatish mumkin. Mahalliy
an’analarning yunon, hind va boshqa xalq an’analari bilan bog‘lanib ketishi sozlarda
ham aks etgani o‘sha davr madaniyatining o‘ziga xos xarakterda bo‘lganini nazarda
tutadi. Garchi Gresiyaning O‘rta Osiyo musiqa madaniyatiga ta’siri o‘rta asrdagi
O‘rta Osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo‘lsa ham,
vaqtlar o‘tishi bilan bu ta’sir yo‘qola bordi.
Urug‘ va elatlarning birlashishi va tobora o‘sishi natijasida o‘lkamiz hududida
Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmda dastlabki davlatlar paydo bo‘lishi,
ahamoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Iskandar Zulqarnaynning
yurishlari ostida Yunonbaqtriya boshqaruvining vujudga kelishi. Bu davr eramizdan
oldingi VII asrdan to milodning IV asrigacha bo‘lgan juda katta tarixiy jarayonni o‘z
ichiga oladi. Sharqshunoslarning yangi tadqiqotlari va nihoyat o‘rta asrdagi O‘rta
Osiyo olimlarining musiqiy risolalaridagi izchil ma’lumotlar o‘zbek musiqa
madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini mufassal va to‘laligicha tasavvur
qilishimizga yordam beradi. Ajdodlarimizdan meros qolgan musiqa cholg‘ulari
O‘rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalq (turkman, tojik, qozoq, qaraqalpoq va
qirg‘iz) lar ijodkorligi bilan uzviy bog‘langan.
O‘rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning
eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o‘troq dehqonlar
(sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko‘chmanchi (saklar, massagetlar va
boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma’lumotlar Avestoda ham uchraydi.
Mushtarak poetik va musiqa san’atining boshlanishi o‘sha davrlarga borib taqaladi.
1
www.surxontongi.uz
. Ш.Ражабов. “Айритом фризи”. 20.08.2018
2
Д.Обидов. “Ўзбек мумтоз мусиқасининг ривожланиш жараёнлари”. Урганч. 2018 й. 18-б.
3
а Т.С.Вызгонинг «Музыкальнне инструменты Средней Азии» исторические очерки. М., «Музыка» 1980
Mazkur elat va xalqlarning poetik va musiqa san’ati dastlab sinkretik (
yunoncha
synkretismos — birlashish, qorishish umumlashgan ya’ni qism, bo‘laklarga
ajralgan degan ma’noni bildiradi
) holatda bo‘lgani to‘g‘risida Avesto kitobi va
boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, guvohlik beradi.
Tarixdan ma’lumki, keyingi asrlarda o‘zbek xalq cholg‘ulari rang-barang
tarzda, o‘ziga xos va musiqaning barcha tarmoqlariga mos ravishda shakllanib,
asrlar osha rivoj topib keldi. Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Farobiy (IX asr)
o‘zining “Katta musiqa kitobi”
4
da, Safiuddin Urmaviy (XII asr) Musiqiy risolasida,
Abdulqodir Marog‘iy (XIV asr) “Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy” risolasida,
Ahmadiy (XIV asr) “Sozlar munozarasi” asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV
asr) “Risola dar bayoni qonuni va amali musiqiy” risolasida, Abdurahmon Jomiy
(XV asr), Amuliy (XVI), Darvesh Ali Changiy (XVII) musiqiy risolalarida musiqiy
cholg‘ularni o‘rganib, tadqiq etish masalalarini turli tomonlariga to‘xtalib, o‘z
davrining musiqiy cholg‘ulari tasnifotini bayon etganlar.
VII asrlardan boshlab O‘rta Osiyo musiqa san’ati shu darajada
rivojlanganligidan ham tarixda Borbad Markaziy nomli turkistonlik bastakor, hofiz,
sozandaning nomi zikr etilgan. U VII asrlarda Faxlobod (Borbad) nomi bilan
mashhur bo‘lib uni Eronga olib ketishgan. Faxlobod o‘zining musiqa maktabini
yaratib, o‘n ikki maqomni ba’zi bir nusxalarini yaratilishiga asos solgan, ya’ni
Turkiston musiqasini Eronga tarqatgan
5
. Har bir asr, davrda milliy musiqa
ijrochiligida qandaydir musiqa cholg‘usi asosiy yetakchi o‘rin egallagan. Masalan,
Sharq xalqlarida jumladan, O‘rta Osiyoda VII asrlardan to XVIII asrlargacha musiqa
ijrochiligida «O‘n ikki maqom» nomi bilan ataluvchi turkum asarlar ijro etilib,
bunda «Ud» cholg‘u asosiy hisoblangan bo‘lsa, XVIII asrning oxiri XIX asrning
boshlanishida O‘rta Osiyoning adabiyot, san’at va madaniyat rivojlangan
shaharlaridan biri Buxoroda «O‘n ikki maqom» turkumi o‘rniga «Shashmaqom»
shakllanib, buning ijrosida esa «Tanbur» asosiy musiqa cholg‘usi bo‘lgan.
Musiqaning inson idrokiga ta’siri haqida so‘z ketganda buyuk Sharq
mutafakkiri Forobiyni eslamay iloj yo‘q. Forobiy (873 – 950) qomusiy olim bo‘lish
bilan birga buyuk musiqashunos ham edi. Uning musiqa ilmi sohasidagi faoliyati
faqat nazariy qarashlar bilan chegaralanib qolmasdan, amaliyotda esa qonun, soz
asbobi (ba’zi manbaalarda g‘ijjak yoki ud) ni yaratuvchisi, mukammallashtiruvchisi
sifatida tarixda qoldi
6
. amaliy ifodasini ham topgan. Forobiyning o‘z davri uchun
yangilik bo‘lgan musiqa asbobi yaratgani, mohir sozanda va bastakor sifatida
tanilgani haqida rivoyatlar ko‘p.
Zero, alloma kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta
mahorat bilan ijro etganligini, ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha, alloma
Forobiy
qonun
asbobini ixtiro etgan va o‘sha davrlarda mashhur bo‘lgan ud sozini
takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan
7
ligini uchratish mumkin.
Maqomshunos olim I.Rajabovning bu boradagi mavjud manbalarga asoslangan
4
Абу наср Фаробий. “Китоб ал-мусиқа ал-кабир”. Т:, “Фан”. 2020 йил.
5
Маъориф ва маданият журнали. Баку 1923 й. 8, 9 с
6
Абу наср Фаробий. “Китоб ал-мусиқа ал-кабир”. Т:, “Фан”. 2020 й. 3 б.
7
Ражабов И. Мақомлар масаласига доир. Т., Ўзадабийнашр, 1963, 8-б; шунингдек, қаранг: Даукеева С.
Философия музыки Абу Насра Мухаммада аль-Фараби. Алматы, 2002.
mulohazasi quyidagicha: “Ba’zi manbalarda Abu Nasr Forobiy qonun sozining
ixtirochisi, degan fikr noto‘g‘ri ekanligi qayd etiladi. O‘tmishdagi mualliflar
ko‘pincha musiqa cholg‘ularining tuzilishi yoki tori va pardasiga ozgina o‘zgarish
kiritgan musiqachi-olimlarni o‘sha cholg‘uning ixtirochisi, deb hisoblay berganlar.
Forobiy “Qonun”ning ixtirochisi, degan fikrni ham shunday tushunish mumkin”
8
.
Musiqiy cholg‘ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish mohiyatida cholg‘ular
qatori kuylarning asta-sekin takomillashib borayotganligini, o‘z navbatida esa
musiqiy idrokka ta’sir etishning turli tendensiyalariga shakllanganligini tarixiy
manbalarda kuzatish mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki IX-X asrlarda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Ro‘dakiy o‘z
zamonasida «Rud» va «Chang» musiqa cholg‘ularining mohir ijrochisi bo‘lgan
9
. X-
XII asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati jumladan, cholg‘u ijrochiligi ancha
rivojlanib. O‘sha davrlarda juda ko‘p musiqa cholg‘ulari musiqa ijrochiligida keng
qo‘llanilgan. Bu borada musiqashunos Darvesh Ali Changiy o‘zining musiqiy
risolasida chang, ud, nay, doira musiqa cholg‘ulari ayniqsa, 5 va 6 qo‘sh torli «Ud»
musiqa cholg‘usi haqida ma’lumot berib, bu musiqa cholg‘usining o‘sha davrdagi
mavqeini va musiqa ijrochiligidagi o‘rnini yuqori baholab «Ud» barcha musiqa
cholg‘ularining podshosidir va «Rud» musiqa cholg‘usi ham kamon vositasida ijro
etilganligi haqida ma’lumot beradi.
O‘rta Osiyo hududidagi O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Turkmaniston davlatlarida turli-tuman musiqa cholg‘ulari bo‘lib bu davlatlarda bir
xil nom bilan ataluvchi lekin turli xil asarlarning ijrosiga mo‘ljallangan musiqa
cholg‘ulari milliy musiqa ijrochiligida keng qo‘llanilmoqda. Ular – tanbur, dutor,
doira, rubob, surnay, karnay, g‘ijjak, nog‘ora, chang, qobus va hakozo. Shu qatori
ayrim viloyatlarning o‘ziga xos musiqa cholg‘ulari bo‘lgan. Xorazmda – bulamon,
garmon, tor. Buxoroda – Afg‘on rubob, Farg‘ona viloyatida – qo‘shnay, dutor
musiqa cholg‘ulari bor. Abdurauf Fitrat o‘zining «O‘zbek klassik musiqasi va uning
tarixi» asarida ma’lumot berishicha 1920 yillarda Buxoroda – tanbur, dutor, nay,
qo‘shnay, qobus, doira, rubob, nog‘ora, karnay, surnay, do‘mbra kabi musiqa
cholg‘ulari ijrochilikda qo‘llanilgan
10
.
Shunday qilib hozirgi kunda Sharq xalqlari xususan O‘rta Osiyo hududidagi
davlatlarda maqom asarlari (Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent maqomlari)
hamda uyg‘ur maqomlari klassik kuylar, xalq ashulalari baxshichilik, dostonchilik,
folklor qo‘shiqlari, aytishuvlar, lapar va boshqa musiqa ijrochiligiga xos musiqiy
asarlar ijrosida turli-tuman 30 dan ortiq musiqa cholg‘ulari qo‘llanilmoqda.
XIX asr oxiri va XX asrning o‘zida Chang va Qashqar rubobi shakllandi hamda
cholg‘u ijrochiligidan keng o‘rin egalladi. Ud va Qonun cholg‘ulari qayta tiklanib,
ijrochilik amaliyotini sezilarli darajada boyitdi. Afg‘on rubobi hamda Kurd sozi ham
oziga xos jozibasi bilan cholg‘u ijrochiligidan munosib orin oldi. Musiqiy
cholgularning ta’rifi, shakllari, tuzilishlari, tarkibiy jihatlari, ijrochilari bilan bog‘liq
8
Ражабов И. Мақомлар. Т., “SAN’AT” нашриёти, 2006, 15-б.
9
С.Маннопов. Ўзбек халқ мусиқа маданияти. Т:, “Янги аср авлоди”. 2004 йил. 13-б.
10
А.
Do'stlaringiz bilan baham: |