jihatdan yetakchi о‘rinni egallab kelgan. Iqlimi yumshoq, yeri serunumligi
tufayli qishloq xо‘jaligi yaxshi rivojlangan hamda dengiz bо‘yida, savdo yо‘li
chorrahasida joylashganligi uchun ham hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha
rivojlangan edi. Ioniyaliklar Yaqin Sharq mamlakatlari bilan savdo-sotiqni
yaxshi yо‘lga qо‘yganligi tufayli ilm-fan va madaniyat tez ravnaq topa
boshlagan edi. Ioniyadan chiqqan faylasuflar nafaqat Ioniya davlatida yashab,
ijod qilibgina qolmay, balki boshqa shahar-davlatlarda ham yashab, ijod
Fales, Anaksimandr va Anaksimenlar Milet shahar — davlatida yashab ijod
namoyandalari sifatida g‘ayriilmiy qarashlarga qarshi kurash olib bordilar.
Copleston F. A History of Philosophy. - Vol.1. Greece and Rome. - N.Y., London, 2003. – P. 13-14.
arbob va har tomonlama barkamol tabiyotshunos olimlar edi.
2.
Miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Kichik Osiyo, О‘rta dengiz
qirg‘oqlaridagi Milet va Efes shaharlari Sharq hamda G‘arb xalqlari о‘rtasida
savdo, iqtisodiy, madaniy munosabatlarda muhim rol о‘ynadi. Shunga kо‘ra Milet
va Efes shaharlari yunon falsafasining beshigi bо‘ldi.
Milet materialistlari о‘z falsafiy qarashlarini tabiiy-ilmiy tushunchalar bilan
ifodaladilar, u zamonda falsafa va boshqa bilimlar ajralmagan holda, bir butun
ta’limot shaklida namoyon bо‘lgan edi.
Yunon falsafasining asoschisi
Fales
miloddan avval 624-547 yillarda
yashagan bо‘lib, u matematika, astronomiya, meteorologiya, fizika bilimlari
taraqqiyotida kо‘p xizmat qildi
5
. Asoiy asarlari: “Birinchi boshlang‘ichlar haqida”,
“Quyoshning tutilishi haqida”, “Teng harakat haqida”, “Dengiz astrologiyasi”.
Qadimiy Yunonistonda «yetti dononing biri» hisoblanib, shuhrat qozongan Fales
Misrdagi bilim va tajribani о‘rganib, elementar geometriyani asosladi.
Bobilliklarning astronomik tasavvurlarini rivojlantirib qadimiy yunon astronomiya
faniga asos soldi, oldindan quyosh tutilishini aytish qoidalarini hisoblash usulini
ishlab, ta’riflab berdi. U dunyoning, borliqning negizi
suv
deb bildi. Chunki uning
kо‘z oldida suvning hayvonot, nabotat va insoniyat hayotida hal etuvchi ahamiyati
gavdalanar edi. Fales dengizning kema, savdo-sotiq ishlari, daryo, masalan,
Nilning, dehqonchilikdagi muhim ahamiyatini kо‘rar, mushohada etar, ayniqsa
yomg‘irning hayotbaxsh xislati uni hayratga solgan edi. Shuning uchun u hamma
narsa suvdan paydo bо‘ladi va hamma narsa suv shakliga qaytadi deydi.
Qadimgi yunon faylasuflaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: