QADIMGI YunonistonNING TABIATI VA AHOLISI 1.Relefi. Yunoniston Bolqon yarim oroli territoriyasida va Kichik Osiyoning g‘arbiy sohilida joylashgan.
Bolqon yarim oroli qirg‘oqlarining‘ past-baland bo‘lib ketganligi natijasida Yunonistonda hech bir joy yo‘qki u dengizdan uzoqda joylashgan bo‘lsin. Bu esa dengiz kemachiligini va baliqchilikni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega edi. Bolqon yarim orolidan o‘tadigan tog‘larning balandligi o‘rtacha. Bu tog‘lar Makedoniyada va Frakiyada eng balandlikka yetadi - bu Bolqon tog‘laridir. Joyning relefi (yuzasi) juda notekis, faqat ikkita katta vodiy — shimolda Peney daryosy bo‘ylab ketgan Fessaliya vodiysi va janubda Evrot daryosi bo‘ylab ketgan Lakoniya vodiysi — Bolqon yarim orolining janubida serhosil tuproqqa ega bo‘lgan birdan-bir katta tekisliklardir.
2. Dengizlar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar. Bolqon yarim orolining Qadimgi Yunoniston ishg‘ol qilgan janubiy qismi O‘rta dengiz bo‘ylab ketgan.
Yarim orolning g‘arbida Ioniya dengizi joylashgan. Bolqon yarim oroli bilan Kichik Osiyo yarim oroli o‘rtasidan Egey dengizi oqib o‘tadi. Bu dengiz go‘yo unga cho‘kib ketgan afsonaviy podsho Egey nomi bilan atalgan. Egey dengizi Propontida (hozirgi Marmar dengizi) bilan Gellespont (hozirgi Dardanel) bo‘g‘ozi orqali bog‘lanadi.
Marmar dengizi shuning uchun Propontida deb atalganki, u haqiqiy dengiz Pont oldida bo‘lgan. Propontidani Evksin Ponti (hozirgi Qora dengiz) bilan Frakiya Bospori (hozirgi Bosfor) bo‘g‘ozi bog‘laydi.
Greklarga juda ilgari zamonlarda ma’lum bo‘lgan Qora dengiz Pont, ya’ni «dengiz» deb atalgan. Darhaqiqat, «dengiz» tushunchasi boshqa hech nima bilan Qora dengizchalik bog‘lanmagan, chunki undagi qattiq po‘rtanalar va chuqurlik uni shunday deb atashga sabab bo‘lgan. Qora dengizda kemachilik ishi rivojlangach, uni Evksin Ponti, ya’ni mehmondo‘st dengiz deb atay bosh- laganlar.
3. Orollar. Egey dengizida Bolqon yarim oroli yaqinida xam, Kichik Osiyo yaqinida xam ko‘p orollar bor. Egey dengizining shimolida Frakiya yaqinida Fasos oroli joylashgan. Uniig janubi-sharqiy tomonida Samofrakiya va Imbors orollari bor. Kichik Osiyo sohili bo‘ylab Sporada orollari deb ataluvchi qator orollar cho‘zilib ketgan. Bu to‘daga Lesbos, Xios, Samos va Rodos kabi katta orollar kiradi.
Bolqon yarim orolidan tortib, to Kichik Osiyoga qadar ham Kiklada («kiklos»— «doira» demakdir) orollari deb ataluvchi katta bir to‘da orollar qatorlashib ketgan. Bu orollar juda ko‘p, ulardan birin-ketin suzib o‘tib osongina Bolqon yarim orolidan Kichik Osiyoga borish mumkin. Ulardan eng asosiylari Paros, Keos hamda Yunoniston tarixida katta rol o‘ynagan Delos va boshqa orollardir.
Bolqon yarim orolining janub tomonidan Kifera oroli joylashgan. Attikaning shimoli-sharqiy sohilida eng katta orol bo‘lib, bu orol materik Yunonistonsi bilan mahkam bog‘langan Evbeya edi.
Yunonistonning g‘arbida Zakinf, Kefalleniya, Itaka (afsonaviy Odisseyning vatani) va Kerkira kabi anchagina katta orollar bor. Bolqon Yunonistonsining shimolida Xalkidika va Bolqon yarim orolining janubiy qismida Peloponnes degan yirik | yarim orollar joylashgan.
Egeiy dengizining shimol tomonida Frakiya joylashgan edi. Frakiyaning g‘arb tomonida borish qiyin bo‘lgan Makedoniya bo‘lib, Adriatika dengizining sharqiy sohilida esa qoyali yovvoyi mamlakat Illiriya joylashgan edi.