gelozoizm
i shundan iborat bо‘lgan. Aynan xudo va ruhlar harakatning manbai
hisoblanadi, chunki ular dunyoni harakatga keltiradilar, masalan, magnit ruhga ega,
chunkpi u temirni о‘ziga tortadi. Yer – suvda suzib yuradi, Quyosh va boshqa
samoviy jismlar suvning parlanishidan ozuqa oladilar. Ilohiy koinot tafakkur
(logos)dan iborat – u Zevsning о‘g‘lidir.
Anaksimandrning apeyroni abadiy, doimo yosh ibdidodir.
U noaniq cheksiz ibtidodir. Apeyrondan ikki bir biriga zid
juftliklar ajralib chiqadi: issiq va sovuq, namlik va quruqlik;
ularning turli meyoriy qо‘shilishidan tо‘rt asosiy stixiyalar
tug‘iladi: Havo, Tuproq, Suv va Olov, bulardan butun dunyo
tashkil topadi.
Dunyoviy borliq о‘zidan dunyolarni paydo qilgan. U
abadii о‘zgarishda bо‘ladi va keyinchalik ularni о‘z qa’riga
tortadi, behisob dunyolarning yaratilishi va yemirilishi tarixi
bilan tug‘ilgan. U shuningdek, yulduzlar, Quyosh va Oy halqalarining harakati
orqali osmon va jismlarining bir kecha-kunduzlik harakati
tо‘g‘risidagi ta’limotni ilgari surgan. Yer dastlab suv bilan
qoplangan bо‘lib, osmon olovi ta’sirida suvning bir qismi
bug‘lanib, quruqlik paydo bо‘lgan. Bu bug‘lanishlar
shamolning esishini keltirib chiqaradi. Shamol Quyosh va Oy
halqalarining aylanishi sababchisi bо‘lgan va xudolar
olamning paydo bо‘lishi, uning rivojlanishida ishtirok
etishmagan. Fales kabi u ham jon moddiy deydi, chunki
jonning harakati havoga о‘xshashdir.
Borliq tо‘g‘risida Anaksimandr ilgari surgan ta’limotni uning zamondoshi,
shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen Moddiy olam va undagi jism
havoning quyuqlashishidan suv, yer, toshlar va h.k.dan tashkil topsa,
siyraklashishidan esa olov paydo bо‘ladi. Yer yassi, u Quyosh va boshqa
sayyoralar singari havoda suzadi. Harakatsiz yerdan farqli о‘laroq, ular koinot
yordamida harakatga keladi. Fales singari Anaksimen osmon jismlari «yerning
tabiatiga о‘xshash»dir, deydi. Osmon yoritgichlari, deydi u, yerdan quyidagi
tartibda joylashgan: yerdan namlik kо‘gariladi, kо‘tarilgan namlik siyraklashib
olovga aylanadi, yuqoriga kо‘tarilgan olovdan osmon yoritgichlari paydo bо‘ladi.
Boshqa hamma narsalar ana shu moddiy unsurlardan paydo bо‘lgan.
U Anaksimandr singari harakatning abadiyligi haqida gapiradi. Harakat
tufayli jismlar о‘zgarib turadi. Anaksimen materiyaning yetti shakli haqida fikr
yuritadi. Bular olov, efir, havo, shamol, bulut, suv, yer va toshlardir. Havoning
siyraklashishi issiqlikni keltirib chiqarsa, quyuklashishi esa sovuqpikni
keltirib chiqaradi. Havoning quyuqlashishi va siyraklashishi tо‘g‘risidagi
ta’limot havoning moddiyligini yana bir karra isbotlaydi. U jon haqida gapirib,
«Jon — bu havo. Jon, ya’ni havo tanimizni bamisoli cheksiz havo bilan butun
koinotni о‘rab, saklagani kabi saqlab turadi», — degan Anaksimen.
Anaksimen dastlabki element sanalmish havoning cheksizligi va olamning
son-sanoqsizligi
tо‘g‘risidaga fikrni qо‘llab-quvvatlaydi. Anaksimenning
kosmologik ta’limoti о‘ziga xos xarakterga ega. Uning fikricha, son-sanoqsiz
olamlar vaqt-vaqti bilan almashinib turadi, ya’ni olamlar paydo bо‘ladi, sо‘ngra
yemiriladi, keyin yana paydo bо‘ladi va h.k.
Anaksimen birinchi bо‘lib harakatsiz yulduzlar bilan sayyoralar о‘rtasida
farq borligi tо‘g‘risida gapiradi. Osmon jismlarining joylanishi tartibi tо‘g‘risida
Anaksimandrga nisbatan tо‘g‘riroq fikrni ilgari surib, Yerga nisbatan yaqinroq
turadigan Oy, Quyosh, keyin yulduzlar joylashgan deydi. U Quyoshning tutilishi
tо‘g‘risida fikr yuritib, Oy, Quyosh bilan Yer о‘rtasiga tushib qolganda Quyosh
tutiladi, deb aytgan.
Anaksimen shuningdek, davrimiz ta’limotiga yaqin turgan ob-havo
hodisalari tо‘g‘risidagi fikrlarni ham ilgari surgan. U shuningdek, qor va dо‘l
yog‘ish tо‘g‘risida ham fikr yuritgan. Bulutdan paydo bо‘lgan yomg‘ir
sovugach, dо‘lga aylanadi. Havoning suv bilan aralashishidan qor paydo bо‘ladi.
Momaqaldiroq va chaqmoq shamolning bulutlarni yorib о‘tishi orqali sodir
bо‘ladi, deydi. Rang-barang yoylar (kamalak) esa Quyosh ba’zan Oy nurlarining
zich bulutga tushishidan paydo bо‘ladi. U stixiyali moddiyunchi, sodda dialektik
faylasuf sifatida xudoni olamning sababchisi, degan fikrni mutlaqo rad etib,
narsalarning sababchisi cheksiz havo, deb ta’kidlaydi. Lekin shu bilan birga
Anaksimen xudolarni mutlaqo inkor etmaydi. Xudolarning о‘zlari ham havodan
tuzilgan,
deydi.
Anaksimen
boshqa
antik-yunon
faylasuflari
singari
materiyaning ilohiylashgani tо‘g‘risida fikr yuritgan. Anaksimen xudolarning
tabiat bilan bir narsa deyishi panteizmdan iboratdir. Bu haqda Sitseron shunday
yozadi: «Xudo havo ekan, u paydo bо‘ladi. Anaksimenning havosi,
Anaksimandrning apeyroni singari ilohiylashgan, u о‘lmas va yо‘q bо‘lmasdir».
Shunday qilib, Milet maktabining namoyandalari borliq, harakatning mohiyati,
yakkalik va umumiylik о‘rtasidagi aloqalar tо‘g‘risidagi masalalarni ilgari
surishga harakat qildilar. Lekin bu barcha masalalar va
Do'stlaringiz bilan baham: |