Qadimiy yunonistonda ilm-fanning rivojlanishi



Download 29,16 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi29,16 Kb.
#354068
Bog'liq
Документ Microsoft Word (7)


QADIMIY YUNONISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISHI.

Reja:


  1. Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi.



  1. Qadimgi yunonlar adabiyoti. Yunoniston tarixini o'rganishda dostonlar va afsonalarning ahamiyati.



  1. Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi.

Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi.

Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga joylashib olgan bo'lib, o'zlarini yagona halq deb hisoblaganlar. Ular ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish Gresiyani esa Ellada deb atashardi.

Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona yozuv birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II ming yillikning oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga qaytmaganlar.

Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda finiqiyaliklarning yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar. Bu yangi alifboda finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu bilan yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar.

Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon qilibgina qolmay, balki ularni kengroq bayon qilishga, sababini topishga haraqat qilganlar. Ayrim yunon olimlari tabiatni boshlanish manbai suv deb, ayrimlari havo deb, uchinchi birlari esa olov deb hisoblaganlar. Shu davrning ko'pgina olimlari tabiatdagi hodisa va qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab berganlar. Turli hodisalarni xudolarning va ma'budlarning ishi deb bilganlar.

Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit davom ettirdi.

Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab halqlarning ilmiy bilishlari bilan tanishdi. U butun olam mayda zarrachalar – atomlardan tashkil topgan, degan dohiyona fikrni ilgari surdi. Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, tabiatning dahshatli hodisalari qarshisida odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida xudolarga ishonish vujudga kelgan deb isbotladi. Xudolarga va odam ruhining abadiy yashashga ishonchini chippakka chiqargan Demokrit ta'limoti din homiylari va ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular Demokrit qarashlarini rad qilolmaganlar, biroq uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan ayrimlarini qatl etishga, yana birlarini darra bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini esa fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga da'vat etganlar.

Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat uning g'oyalarini davom ettirdi.

Gippokratning ta'limotiga ko'ra, vrach kasalni odamdan quvish kerak emas, balki kasalni yengishda odam organizmiga yordam berishi lozim, - deb hisoblagan.

Gippokrat ta'limotidagi to'g'ri ovqatlanish, dori-darmon va operasiyalar haqidagi asarlari zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirishga qo'shilgan munosib hissa bo'lib xizmat qildi.

Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan qadimgi yunon mutafakkiri Arastu g'oyat keng ko'lamda bilimlarga ega bo'lganligi bilan ajralib turadi. U o'z zamonasida to'plangan barcha ilmiy bilimlarni ayrim sohalarga bo'lib chiqdi va mustaqil fanlarga birlashtirdi. Bu bilan Arastu nafaqat yunonlar fanini rivojiga, balki jahon fanini rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Shu bilan birgalikda Arastu bir qator fanlarga nomlar berdi: yunoncha “o'simlik” so'zidan olingan botaniqa, “tabiat” so'zidan olingan fiziqa, “davlat” so'zidan olingan siyosat shular jumlasidandir.

Eramizdan avvalgi IV asrning boshqa ilgor olimlari qatori Arastu ham, Yer –shar shaklida deb ta'kidlab, u butun olamning markazidir, Quyosh va yulduzlar esa Yerning atrofida aylanadi deb hisoblardi.

“Gresiya – Eron urushlari tarixi” nomli asar yozgan Gerodot ham qadimgi yunon mutafakkiri edi. Gerodot miloddan avvalgi 490-480 yillar orasida tug'ilgan. Ellinlarning qudratli Eron shohlari ustidan erishgan g'alabalari to'g'risidagi xotirani kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga haraqat qilgan. Gerodot o'z oldiga faqat harbiy harakatlar haqida hiqoya qilibgina qolmay, balki urushda qatnashgan halqlarning tarixini yoritishni ham maqsad qilib qo'ygan edi. U o'z kitobi uchun ma'lumotlar to'plar ekan, tabiiy holda ko'pgina mamlakatlarni sayohat qilgan. Gerodot o'z ko'zi bilan ko'rgan voqea-hodisalarini, o'sha mamlakatlarning odamlardan eshitganlarini, yaqin va o'zoq o'tmishda bo'lgan voqealarni yozib bordi.

Gerodot miloddan avvalgi 455-477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Uning “Tarix” kitobida Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa xalqlar haqida ko'plab ma'lumotlar bor. Gerodotning “Tarix” asari Gresiyaning qadimgi tarixi hamda Old Osiyo, Misr va hamdo'stligimiz janubida yashagan halqlar to'g'risida ma'lumot beruvchi eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu xizmatlari uchun Gerodotga o'sha davrlardan “Tarix otasi” deb nom berganlar.

Yana bir atoqli yunon faylasuf donishmanlardan biri Suqrot bo'lib, u miloddan avvalgi 441 yili Afinada tug'ilgan. Leqin u o'z umri davomida birorta ham kitob yozmagan. Suqrot maktablarda dars ham bermagan, hech qayerda ma'ro'zalar o'qimagan. Balki odamlar ko'p gavjum bo'lgan joylarda o'z shogirdlarni haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas, deb o'ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilish mumkin, deb hisoblardi. O'z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu fikrlari Afina kuldorlik demokratiyasi namoyondalariga ёqmagan. Shuning uchun u demokratiya to'zumining dushmaniga aylanib sudga berilgan. U miloddan avvalgi 399 yilda zahar ichib o'lgan.

Qadimgi Yunonistonda yaratilgan ilmiy bilimlar asosida qadimgi yunon adabiyoti muhim o'rin tutadi.

^ 2. Qadimgi yunonlar adabiyoti. Yunoniston tarixini o'rganishda dostonlar va afsonalarning ahamiyati.

Qadimgi yunon adabiyotining paydo bo'lishi o'zoq o'tmishga borib taqaladi. Yunonlar ajoyib afsona, rivoyat, she'r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar.

Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og'zaki tarzda avloddan-avlodga yetkazganlar. “Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Argonavtlar”, “Odisseya” va “Illiada” kabi afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir namunalaridir.

Rivoyatlarga ko'ra, bu asarlarning muallifi miloddan avvalgi YIII yashagan ko'r baxshi Gomerdir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshidan kechirgan sargo'zashtlari va boshqalar haqida hiqoya qilinadi. “Illiada” dostonning davomi “Odisseya” dostoni hisoblanadi. Yunonlar jahon adabiyotiga ulkan hissa qo'shganlar. Yunon dostonlarida rivoyat va afsonalar juda ko'p. Ammo dostonlarda tasvirlangan voqea-hodisalarning hammasi shunchaki afsona emas. “Argonavtlar”, “Dedal va Ikar”, “Gerakl” , “Illiada” va “Odisseya” kabi rivoyat va afsonalarning mazmuniga chuqurroq e'tibor berilsa, ularda qadimgi yunonlarning turmush tarzi, kasb-korlari, qurol-yarog'lari, turar joylari, mehnat qurollari va oilaviy munosabatlari qanday bo'lganligini bilib olish mumkin. Olimlar o'zoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o'ylab chiqarilgan afsonalar deb faraz qilganlar. Ular Troya shahri ham bo'lmagan deb o'ylab kelardilar. Ammo arxeolog olimlar Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy yerlarida qazish ishlarini olib borar ekanlar, u yerdan yonib kul bo'lgan shahar xarobalarni topganlar. Bu yunonlar urush olib borgan Troya shahrining qoldiqlari edi.

Arxeolog olimlar Troya shahri xarobalardan uy-joylar, mudofaa devorlari, sopol buyumlarning parchalari, yashirib qo'yilgan narsalar, buyumlar va odam suyaklarining qoldiqlarini topganlar.

Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari, xususan Gomer dostonlari juda katta ahamiyatga ega. Shu tufayli miloddan avvalgi XI-IX asrlarni Gomer davri deb bekorga aytilmagan. Gomer dostonlari she'riy uslubda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, Gomerning dostonlari buyuk adabiy asargina bo'lib qolmay, balki ajoyib tarixiy kitob namunalaridandir. Yunonlarning, adabiy merosi jahon halqlari adabiyotiga munosib hissa qo'shdi. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan bahramand bo'lganlar.

Gomer asarlarining bosh qahramonlari faqatgina beqiyos pahlavonlar emas, shuningdek ma'budalar ham bo'lganlar. Gomer dostonlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning kuyga solib aytilishidir. Bu xildagi asarlar kitob tariqasida o'qish uchun emas, balki tinglash uchun xosdir. Bu asarlarda janglar tasvirida otlarning yurishi va yugurishda, qahramonlarning qurol-yarog'lari ta'rifida, ziyofatlarda to'zilgan dasturxon maqtovida va yana turli-tuman manzarali voqealar tasvirlanadi.

Bu xildagi takrorlar Gomer poemalarida haddan ziyoda (masalan: “Illiada”ning I bobida Axill bilan Agamemnon o'rtalarida bo'lib o'tgan diltanglik haqida shoirning o'zi hikoya qiladi. Keyinchalik Axill o'z opasi Fetidaga Sardorning sitmagarligi haqida shikoyat qilganida, ilgarigi gaplar aynan takrorlanadi). Dostonlarda ba'zi hodisalarni chunonchi, kech kirishi, tong otish paytlarini tasvirlaydigan misralar ko'pki, ular zarracha o'zgartirilmasdan bir taxlitda ishlatilaverib qolip shakliga kirib ketgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari juda katta ahamiyatga ega. Dostonlar she'riy usulda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajaralib turadi. Shunday qilib, qadimgi Yunoniston asarlari adabiy asargina bo'lib qolmay, ajoyib manba hamdir.

^ Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi.

Eramizdan oldingi Y asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. Bu taraqqiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin Afina davlatining kuchayishi va demokratiya tomon rivojlanib borish bilan bog'lik bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishiga arziydigan buyuk davrdir. Eng ilg'or madaniyat markazi Kichik Osiyodagi Ionif viloyatidir. Afina o'zining iqtisodiy va madaniy kamolatiga, asosan Y asrning 50-30 yillarida, ya'ni Perekl davrida erishadi. Perekl o'z zamonasining nixoyatda ishbilarmon davlat arbobi, otashin notiq odamlarda tashabbuskorlik ishtiyokini uyg'otishga moxir, ilmu-fan, san'at va adabiyotga qiziqqan bir shaxs edi. U butun yunon olamidan faylasuflar, olimlar, shoirlar va san'at ahllarini Afinaga to'playdi. Unga yaqin faylasuflar, Anaksagar, Suqrat, “Tarix fanining otasi” Gerodot, Sofokl, ajoyib haykaltarosh Fidiy va shularga o'xshash umumyunon madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'targan yana birmuncha shaxslarni ko'ramiz.

Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, ayniqsa, juda keng rivoj topdi. Olimlar va mutafakkirlar o'z asarlarida tabiat hodisalarini, ijtimoiy qonunlarni ochishga, ularni izohlashga va shu yo'sinda demokratik to'zumni to'g'ri va ba'mani eqanligini isbotlashga urinadilar. Eski diniy e'tiqodlarning asta-sekin susayib borishi, ilohiy kuchlarni koinot hodisalarida axtarishi, insonni ma'budalarning quli holatidan butun borlikning hukmroni darajasiga ko'tarish, uning idrok va iste'dodiga taxsin o'qish, istiqbolga chuqur umid bilan qarash – bu davr falsafiy oqimlarining asosiy xususiyatidir. Yangi tushunchalar o'z ifodasiga dastavval Anaksagar (500-428 yillar) falsafasida topadi. Perekl bilan do'stona munosabatda bo'lgan, uning siyosatini qo'llab-quvvatlagan va hukmronning istagiga ko'ra o'z zamonasining ilmiy-madaniy harakati tepasida turgan bu mutafakkir olim, eski diniy e'tiqodlarni inkor etib, butun koinotni behisob zarralardan tarkib topgan abadiyat ma'nosida tushunadi. Chunonchi, Quyosh bilan Oy, qadimgilar aytganidek, ilohiy kuchlar emas, bir umr lovullab yonib turadigan jismlardir.

Anaksagar inson ongi, qudrati va iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan.

Y-asrning 2 yarmida butun Ellada tuprog'ida ijtimoiy hodisalarni o'rganish ishini o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi ilmiy-falsafiy oqim paydo bo'ldi. Bu oqimning vakillari o'zlarini “sofistlar” deb ataganlar.

Dastlab “sofist” so'zi ostida “donishmand”, “bilimdon”, “olim” degan ma'nolar ifoda etilgan bo'lsa, keyinchalik bu ibora falsafa mualliflariga taqalgan laqablarga aylanib ketdi.

Qadimgi Yunonistonda maktabxonlik ishlari sust bo'lgani uchun “sofistlar” shaharma-shahar kezib, shaxsiy suhbatlarda yoki jamoat oldida ilmu-fan asoslarini tashviq qilardilar.

Sofistlar bu davrning har tomonlama bilimdon kishilari bo'lib, o'z zamondoshlari zehnini boyitish, ularni ilmu-ma'rifat yutuqlaridan bahramand etish bobidan juda katta ishlar qildilar. Ular olamdan yuz o'gurib, o'zlarini xilvatxonalarida kitob titishdan o'zga narsani bilmaganlar va jamoa oldida ilmu-fan jarchilari bo'lishgan.

Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir muncha ijod sohalarida ham juda ulug' ishlarni qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho yodgorliklaridan biri bo'lgan va Gippokrat nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja san'ati haqidagi kattakon asar ham sofistlar davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar natijasi o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman sohalariga doir asarlar yaratdilar.

Gerodotning “Tarix” asarini keyingi davr olimlari qayta ishlagan. Shulardan Aleksandriya olimlari buni 9 bobga bo'lib, yunon mifologiyasidagi 9 mo'zaning nomi bilan ataganlar. Aleksandriya chinakam tarixshunoslik ilmi bilan ijod qiluvchi yozuvchidir.

Shu sababli uning asari dastlabki yunon tarixchilari – “logoraflar” ijodida uchraydigan qator kamchiliklardan batamom qutulib ulgurgan emas. Gerodot ham o'zining ulug' zamondoshi Sofokl singari ma'budlarning qudratiga, taqdirining kuch-quvvatiga, inson baxtining bepandligiga chippa-chin ishonadi: kosinlarning karomatiga, mo''jizalarning rostligiga, hatto tushlarning muqarrarligiga aslo shubha qilmaydi. Gerodotdan minnatdor bo'lishimizning yana ham muhimroq sabablari bor: adabiyotimizning eng qadimgi yodgorliklaridan biri bo'lgan “To'maris” qissasi faqat shu odam tufayli bizgacha yetib kelgan.

Gerordot asarlarining fazilatlaridan biri-ajoyib san'atkorlik mahorati bilan yozilganligidadir. Yozuvchi biron hodisani bayon etar ekan, uni og'zaki rivoyatlar bilan boyitgan. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan ko'p bahramand bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon dunyosida ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir etgan. Miloddan avvalgi YI asrda Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor bo'lib, o'sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.

Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristotel edi. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384 yilda tug'ilib, 322 yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni “birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan. U juda ko'p asarlar yozgan. Uning mashhur asarlaridan biri “Siyosatdir”. Aristotel o'sha davrda ma'lum bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.

Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer- shar shaklida bo'lib, u butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, qadimgi Yunonistonda asos solingan ilmiy yo'nalishlar keyingi davrlarda olimlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Ilk bora aytilgan adabiy, siyosiy va tabiiy bilimlar falsafiy jihatdan tushuntirilgan bo'lsa, asta-sekinlik bilan isbot talab qiladigan fikrlar olimlarimiz tomonidan isbotlandi. Tabiatda bo'ladigan barcha hodisa va voqealarni ilmiy negizlarini izlashga tushdilar. Aristotel, Demokrit, Perekl, Anaksimen, Yevklid, Pifagor, Ptolemey va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari o'tmish ajdodlarimiz tomonidan har tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Ayniqsa, bu narsani “Bayt al-hikma”da faoliyat ko'rsatgan olimlarning tarjimonlik maktabida, Xorazm Ma'mun Akademiyasi va Mirzo Ulug'bek davridagi olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'rish mumkin.

Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishiga nima turtki bo’lgan?

Qaysi olim fanni tasniflagan?

Gerodot kim? U nima uchun tarix fanining otasi deb tan olingan?

Qadimgi Yunoistonda tabiiy bilimlardan qaysilari rivojlangan?

Ilmiy blimlar asosida adbiyot fani qanday rol o’ynagan?



“Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Iliada” dostonlari haqida nima bilasiz?

Aristotelni fanga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?
Download 29,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish